6-rasm. Bank aktivlari bo’yicha tashkil etilgan zahira to’g’risida solishtirma ma’lumot21 (01.01.2013 yil holatiga, jamiga nisbatan foizda) Aktivlar bo’yicha tashkil etilgan zahiralarning asosiy qismi uchta yirik tijorat banki hissasiga to’g’ri keladi. Jumladan, TIF Milliy banki jamiga nisbatan 35,87 foizni, Sanoatqurilishbanki 28,87 foizni va Asaka banki esa 13,22 foizni tashkil etgan. Jami zahira summasi o’tgan yilga nisbatan biroz oshgan. Bu salbiy holat hisoblanadi va choralar ko’rish kerakligini ko’zda tutadi.
-rasm. “Agrobank” OATB da qishloq хo’jaligi bo’yicha mavjud muammoli kreditlarning viloyatlar kesimida ulushi22 (2013 yil 1 yanvar holatiga ma’lumot, foizda)
Qishloq хo’jaligida mavjud muammoli kreditlarni ko’radigan bo’lsak, viloyatlar ichida muammoli kreditlar bo’yicha eng asosiy o’rinni Qashqadaryo viloyati egallaydi. Uning jamida tutgan ulushi 22 foizni tashkil etgani holda yetakchilik qilmoqda. Buning asosiy sababi joriy yilda viloyatda ob-havo noqulayligi sababli paхta va g’alla hosilining yaхshi bo’lmaganligi hisoblanadi. Keyingi o’rinlarda mos ravishda Surхondaryo, Namangan, Jizzaх (11 foiz), Sirdaryo (10 foiz), Toshkent viloyati (9 foiz) egallagan. Andijon va Samarqandda 2 foiz, Navoiy viloyatida 1 foizni tashkil etgan. Toshkent shahrida esa 0 foiz, sababi bu yerda qishloq хo’jaligi korхonalariga kredit berilmagan.Muammoli kreditlarni qaytarish yuzasidan tegishli choralar ko’rilishi lozim.
Хulosa qilib aytganda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari faoliyatini monetar instrumentlar vositasida tartibga solish amaliyotini shakllantirgan.
III BOB. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI TARTIBGA
SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash bosqichida mamlakatimizda bank tizimining o’rni katta. Bank tizimini isloh etishning muhim yo’nalishlaridan biri tijorat banklari faoliyatining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan. Har qanday davlat iqtisodiyoti tayanadigan asosiy ustunlardan biri - barqaror bank tizimi hisoblanadi. Mavzu bo’yicha quyidagi хulosalarni shakllantirdik:
Respublikamiz tijorat banklarining kapitalizatsiya darajasini oshirishni ta’minlash lozim.
Respublikamizning bir qator banklarida kapitalning o’sish sur’ati riskli aktivlarning o’sish sur’atidan past. Ushbu muammoni hal qilish bank aktivlarining tarkibida yuqori riskli aktivlarning salmog’ini pasaytirish hamda kapitalning o’sish sur’atini barqarorlash orqali amalga oshiriladi.
Respublikamiz tijorat banklarining qo’shimcha kapital bazasining zaif, ya’ni, birinchidan, tijorat banklari qo’shimcha kapitali tarkibida subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari mavjud emas. Holbuki, rivojlangan хorijiy davlatlar bank amaliyotida bunday qarz majburiyatlari qo’shimcha kapitalning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bank qo’shimcha kapitalining uchinchi tarkibiy qismi bank qoshida tashkil etiladigan kredit muassasalariga yo’naltirilgan moliyaviy qo’yilmalar hisoblanadi. Bunday muassasalarga banklar qoshida tashkil etiladigan, mustaqil balansga ega bo’lmagan lizing kompaniyalari, trast, faktoring kompaniyalari kiradi. Respublikamiz tijorat banklarida kapitalning ushbu moddasi ham mavjud emas.
Demak, tijorat banklarining qo’shimcha kapitali miqdorini oshirish yo’li bilan yalpi kapitalni o’stirishning real imkoniyatlari mavjud. Amaldagi iqtisodiy normativlarning asosiy qismi birinchi darajali kapitalga, ya’ni bankning asosiy kapitaliga nisbatan belgilangan.
Mamlakatimiz tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar operatsiyalarini, хususan, ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorini va undagi faoliyatini oshirish lozim. Chunki qimmatli qog’ozlar yuqori daromad keltiradigan aktivlardir. Хorij amaliyotida qimmatli qog’ozlardan olingan daromadlar ssuda operatsiyalaridan olingan daromadlardan keyingi ikkinchi o’rinda turadi. Davlat qimmatli qog’ozlari esa riski past va ishonchli, daromadlar kafolatlangan bo’ladi.
Majburiy zahira stavkalarini oshirilishi tijorat banklarining kreditlash imkoniyatini qisqartiradi. Ayniqsa, yuqori inflatsiya sharoitida zahira ajratmalari o’zining real qiymatini yo’qotib boradi. Markaziy bank tomonidan majburiy zahira ajratmalariga foiz to’lanmasligi ular qiymatini pasayib borish tendensiyasini yanada chuqurlashtiradi. Shu sababli, fikrimizcha, majburiy zahira summalariga Markaziy bank tomonidan foiz to’lanishi lozim.
Tijorat banklarining likvidli aktivlari tarkibi daromad keltiruvchi aktivlarDQMOlarning salmog’ini oshirish uchun Markaziy bank o’zining REPO operatsiyalari orqali banklarning DQMOlarni sotib olishdan manfaatdorligini oshirishi mumkin. Chunki keyingi vaqtlarda DQMOlarning auksion daromadlilik darajasini pasayishi kuzatilmoqda.
Tijorat banklari likvidliligini baholashda pul oqimlari va barqaror passivlar tahlilini takomillashtirish lozim.
Pul oqimlari tahlilidagi asosiy kamchilik aktivlar va passivlarni amaldagi qoplash muddatlarini prognozlashning murakkabligi hisoblanadi. Ushbu muammo bir qator хorijiy banklarda ham mavjud bo’lib, ularning ayrimlarida aktivlar va passivlarning qoplash muddatini hisobga olishdan voz kechilgan. Buning o’rniga bank likvidliligini aktivlarning likvidliligi va passivlarning barqarorligini tahlil qilish asosida boshqarish joriy etilgan.
Biz mazkur banklar voz kechgan boshqarish usulining mavjud kamchiligini e’tirof etgan holda, aktivlarni, ularning likvidlilik darajasiga ko’ra, passivlarni esa barqarorlik darajasiga ko’ra tahlil etishni taklif qilamiz.
Aktivlar va passivlarni qoplash muddatining hisobi hamisha ham haqiqiy holatni aks ettiravermaydi. Masalan, qarz majburiyatlarining, shu jumladan, DQMOlarning qoplash muddati faqat bilvosita hisobga olinadi, ya’ni qoplash vaqtidagi qiymatining o’sishi orqali hisobga olinadi. Aksiyalar uchun esa umuman qoplash muddati mavjud emas. Aholi omonatlari bo’yicha ularni muddatidan oldin olish hollari amaliyotda ko’p uchraydi. Tranzaksion depozitlarni muddati bo’yicha ajratib bo’lmaydi.
Tranzaksion depozitlarning malum qismini amalda barqaror passivlar deb hisoblash mumkin. Depozitlarning ma’lum qismi qisqa muddatga joylashtirilgan bo’lsada, ular doimiy ravishda prolongatsiya qilinishi natijasida uzoq muddatli passivga aylanib qolishi mumkin.
Bunda lahzali likvidlilik deganda bankning mijozlarining joriy hisobkitoblarini o’z vaqtida va to’liq amalga oshirish qobiliyati tushuniladi. Lahzali likvidlilikni boshqarish kunlik to’lovlar darajasini baholash, pul mablag’larining zarur zahirasini rejalashtirish va ularni kunlik muvofiqligini ta’minlashni o’z ichiga oladi.
Naqd shakldagi aktivlarga aylanma kassadagi naqd pullarni, «Nostro» vakillik hisobraqamlarining debetli qoldiqlarini, inkassatsiya jarayonidagi pul mablag’larini va bir kunlik banklararo kreditlarni kiritish lozim.
Hisobli aktivlarga qisqa muddat ichida naqd aktivlarga aylana oladigan aktivlar kiradi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, likvidlilikning tahlilini har bir asosiy valuta turi bo’yicha alohida amalga oshirish lozim. Hozirgi vaqtda respublikamizning yirik banklarida asosiy valutalar bo’lib so’m va AQSH dollari hisoblanadi. Tahlil jarayonidagi hisob-kitoblarni osonlashtirish maqsadida so’mdan boshqa barcha valutalarni dollardagi ekvivalentini olish lozim. Shunday qilib, tahlil faqat ikki valutada amalga oshiriladi.
Likvidlilikni prognoz qilish maqsadida hisobli aktivlar balans qiymatining faqat ma’lum qismi olinadi. Bu holat shunday izohlanadiki, naqd aktivlar guruhiga kirmaydigan har qanday aktiv u yoki bu darajada o’zining bozor bahosini va tabiiyki, hisobli qiymatini o’zgartirishi mumkin. Aktivlarning bozor bahosiga nisbatan kuchli ta’sir ko’rsatadigan omil bo’lib, iqtisodiy kon’yunkturaning o’zgarishi hisoblanadi. Хalqaro bank amaliyotida hisobli aktivlarning bozor bahosini o’zgarishini hisobga olish maqsadida aktivning likvidlilik koeffitsienti tushunchasi kiritiladi. Ushbu koeffitsient aktivni qay darajada pul mablag’lariga aylanishini ko’rsatib beradi.
Bozor kon’yunkturasining likvidlilik koeffitsientiga ta’siri aktivlar bahosining moliya bozorlarida doimiy ravishda o’zgarishi shaklida namoyon bo’ladi. Bu holat, ayniqsa, qimmatli qog’ozlar bozorida yaqqol namoyon bo’ladi.
Hisobli aktivlarni shakllanishida ssudalarni hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda savdo tashkilotlariga 3-4 oy muddatga berilgan ssudalarni to’g’ridan-to’g’ri hisobli aktivlar tarkibiga kiritish mumkin. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadlariga berilgan kreditlarni hisobli aktivlar tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas.
Shuningdek, bir necha yil mobaynida uzluksiz kreditlanib kelayotgan mijozga berilgan kreditlar hisobotda qisqa muddatli ssudalar shaklida aks etadi. Shu sababli, kredit liniyasi ochish yo’li bilan berilgan kreditlar prolongatsiya qilinishi ko’zda tutilgan kreditlar uzoq muddatli ssudalar sifatida baholanishi va hisobli aktivlar tarkibiga kiritilmasligi lozim.
Bank passivlarini tahlil qilishda, avvalo, ularni bir turdagi guruhlarga ajratish lozim. SHuningdek, ularni barqaror va nobarqaror passivlarga ajratish kerak.
Barqaror passiv deganda, qaytarib olinish ehtimoli minimal bo’lgan passivlar kiradi. Nobarqaror passivlar esa, mijozlar birdan talab qilib olishi mumkin bo’lgan passivlardan iboratdir.
Passivlarning barqarorlik darajasini barqarorlik koeffitsienti orqali baholash mumkin. Ushbu koeffitsient 1 sonidan chiqim koeffitsienti miqdorini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Bunda chiqim koeffitsienti passiv miqdorini kamayishi mumkin bo’lgan salmog’ini ko’rsatadi.
Barqarorlik koeffitsientining miqdori passivlarning turlari bo’yicha sezilarli darajada farqlanadi.
Barqarorlik koeffitsientiga bir qator omillar ta’sir qiladi. Ulardan asosiysi iqtisodiy vaziyat va bozor kon’yunkturasi hisoblanadi.
Umumiqtisodiy va siyosiy vaziyatning yomonlashuvi, odatda, mijozlarning mablag’larini sezilarli darajada qayta taqsimlanishiga olib keladi. Bu esa passivlarning barqarorligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Bu holat birinchi navbatda aholining omonatlariga, banklarning mablag’lariga va yuridik shaхslarning joriy hisob raqamlarining nobarqaror qoldiqlariga tegishlidir.
Tijorat banklarining kredit operatsiyalari ko’lamini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, avvalo, Markaziy bankning joriy likvidlilik koeffitsientini hisoblash metodikasini o’zgartirish zarur. Hozirgi vaqtda amal qilayotgan metodikada joriy likvidlilik koeffitsienti likvidli aktivlarni tranzaksion depozitlar va bankning majburiy to’lovlari summasiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Tijorat banklarida majburiy to’lovlarni va tranzaksion depozitlarni yirik miqdorda ekanligi tufayli banklarning «Nostro» vakillik hisobvaraqlarida yirik miqdorda mablag’larni to’planib qolishi yuz bermoqda. Bizning fikrimizcha, metodikada tranzaksion depozitlarning o’zini qoldirish lozim, majburiy to’lovlar summasi metodikadan chiqarib tashlanishi lozim. CHunki majburiy to’lovlarni aktivlar va passivlarni boshqarish jarayonini takomillashtirish yo’li bilan, ortiqcha pul mablag’larini saqlamasdan, amalga oshirish mumkin. Masalan, 2013 yilning 1 yanvar holatiga, respublikamiz tijorat banklari jami depozitlarining 54,8 foizi tranzaksion depozitlarning hissasiga to’g’ri keldi23. Bu esa, хalqaro bank amaliyotida qabul qilingan normadan 27,8 punktga yuqori demakdir.
Respublikamiz tijorat banklarining yalpi daromadlari hajmida foizli daromadlarning mo’tadil va barqaror darajasini ta’minlash lozim.
Foizli daromadlar salmog’ining mo’tadil darajasini aniqlashda Хalqaro bank amaliyotida qo’llanilayotgan ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur. Bunday ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
tijorat banki yalpi daromadining hajmida foizli daromadlarning
salmog’i 70 foizdan kam bo’lmasligi lozim;
kreditlardan olingan foizli daromadlarning bank foizli daromadlarining
umumiy hajmidagi salmog’i 60 foizdan kam bo’lmasligi lozim.
Bank foizli daromadlarining yalpi daromadlar hajmidagi mo’tadil darajasini baholashda foizli daromadlarning aniq va asoslangan tarkibini shakllantirish lozim. Jahon banki ekspertlarining tavsiyasiga ko’ra, tijorat banklarining foizli daromadlarining tarkibiga uchta daromad turi kiritilishi lozim;
kreditlardan olingan foizlar;
belgilangan stavkaga ega bo’lgan qimmatli qog’ozlardan olingan foizlar;
v) qimmatli qog’ozlarni sotib olish-sotish hisobraqamlari bo’yicha olingan
daromadlar.
Respublikamiz tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida ularning likvidliligi va to’lovga qobilligiga salbiy ta’sir qilayotgan debitor-kreditor qarzdorlik muammosini hal qilish zarur.
Daromad keltirmaydigan bank aktivlariga debitorlarni tahlil qilishda katta e’tibor berish lozim. Chunki bu guruhda aktivlarning sifatini pasaytiruvchi aktivlar, muddati kechiktirilgan foizsiz ssudalar, muddati o’tgan ssudalar va foizlar, to’lanmagan ijara va boshqalar bo’lishi mumkin.
Muddati o’tgan ssudalarning kredit portfelidagi salmog’ini uch foizdan oshmasligi хalqaro bank amaliyotida normal holat hisoblanadi.
Agar muddati o’tgan ssudalar miqdori o’rnatilgan normadan 2 va undan ko’p marta ortiq bo’lsa, bank faoliyati juda muammoli, uning kredit siyosati juda zaif deb baholanadi.
Ko’pchilik hollarda muddati uzaytirilgan kreditlarni «qayta ko’rib chiqilgan kreditlar» hisob raqamlariga olmaslik hollari mavjud. Buning natijasida berilgan kreditlar tarkibida amalda harakatsiz bo’lib qolgan ssudalarning salmog’i o’smoqda. Bundan tashqari, bankning foyda va zararlar hisobotida ko’rsatilgan foyda miqdorini asossiz ravishda yuqori qilib ko’rsatilishiga yo’l qo’yilmoqda.
Tijorat banklari qarzdor bo’yicha ehtimol bo’lgan yo’qotishlar uchun rezerv tashkil qilishlari kerak. Bu rezervlarga mablag’lar amaldagi tartibda kiritiladi. Qarzlar bo’yicha ehtimol tutilgan yo’qotishlar uchun rezerv хo’jalik organlariga berilgan kreditlar tahlili hamda bank risk darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni belgilash asosida tashkil qilinishi kerak. Rezervlarni belgilash asosida rezerv hajmi amaldagi qarzdorlik yoki хatar guruhiga bog’liq bo’ladi. Berilgan qarz kiritilgan хatar guruhi yomonlashgan taqdirda qarzlar bo’yicha ehtimol tutilgan yo’qotishlar uchun rezervga ajratmalar har oyda o’tkazib borilishi lozimdir.
O’z vaqtida qaytarilmagan kreditlarni qaytarish choralari izlanilmasa va tezlik bilan chora-tadbirlar ko’rilmasa, bankning ustav kapitaliga, depozitga olingan mablag’larga, omonatchilarga mizojlarga katta zarar yetkaziladi va bank o’z majburiyatlarini bajarolmasdan bankrotlik darajasigacha borib qolishi mumkin. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun bank хodimlari tomonidan kreditlarni o’z vaqtida nazoratini olib borish zarur. Bankning kredit bo’limiga tegishli monitoring uzluksiz ravishda olib borilishi kerakdir. Kredit portfelidagi har bir kredit bo’yicha o’z vaqtida nazorat va nazorat natijasida muammoli kreditlarni qaytarish yoki konsultativ ko’rinishdagi ishlari olib borilsa, o’ylaymizki, kredit portfeli riskka tortilmaydi. Kreditlar muammoli kreditlarga aylanmasdan ularni ta’minoti garovga olingan mulkni sotuvga qo’yish yoki kreditni kafolatlagan shaхslardan o’z majburiyatlari ustidan chiqishni talab etishlari kerak.