6-modda. Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlariga ko‘maklashish Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, shuningdek fuqarolar terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlariga ko‘maklashadilar va zarur yordam beradilar.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorligi Terrorizmga qarshi kurash sohasida O‘zbekiston Respublikasining chet el davlatlari bilan, ularning huquqni muhofaza qiluvchi organlari, maxsus xizmatlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyasining 9-kichik bo‘limi. II. DAVLAT ORGANLARINING TERRORIZMGA QARShI KURASh SOHASIDAGI VAKOLATLARI 8-modda. Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha davlat organlari Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
(8-modda birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi;
(8-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati;
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
Oldingi tahrirga qarang. (8-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
(8-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son) Oldingi tahrirga qarang. Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qo‘yish va uning oqibatlarini minimallashtirish borasida hamkorlikda harakat qilishlarini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda) Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang.