7
ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish
borasida tegishli nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.
Respublikamiz birinchi Prezidentining "Ta’lim-tarbiya va kadrlar
tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish
to’g’risida"gi Farmonida "Ta’lim to’g’risida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash
bo’yicha Milliy Dasturni hayotga tatbiq etish davlat siyosatining ustuvor
yo’nalishlaridan biri ekanligi qayd etilgan.
Respublikamizda Oliy ta’limning davlat ta’lim standartining asosiy
qoidalari yildan- yilga takomillashtirilib va xalqaro ta’lim standartlari talablarida
shakllantirildi. (bundan keyin OT DTS deb ataladi).
OT DTS ning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
- kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan umumiy
talablarni;
- ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va etarli bilim darajasi hamda oliy
ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy malakaviy talablarni;
- o‘quv yuklamasining hajmini;
- ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash
tartibotlari hamda mexanizmini belgilashni nazarda tutadi.
Shuningdek, hozirgi kunda ushbu fanni o‘qitish “2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar
strategiyasi”da
belgilangan
iqtisodiyotni
rivojlantirish
va
liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini samarali tarzda amalga oshirishga
qaratilgan mutaxassis kadrlarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: