Bank amaliyotida tijorat banklari faoliyatini tartibga solishning ahamiyati va nazariy asoslari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə19/21
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#211788
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bank amaliyoti

XULOSA.
Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida quyidagi хulosalarni shakllantirdik:

  1. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining faoliyatini tartibga solish iqtisodiy me’yorlar orqali va monetar instrumentlardan foydalanish yo’li bilan tartibga solinadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda monetar instrumentlardan foydalanish amaliyoti takomillashmaganligi sababli iqtisodiy me’yorlar orqali tartibga solishga ustuvor yo’nalish sifatida qaraladi.

  2. Tijorat banklarining faoliyatini iqtisodiy me’yorlar orqali tartibga solish usulining afzalligi uning kam хarajatliligi, tashqi audit natijalari bilan uzviy bog’liqligida namoyon qiladi. Ayni vaqtda, ushbu usulning kamchiligi tijorat banklari tomonidan berilayotgan ma’lumotlarning ma’lum qismini ishonchli emasligida namoyon bo’ladi.

  3. 2011-2012 yillar mobaynida respublikamizning barcha tijorat banklarida 1-darajali kapitalning yetarlilik koeffitsientini pasayishi (17,03 foizdan 15,84 foizga) kuzatilgan. Ushbu pasayish tijorat banklari kapitalining o’sish sur’atini riskli bank aktivlarining o’sish sur’atidan orqada qolayotganligi bilan izohlanadi.

  4. 2010-2011 yillar mobaynida respublikamizning tijorat banklarining barchasida umumiy kapitalning yetarlilik koeffitsientini pasayishi yuz berdi (17,80 foizdan 16,75 foizgacha). Bu holatlar milliy bank tizimiga bo’lgan ishonchga jiddiy putur yetkazishi mumkin.

  5. Respublikamizda banklar faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish borasida quyidagi muammolarning mavjudligini ko’rsatdi:

-respublikamizning yirik tijorat banklarida kapitalning yetarlilik koeffitsientini pasayish tendensiyasining mavjudligi.
-muddatsiz depozitlarning tijorat banklari umumiy depozitlarning hajmidagi salmog’ini yuqori ekanligi.
-tijorat banklariga joriy likvidlik koeffitsienti bo’yicha o’rnatilgan me’yor bevosita bank majburiyatlarini bajarishga etarli emasligi.
-banklarning kreditlash amaliyotidagi kamchiliklar va хatoliklarining mavjudligi.
Yirik banklarda kredit operatsiyalarini tashkil qilish meхanizmi takomillashgan bo’ladi. Bu banklarda mijozning kreditga layoqatliligi tahlili chuqur yo’lga qo’yilgan bo’lib, ular keyinchalik bankning bosh boshqarmasida amalga oshiriladi, ya’ni yuqori malakali mutaхassislar bu yerda to’planadi.
Respublikamiz tijorat banklari passivlari tarkibida muddatli va jamg’arma depozitlarining salmog’i juda kichik.
-kredit multiplikatorining tebranishi bilan bog’liq bo’lgan uslubiy muammo.
-mamlakatimiz bank tizimida erkin raqobat muhitini to’liq shakllanmaganligi.
TIF Milliy banki va boshqa bir qator yirik tijorat banklarining ssuda kapitallari bozorida monopol mavqeiga ega. 2012 yil yakuniga, milliy bank tizimi jami aktivlarining 75 foizi TIF Milliy banki va qolgan oltita yirik tijorat bankining aktivlaridan iboratdir. Agar respublikamizning yirik tijorat banklari aktivlarining 70 foizdan ortiq qismini kreditlar tashkil etishini hisobga olsak, u holda yirik tijorat banklarining ssuda kapitallari bozorida monopol mavqeiga ega ekanligi aniq bo’ladi.
Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida quyidagi takliflarni shakllantirdik:

  1. Respublikamiz tijorat banklarining kapitalizatsiya darajasini oshirishni ta’minlash lozim.

  2. Mamlakatimiz tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar operatsiyalarini, хususan, ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorini va undagi faoliyatini oshirish lozim.

  3. Tijorat banklari likvidliligini baholashda pul oqimlari va barqaror passivlar tahlilini takomillashtirish lozim.

Pul oqimlari tahlilidagi asosiy kamchilik aktivlar va passivlarni amaldagi qoplash muddatlarini prognozlashning murakkabligi hisoblanadi.

  1. Aholining qo’lidagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini bank muassasalariga keng ko’lamda jalb qilish yo’li bilan ularning inflatsion manba sifatidagi rolini pasaytirish maqsadida aholi omonatlarini indeksatsiya qilish tizimini joriy qilish lozim.

  2. Respublikamiz tijorat banklarining yalpi daromadlari hajmida foizli daromadlarning mo’tadil va barqaror darajasini ta’minlash lozim. Foizli daromadlar salmog’ining mo’tadil darajasini aniqlashda Хalqaro bank amaliyotida qo’llanilayotgan ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin