Bank amaliyotida tijorat banklari faoliyatini tartibga solishning ahamiyati va nazariy asoslari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə10/21
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#211788
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bank amaliyoti

4-rasm. Mamlakatimiz tijorat banklarining joriy likvidlilik

dinamikasi15


Mamlakatimiz bank tizimi joriy likvidlilik ko’rsatkichlari dinamikasini tahlil qiladigan bo’lsak, bunda joriy likvidlik koeffitsienti 60-75 oralig’ida saqlanib turibdi. 2011 yil 1-choragida likvidlik 67,66 foizdan 61,30 foizgacha kamaygan. Keyingi choraklarda muttasil o’sib borgan va yil oхriga kelib 69,61 foizni tashkil etgan. 2012 yil mobaynida joriy likvidlik ko’rsatkichida unchalik katta tebranishlar yuz bermagan, ya’ni yil davomida o’rtacha 70 foiz saqlanib qolingan. 2013 yil boshiga esa joriy likvidlilik ko’rsatkichi 75,95 foizni tashkil etgan. Ayniqsa, ushbu ko’rsatkich bo’yicha talab etiladigan eng kam darajadan 2 barobar yuqori bo’lishining ta’minlanganligi хalqaro moliya tashkilotlari va hamjamiyatning yuqori e’tirofiga sazovor bo’lmoqda.
Bank tizimi likvidligin saqlashda Markaziy bank monetar usullarining roli katta bo’lmoqda. Bunda ochiq bozor siyosati, majburiy rezervlar siyosati, sterilizatsiya operatsiyalari muntazam ravishda o’tkazib borildi. Joriy yilda ham bank tizimi likvidligining yetarli darajada bo’lishini ta’minlash maqsadida zaruriy choralar ko’riladi.
Amaldagi o’n uchta asosiy me’yor bilan birgalikda tijorat banklarining ochiq valuta pozitsiyalariga nisbatan belgilangan me’yor ham mavjud bo’lib, uning miqdorlari bitta valutadagi pozitsiyada kapitalga nisbatan 10 foizni, barcha valutalardagi pozitsiyalarda 20 foizni tashkil qiladi.
Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish iqtisodiy me’yorlarining yuqorida batafsil keltirilishiga sabab, birinchidan, ular haqida iqtisodiy adabiyotlarda batafsil ma’lumot berilmaganligi bo’lsa, ikkinchidan, ularning metodologik asoslarida kamchiliklarning mavjudligi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2012 yil davomida olib borilgan respublika tijorat banklari faoliyatini masofaviy nazorat qilish natijalari shuni ko’rsatdiki, tijorat banklariga nisbatan qo’llanilgan choralarning asosiy qismi ogohlantirish va unchalik katta miqdorda bo’lmagan jarimalar solishga to’g’ri keladi. Bu esa, Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga nisbatan qonunbuzarliklar uchun qo’llanilayotgan choralarning sezilarli darajada yumshoq ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin