Baliqlarning nerv tizimi va sezgi a’zolari Reja: Baliqlarning nerv tizimi va sezgi a’zolari Baliqlarning qon aylanish tizimi



Yüklə 30,24 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü30,24 Kb.
#167650
1   2   3   4
baliq

2. Baliqlarning qon aylanish tizimi.
Suyakli baliqlarning qon aylanish sistemasi. Zog’ora baliqning yuragi tana bo’shlig’ining oldingi qismida qorin tomonida joylashgan. Uning faqat uchta bo’limi: venoz sinusi (qo’ltig’i), yurak bo’lmasi va uning ostida joylashgan muskulli yurak qorinchasi bor. Shunday qilib, zog’ora baliq va umuman suyakli baliqlar yuragida arterial konus bo’lmasligi bilan tog’ayli baliqlar yuragidan farq qiladi.Yurak qorinchasidan yo’g’on qon tomiri — qorin aortasi chiqib, boshlanish joyida aorta so’g’oni deb ataladigan kengayish hosil qiladi. Aorta so’g’oni klapanlari va ko’ndalan g yo’lli muskullari bo’lmasligi bilan yurak bo’limlaridan, xusu-san aiterial konusdan farq qiladi, shuning uchun ham u yurak singari mustaqil urib (ishlab) turmaydi. Til osti jabrasining yarim bo’lagi to’liq taraqqiy etmaganligi natijasida uning qon olib keluvchi jabra arteriyasi yo’qolganligi sababli faqat to’rt juft qon olib keluvchi jabra arteriyasiga ega. Qon aylanish sistemasining navbatdagi pyerifyerik qismlarini oddiy preparovkalarda ko’zdan kechirib bo’lmaydi, buning uchun maxsus in’eksiya qilingan preparat talab qilinadi. Shunday qilib, qon olib keluvchi jabra arteriyalari, jabra yaproqlarida kapillyarlar sistemasiga bo’linib ketadi. Bu kapillyarlarning juda yupqa devorlari orqali qon bilan jabrani yuvib o’tuvchi suv orasida gazlar almashinuvi ro’y byeradi. So’ngra kislorodga boy arterial qon, kapillyarlar orqali qon olib ketuvchi jabra arteriyalariga yig’ilib, natijada toza qon orqa (dorzal) to-monda joylashgan bir juft aorta ildiziga quyiladi. Aorta ildizlari boshning orqasida umurtqa pog’onasining tagida bir-biri bilan qo’shilib, butun organlarga qon olib boruvchi qon tomirlar chiqadigan orqa aortani hosil qiladi.Dum bo’limidagi venoz qon toq dum venasi orqali keladi va ikkiga bo’linib buyraklarga boradi. Suyakli baliqlarning ko’pchiligida tog’ayli baliqlarga qarshi o’laroq faqat chap buyrakda, chap keyingi kardinal vena mayda kapillyarlarga bo’linib qopqa sistemasini hosil qiladi. Keyingi o’ng kardinal vena esa kyuvyerov quyilishigacha uzluksiz boradi. Buyraklardan keluvchi keyingi kardinal venalar yurak atrofida bosh qismdan venoz qon olib kelu vchi oldingi kardinal venalarbilan qo’shiladi. Keyingi va oldingi kardinal venalarning qo’shilishi natijasida yura -kning venoz qo’ltig’iga quyiladigan juft kyuvyerov quyilishi hosil bo’ladi.Jigar qopqa venasi ichakdan mustaqil boshlanadi. Bu vena jigarda kapillyarlarga bo’linadi va shu kapillyarlar yana birlashib venoz sinusga quyiladigan jigar venasiga aylanadi. Tog’ayli baliqlarga xos juft suzgichlardan qon olib keluvchi yonbosh venalar suyakli baliqlarda bo’lmaydi.Baliqlarning yuragida hamma vaqt venoz qon bo’ladi. Qon aylanish doirasi bitta; bunda arterial qon venoz qon bilan aralashib ketmaydi. Qon aylanish doirasi ikki funksiyani ba -jaradi:
1) organizmning barcha hujayralarini ovqat va kislorod bilan ta’minlaydi va 2) venoz qonni
qaytadan tiklaydi. Bu quyidagicha amalga oshadi. Arteriyalar orqali yurakdan venoz qon chiqib, jabralarga oqib boradi, qon jabralarda oksidlanib ar terial qonga aylanadida, arteriya qon tomirlari orqali butun gavdaga tarqaladi, keyin venoz qon bo’lib venalar orqali yurakka keladi. Arterial va venoz qon ular tarkibidagi gazning sifatiga qarab aniqlanadi, natijada qonning nomi bilan qon tomirlarining nomlari hamma vaqt to’g’ri kelmaydi. Masa lan, qorin aortasi va olib keluvchi jabra arteriyalarida venoz qon bo’ladi, shuning uchun qonning tarkibiga qaramasdan, balki yurakdan chiquvchi qon tomirlari arteriya va unga keluvchi qon tomirlari vena deb ataladi. Tog’ayli baliqlarning qon aylanish sistemasi. Akulaning yuragi ikki kamyerali: yurak bo’lmasi va yurak qorinchasidan iborat. Yurak bo’lmasiga venoz (sinusi) qo’ltig’i, yurak qorinchasining oxirgi qismiga arterial konus tutashadi.
Qon venalardan venoz qo’ltig’iga yig’iladi. Yurak qorinchasini pinset bilan oldinga tortilsa, yupqa devorii uchburchak shakldagi venoz qo’ltig’ini aniq ko’rish mumkin. Qon venoz qo’ltig’idan yupqa devorii yurak bo’lmasiga, so’ngra qalin devorii muskulli yurak qorinchasiga quyiladi. Yurak qorinchasi muskulli devorining qisqarishi tufayli qon yurakning eng oxirgi
bo’limi arterial konusga o’tadi. Arterial konusdan qorin aortasi boshlanadi. Arterial konus. hamda yurak qorinchasining devorlari ko’ndalang targ’il muskuldan, qorin aortasi va boshqa tomirlarining devori esa silliq muskuldan ta shkil topgan.
Qorin aortasi chap va o’ng tomonga tarmoqlanadi. Bu tarmoqlar tananing liar tomonidan besh juft jabralarga qon olib keluvchi jabra arteriyalariga bo’linadi. Qon olib keluvchi arteriyalarning bir qismi til osti yoyiga borib, jabraning yarim bo ’lagini, qolganlari esa haqiqiy jabra yoylariga borib, barcha jabralarni qon bilan ta’minlaydi.Qon aylanish sistemasining bundan keyingi tarmoqlarini preparatlarda kuzatib bo’lmaydi. Olib keluvchi jabra arteriyalari jabra yaproqlarida mayda kapillyarlarga bo’linib ketadi va ularning yupqa devori orqali gaz almashinadi. Kislorodga boy toza arterial qon olib ketuvchi arteriyalarga yig’ilib, umurtqa pog’onasi tagidagi orqa aortaga qo’shiladi. Orqa aortadan chiqqan qon tomirlari esa toza qonni butun tanaga tarqatadi. Venoz qon dastlab akulaning boshidan bir juft oldingi kardinal venaga, dum va tanadan esa keyingi kardinal venalarga yig’iladi. Keyingi kardinal venalar buyrakdan o’tib, uning ichida bir qancha kapillyarlarga bo’linadi va buyrak qopqa (darvoza) sistemasini hosil qiladi. Yurakning yuqorisida har qaysi (o’ng va chap) keyingi kardinal vena o’z tarafidagi oldingi kardinal vena bilan qo’shilib, juft kyuvyerov kanalini hosil qiladi. Bu kanal qonni venoz qo’ltig’iga o’tkazadi. Juft suzgich qanotlardan yon venalar chiqadi, bularning har qaysisi o’z tomonidagi kyuvyerov kanaliga qo’shiladi. Jigar qopqa venasi mustaqil ravishda ichakdan boshlanadi. Bu vena jigarda oldin kapillyarlarga bo’linadi, keyin ular yarm birlashib, venoz sinusiga (qo’ltiqqa) quyiladigan jigar vcnasiga aylanadi.Bosh miya. Tog’ayli baliqlarnmg bosh miyasi to’garak og’izlilar va suyakli baliqlar bosh miyasiga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan. Bu birinchi navbatda tog’ayli baliqiarda oldingi miya yarim sharlari va miyachasining yirikligi dan dalolat byeradi. Akulaning bosh miyasi besh bo’limdan iborat. Oldingi miya yarim sharlari birmuncha katta bo’lib, o’ng va chap pallalarga aniq ajralmagan. Yarim sharlarning oldida joylashgan hidlov bo’laklari esa juda yaxshi rivojlangan. Oldingi miya kevingi uchi bilan oraliq miyaga, oraliq miyaning qopqog’iga esa uzun dastali miya usti bezi — epifiz birikadi.O’rta miya ko’ruv bo’laklari deb ataladigan bir juft bo’rtma bilan qoplangan. O’rta miya yaxshi rivojlangan, lekin oldingi miya yarim sharlariga nisbatan ancha kichik.Bosh miyaning to’rtinchi bo’limi miyacha juda yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, oldingi tomondan o’rta miya, keyingi qismi bilan uzunchoq miyaning ustiga joylashgan bo’ladi.Uzunchoq miya bosh miyaning oxirgi bo’limidir. Bosh miyaning bo’limi ustki tomonidagi rombsimon chuqurcha deb ataluvchi to’rtinchi miya qorinchasi aniq ko’rinib turadi. Bu chuqurcha odatda qon tomiriga boy parda bilan qoplangan. Uzunchoq miya to’g’ridan-to’g’ri orqa miya bilan qo’shilib ketadi.Bosh miya nervlari. Akulasimon baliqlar bosh miya bo’limlaridan bir-biriga simmetrik joylashgan o’n juft bosh miya nervlari chiqadi. Bosh miya nervlari odatda ikki nom — tartib raqamlari va o’z nomlari bilan belgilanadi.
Hidlov nervi (birinchi juft) hidlov bo’laklaridan chiqadi. Nerv tolalari hidlov xaltasining shilimshiq pardasida joylashgan sezuvchi hujayralarning o’simtalaridan iborat bo’lib, faqat sezish xususiyatiga ega.
Ko’ruv nervi (ikkinchi juft) oraliq miyaning tagidan chiqib, ko’z kosasidagi ko’z soqqasining to’r pardasida tarmoqlanadi. Bu ncrv ham faqat sezuvchi nervdir.
Ko’zni harakatlantiravchi nerv (uchinchi juft) o’rta - miyaning pastki yuzasidan chiqadi (uni ko’rish uchun o’rta miyani bir oz yon tomonga surish lozim). Bu nerv bosh skelet devorini teshib o’tib, to’g’ri ko’z muskullariga kirib shoxlanadi va pastki qiya, pastki va ichki hamda ustki to’g’ri ko’z muskullarini innervatsiyalaydi.
G’altak nerv (to’rtinchi juft) o’rta miya bilan uzunchoq miya oralig’idan chiqadi (preparatda u miyacha ostidan chiqqandek ko’rinadi). Bu nerv o’rta miya qopqog’i orqali o’tib, ko’z kosasi devorining oldingi qismida ko’zning ustki qiya muskulida tarmoqlana di. Bosh miyaning boshqa qolgan nervlarining hammasi uzunchoq miyadan chiqadi.Uchlik nerv (beshinchi juft) murakkab nerv hisoblanadi, u uzunchoq miyaning oldingi qismi yon devoridan yo’g’on ildiz bilan boshlanib, darhol bir necha tarmoqlarga bo’linadi. Shulardan ko’zga, lunjga, yuqori va pastki jag’ga boradigan tarmoqlar eng kattalari hisoblanadi.Uchlik nerv funksiyasi jihatidan aralash, ya’ni ham sezuvchi va ham harakatlantiruvchi nervdir.Uzoqlashtiruvchi nerv (oltinchi juft) uzunchoq miyaning ostidan chiqadi, lekin preparatda uning chiqqan joyi ko’rinmaydi. Bu nerv ko’zning sirtqi to’g’ri muskulini innervatsiyalaydi.Yuz nervi (ettinchi juft). Bu nerv uchlik nervga juda yaqin yondosh bo’lib, uning ketidan chiqadi. Shuning uchun ham ularning asoslarini bir-biridan ajratish qiyin. Yuz nervi ham bir necha tarmoqlarga bo’linib, shulardan ko’z, tanglay va til osti tarmoqlari eng yiriklari hisoblanadi.Uchlik nerv singari yuz nervi ham aralash nerv bo’lib, uning ko’z va tanglayga boradigan tarmoqlari sezuvchi, til osti tarmog’i esa aralashdir (sezuvchi va harakatlantiruvchi). Eshituv nervi (sakkizinchi juft). Bu nerv uzunchoq miya ning yon devoridan chiqishi bilanoq miya qutisining devoriga kirib, ichki quloqni innervatsiyalaydi. Eshituv nervi fakat sezuvchi nervdir.


Yüklə 30,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin