Yuqoridagi jadvalda ko‘rib turganimizdek, hisobvaraq ikki qismdan iborat bo‘lib, uning debetida kun boshiga bo‘lgan qoldiq aks ettirilgan (1). Kun davomida turli operatsiyalar bo‘yicha hisobvaraqqa kelib tushgan mablag‘lar (2) jamlanib “debet” bo‘yicha aylanmalarni (3) hosil qiladi. Hisobvaraqdan tovarlar, xizmatlar va notovar operatsiyalar bo‘yicha to‘lovlar, ya’ni mablag‘larning hisobdan chiqarilishi (4) hamda shu barcha to‘lovlar bo‘yicha umumiy aylanmalar (5) hisobvaraqning kredit tomonida aks ettirildi. Endi kun oxiriga bo‘lgan qoldiqni (6) topish uchun boshlang‘ich qoldiq summasiga kun bo‘yi kelib tushgan mablag‘lar bo‘yicha aylanmalar summasini qo‘shib, kun bo‘yi hisobdan chiqarilgan mablag‘lar yig‘indisini ifodalovchi aylanmalar summasini ayiramiz. Shunday qilib, aktiv hisobvaraq bo‘yicha kun oxiriga bo‘lgan qoldiq summasini hisoblab chiqarish mumkin. Yuqoridagi jadvalda ko‘rib turganimizdek, hisobvaraq ikki qismdan iborat bo‘lib, uning debetida kun boshiga bo‘lgan qoldiq aks ettirilgan (1). Kun davomida turli operatsiyalar bo‘yicha hisobvaraqqa kelib tushgan mablag‘lar (2) jamlanib “debet” bo‘yicha aylanmalarni (3) hosil qiladi. Hisobvaraqdan tovarlar, xizmatlar va notovar operatsiyalar bo‘yicha to‘lovlar, ya’ni mablag‘larning hisobdan chiqarilishi (4) hamda shu barcha to‘lovlar bo‘yicha umumiy aylanmalar (5) hisobvaraqning kredit tomonida aks ettirildi. Endi kun oxiriga bo‘lgan qoldiqni (6) topish uchun boshlang‘ich qoldiq summasiga kun bo‘yi kelib tushgan mablag‘lar bo‘yicha aylanmalar summasini qo‘shib, kun bo‘yi hisobdan chiqarilgan mablag‘lar yig‘indisini ifodalovchi aylanmalar summasini ayiramiz. Shunday qilib, aktiv hisobvaraq bo‘yicha kun oxiriga bo‘lgan qoldiq summasini hisoblab chiqarish mumkin. 4. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejalari va ularning tavsifi.
Ilgari Markaziy bank ham, tijorat banklar ham buxgalteriya hisobini yagona hisobvaraqlar rejasi asosida yuritar edilar. Har bir hisobvaraq nomeri va nomi yoniga qaysi bankda ishlatilishi haqida belgi qo‘yilgan edi. Yangi hisobvaraqlar rejasi Markaziy bank uchun alohida, tijorat banklari uchun alohida ishlab chiqildi. Bunda har ikki bank faoliyatining xususiyatlari hisobga olindi. Masalan, Markaziy bank emissiya markazi hisoblangani uchun kassadagi pullar banknot va tangalarga bo‘lingan holda ko‘rsatiladi.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Majburiyatlar” bo‘limidagi hisobvaraqlar muddatiga ko‘ra joylashtirilgan hisoblanadi. “Majburiyatlar” bo‘limi Markaziy bankning asosiy funksiyalaridan biri hisoblangan “Pul emissiya”sidan boshlanib, uning hisobi 20100- “Pul emissiyasi” hisobvarag‘ida yuritiladi. Demak, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan banknotlar va tangalar bank balansining passiv qismida, ya’ni majburiyatlar bo‘limida hisobga olinadi.
Markaziy bankning hisobvaraqlar rejasining “Majburiyatlar” bo‘limida, shuningdek, norezident banklarning, xalqaro moliya institutlarining talab qilib olingungacha saqlanadigan, jamg‘arib boriladigan muddatli depozitlari, Markaziy bankning obligatsiyalari, davlat budjetining daromadlar va xarajatlari hisobvaraqlari yuritiladi.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Kapital” deb nomlangan bo‘limda “E’lon qilingan ustav kapitali”, “Shakllangan ustav kapitali” kabi hisobvaraqlar ochilgan. Tijorat banklari hisobvaraqlar rejasining Sh-bo‘limida, ya’ni “Kapital” bo‘limida oddiy va imtiyozli ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali hamda oddiy va imtiyozli chiqarilgan ustav kapitali kabi Markaziy banklarning hiosbvaraqlar rejasida bo‘lmagan hisobvaraqlar ochiladi.
Tijorat banklar iqtisodiyot tarmoqlarining turli mulkchilik shakllariga tegishli xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatadi, shunga asosan tijorat banklarda alohida hisobvaraqlar ochiladi. Markaziy bank esa iqtisodiyot tarmoqlariga emas, balki hukumat va nazorat idoralari va vazirliklarga xizmat ko‘rsatadi. Shunday xususiyatlar har ikki bank hisobvaraqlar rejalarida hisobga olingan.
Dostları ilə paylaş: |