nazoratchi buxgalter - mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan dastlabki
nazoratdan o‘tkazilgan barcha bank operatsiyalarini joriy nazoratdan o‘tkazib
amalga oshiruvchi buxgalter.
Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalari (bundan buyon matnda depozit operatsiyalari deb yuritiladi) - Markaziy bank
tomonidan tijorat banklarining pul mablag‘larini depozitlarga jalb qilish
operatsiyalari.
mas’ul ijrochi buxgalter - mijozlarning pul hisob-kitob hujjatlarini to‘g‘ri
rasmiylashtirilganligi va bank operatsiyalarining qonuniyligini dastlabki
nazoratdan o‘tkazib, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlovchi
buxgalter.
Omonat (depozit) - talab qilinishi bilanoq yoki to‘lovni amalga oshiruvchi
shaxs bilan to‘lovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari o‘rtasida
kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to‘lagan holda yoxud bunday
to‘lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan topshiriladigan pul summasi.
raqobatli ariza - depozit auksionida ishtirok etish uchun tijorat banklari
tomonidan foiz stavkasi ko‘rsatilgan holda taqdim etiladigan ariza;
raqobatsiz ariza - depozit auksionida ishtirok etish uchun tijorat banklari
tomonidan foiz stavkasi ko‘rsatilmagan holda taqdim etiladigan ariza;
Chet el banki - chet el bankining o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi
hududida amalga oshiradigan shu’ba banki bo‘lib, uning ustav kapitalining
hammasi chet el banki tomonidan to‘lanadi.
Chet el banki vakolatxonasi - bank faoliyatini amalga oshirmagan holda
bankning manfaatlarini ko‘zlab ish yurituvchi alohida bo‘linmadir.
chegirish foiz stavkasi - depozit auksioni natijalariga ko‘ra tijorat
banklarining qondiriladigan raqobatli arizalari bo‘yicha taklif etilgan maksimal
stavka.