Bajardi: Xudoynazarov Ma’rufjon Tekshirdi: Abdullayeva s toshkent – 2023 Mustaqil ish mavzulari


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari



Yüklə 94,95 Kb.
səhifə4/11
tarix05.12.2023
ölçüsü94,95 Kb.
#173044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
mustaqil ish hayot faoliyat xavfsizligi

7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
fuqaro muhofazasi sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasini tasdiqlaydi;
fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini, ularning moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti tartibini tasdiqlaydi;
tinchlik davrida va urush davrida davlat iqtisodiyoti faoliyat ko‘rsatishi barqarorligini ta’minlash tadbirlari ishlab chiqilishiga va o‘tkazilishiga rahbarlik qiladi;
hududlarni ularda yashayotgan aholi soniga va davlat iqtisodiyotida muhim rol o‘ynovchi yoki aholi xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkilotlar mavjudligiga ko‘ra fuqaro muhofazasi bo‘yicha guruhlarga, shuningdek, tashkilotlarni davlat iqtisodiyotidagi roli yoki aholi xavfsizligiga ta’siriga ko‘ra fuqaro muhofazasi bo‘yicha toifalarga kiritish tartibini belgilaydi;
fuqaro muhofazasi tizimini urush davri sharoitiga o‘tkazish, evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
himoya inshootlarini va fuqaro muhofazasi boshqa obyektlarini barpo etish tartibini, shuningdek yakka muhofazalanish vositalari, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini to‘plash, saqlash va ulardan foydalanish shartlarini belgilaydi;
davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(7-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasi.
8-modda. Fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi
Fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi;
o‘z vakolati doirasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasi loyihasini ishlab chiqadi;
harbiy qismlar va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshqarilishini tashkil etadi;
fuqaro muhofazasi ehtiyojlarini ko‘zlab zarur qurol-aslahalar, texnika, muhofazalanish vositalari va boshqa moddiy-texnika vositalari yetkazib berilishi uchun davlat buyurtmasi loyihasini shakllantiradi;
xabar berishni tashkil etish va fuqaro muhofazasi tizimini shay holatga keltirish bo‘yicha direktiv hujjatlar ishlab chiqadi;
fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarining jangovarlik hamda safarbarlik tayyorgarligini ta’minlaydi;
shaxsiy tarkib va aholi fuqaro muhofazasi sohasida o‘rgatilishini tashkil etadi;
fuqaro muhofazasi tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(8-modda ikkinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-avgustdagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risida nizom”.

Yüklə 94,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin