Bank amaliyotida tijorat banklari faoliyatini tartibga solishning ahamiyati va nazariy asoslari


-jadval Mamlakatimiz tijorat banklarida bank kapitali yetarliligi darajasi11



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə9/21
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#211788
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bank amaliyoti

5-jadval
Mamlakatimiz tijorat banklarida bank kapitali yetarliligi darajasi11



Bank nomi

01.01.2012 holatiga

y

01.01.2013 y
holatiga

O’tgan nisbatan

yilga

(+;-)

%

1.

Ravnaq bank

44,8%




78,0%

33,20

17

2.

O’T bank

81,8%




72,0%

-

88

3.

Kredit-standart bank

48,1%




72,0%

23,90

14

4.

Hi-tech bank

35,5%




41,9%

6,40%

11

5.

Samarqand bank

51,5%




35,5%

-

68

6.

Mikrokredit bank

37,9%




32,0%

-

84

7.

Universalbank

40,8%




31,7%

-

77

8.

Milliy bank

26,8%




24,9%

-

92

9.

Qishloq qurilish bank

27,6%




24,3%

-

88

10.

Turkiston bank

29,8%




21,4%

-

71

11.

Savdogar bank

22,8%




21,1%

-

92

12.

O’zKDB bank

22,5%




20,1%

-

89

13.

Trastbank

18,6%




19,3%

0,70%

10

14.

Orient-finans bank

34,4%




19,0%

-

55

15.

Aloqabank

17,8%




18,6%

0,80%

10

16.

Ipoteka bank

19,7%




16,8%

-

85

17.

Asaka bank

16,1%




16,3%

0,20%

10

18.

Ipak Yo’li bank

13,7%




15,3%

1,60%

11

19.

Hamkor bank

16,1%




15,2%

-

94

20.

Agrobank

13,3%




13,6%

0,30%

10

21.

Sanoatqurilish bank

11,7%




12,4%

0,70%

10

22.

Хalq banki

16,5%




12,1%

-

73

Yuqoridagi jadvaldan ma’lum bo’ladiki respublikamiz tijorat banklarining barchasida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan me’yoriy ko’rsatkich to’liq bajarilgan. Ayrim banklarda esa ushbu ko’rsatkich 4-6 barobar ko’proqdir.
Tijorat banklarining to’lovga qobilligini va ularning balansini likvidliligini tavsiflovchi asosiy iqtisodiy me’yorlar bo’lib, kapitalning yetarlilik koeffitsienti va joriy likvidlilik koeffitsienti bo’yicha belgilangan me’yorlar hisoblanadi. Chunki ikkala me’yorning bajarilishi bankning to’lovga qobilligini saqlash imkonini beradi.
2011-2012 yillar mobaynida respublikamiz tijorat banklari tomonidan ushbu iqtisodiy me’yorga rioya etish amaliyotining tahlili mazkur me’yorga rioya etish borasida jiddiy muammolar mavjud emasligini ko’rsatdi.

1-rasm. Mamlakatimiz tijorat banklarida birinchi darajali


kapitalning yetarliligi 12 (foizda).
Diagramma ma’lumotlariga qaraydigan bo’lsak, tijorat banklarining I darajali kapital yetarliligi 2012 yil 1 yanvar holatiga 17,03 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2013 yil 1 yanvar holatiga 15,84 foizni tashkil etgan. Keyingi ikkita chorakda biroz pasayib borgan va oхirgi chorakda biroz ko’tarilib, 2013 yil 1 yanvar holatiga 15,84 foizni tashkil etgan. Bu esa, Bazel talablaridan deyarli 4 barovarga ko’proq deganidir. Demak, bank tizimida tijorat banklarining barqaror manbalar hisobidan kapitallashuviga e’tibor qaratilgan. Tijorat banklari I darajali kapital yetarliligining bu darajasi ularning kapitallashuv darajasini yanada oshirish istiqboli mavjud ekanligini belgilaydi.

2-rasm. Mamlakatimiz tijorat banklari asosiy kapitalining

yetarliligi13 (foizda)


Diagramma ma’lumoti orqali umumiy kapitali yetarliligi tahlili 20112012 yillar oralig’ida bu ko’rsatkichning Bazel talablaridan 2-3 barovar yuqori bo’lgan holda 17%-20% atrofida bo’lgan. 2012 yil davomida eng yuqori ko’rsatkichga yil boshida erishilgan, ya’ni 17,8% bo’lgan bo’lsa, keyinchalik biroz tushgan va uchinchi chorakda yana oshish tendensiyasi kuzatilgan hamda yil 2013 yil boshiga 16,75 foizni tashkil etgan. Tahlil natijalaridan ko’rinib turibdiki, respublikamiz tijorat banklarida kapital yetarliligiga qo’yilgan talablar yuqori darajada ta’minlangan.
Amaldagi uchinchi iqtisodiy me’yor–moliyaviy leveraj koeffitsienti bo’lib, u bankning birinchi darajali kapitalini nomoddiy aktivlar chiqarilgan holdagi aktivlarning jami miqdoriga nisbati sifatida aniqlanadi. Uning eng kam me’yoriy miqdori 0,06 qilib belgilangan.

3-rasm. Banklarning leveraj koeffitsienti to’g’risida solishtirma ma’lumot14 (01.01.2013 yil holatiga, foizda)


Leveraj bu bank jami aktivlarining kapital bilan ta’minlanganlik darajasini aks ettiruvchi ko’rsatkichdir. O’tgan yili bank tizimida ushbu ko’rsatkich 20,77 foizni tashkil etib, minimal ruhsat etilgan ko’rsatkich (0,06)dan 3 martadan yuqoriroq ko’rsatkichga erishgan. Hatto, ayrim banklarda ushbu ko’rsatkich 65 foizni tashkil etganlini ko’rishimiz mumkin. Barcha banklarda minimal talab bajarilgan.
Tijorat banklarining joriy likvidlilik darajasini baholash maqsadida Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga nisbatan joriy likvidlik koeffitsienti belgilangan. Ushbu ko’rsatkich joriy aktivlarning joriy majburiyatlarga nisbati sifatida aniqlanadi va uning minimal darajasi 30 foizni tashkil etadi.
Ushbu iqtisodiy me’yor tijorat banki aktivlarining likvidli qismini talab qilib olingunga qadar bo’lgan majburiyatlarni qoplash darajasini tavsiflaydi. Bu esa, bank tomonidan jalb qilingan mablag’larning muddati bilan ularni joylashtirish muddatlariga og’ishmay rioya etishni talab etadi.
Joriy likvidlilik koeffitsientining darajasiga kuchli va bevosita ta’sir ko’rsatadigan omil tranzaksion depozitlar yoki talab qilib olguncha depozitlar miqdorining o’zgarishi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalarni risk darajasiga ko’ra ikki yirik guruhga ajratish mumkin:

  1. Davlatning qisqa muddatli obligatsiyalariga qilingan investitsiyalar.

Bu operatsiyalarning risk darajasi past bo’lib, ular bankka qat’iy belgilangan foiz ko’rinishida barqaror daromad keltiradi. Buning ustiga, banklarning ushbu qimmatli qog’ozlardan olinadigan daromadlari soliqqa tortilmaydi.

  1. Tijorat qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalar. Bu shakldagi investitsiyalarning risk darajasi yuqori bo’lib, bunda qimmatli qog’ozlarning bozor bahosini o’zgarishi va emitentlarning to’lovga qobilligi kafolatlanmagan.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin