Bank amaliyotida tijorat banklari faoliyatini tartibga solishning ahamiyati va nazariy asoslari


II-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə6/21
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#211788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bank amaliyoti

II-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH AMALIYOTINING TAHLILI.
2.1. Tijorat banklari faoliyatini iqtisodiy me’yorlar orqali tartibga
solish amaliyoti.
Tijorat banklarining faoliyatini iqtisodiy me’yorlar orqali tartibga solish bir nechta iqtisodiy me’yorlarni o’z ichiga olgan nazorat shakli hisoblanadi. Respublikamizda dastlabki iqtisodiy me’yor Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ustav kapitalini eng kam miqdoriga nisbatan belgilanadigan talab hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining dastlabki yillarida yangi aksiyadorlik tijorat banklarini ochish uchun talab qilinadigan minimal ustav kapitalining miqdori minimal ish haqi miqdorining o’sishiga bog’langan edi. Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan 1995 yildan bank ochish uchun minimal ustav kapitali miqdori o’sha vaqtda Yevropa Ittifoqi pul birligi-“EKYU” ga bog’lab qo’yildi. Faqat 1997 yildan boshlab, AQSH dollariga ekvivalent qilib belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi 56-sonli «Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq, tijorat banklari ustav kapitalining minimal miqdori 2007 yilning 1 yanvariga qadar quyidagi miqdorlarga yetkazildi:
-tijorat banklari uchun-so’mga aylantirib hisoblaganda 5 million AQSH dollarigacha;
-хususiy banklar uchun-so’mga aylantirib hisoblaganda 2,5 mln. AQSH dollarigacha9.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil apreldagi №1317-sonli qaroriga muvofiq, banklarning kapitalini oshirish, investistitsion jarayonda faol ishtirok etishi uchun 2011 yil 1 yanvardan boshlab quyidagi miqdor belgilandi:
-tijorat banklari uchun-so’mga aylantirib hisoblaganda 10 million yevro ekvivalentida;
-хususiy banklar uchun-so’mga aylantirib hisoblaganda 5 mln. yevro ekvivalentida.
3-jadval
O’zbekiston Respublikasida yangi ochilayotgan banklarning ustav

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin