«bank ishi va auditi» fakulteti «Bank ishi va auditi» kafedrasi


аsоsiy funksiyalаri vа ish jаrаyonlаri bilаn tаnishish



Yüklə 344,6 Kb.
səhifə3/15
tarix13.04.2023
ölçüsü344,6 Kb.
#97230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Xisobot

1. Bankning ish fаоliyati, uning tаshkiliy strukturаsi, bo’linmаlаrining

аsоsiy funksiyalаri vа ish jаrаyonlаri bilаn tаnishish


Men Normamatov Sirojiddin Nuriddin o‘g‘li 2022-yil 13-iyun kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbarim ya’ni Erdonov M tomonidan amaliyot o‘tash uchun zarur bo‘ladigan barcha topshiriqlarni oldim va shu kuni
Samarqand viloyati Samarqand shahar“Mikrokreditbank” ATB Samarqand mintaqaviy filialiga yetib keldim.
Korxonadan menga amaliyot rahbari etib Abdurasulov U tayinlandi.
Endi bevosita bank faoliyati blan tanishib chiqsak, bank yuridik, jismoniy va boshqa mijozlarga xizmat ko’rsatadi. Hamda, bo’sh turgan mablag’larni taqsimlashga, xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy munosabatlarini tartibga solishga yordam beradi. Amaliyot davrining dastlabki kunlarida bankning tarkibiy tuzilmasi bilan tanishildi va bo’limlarning ish faoliyati bilan yaqindan o‘rganildi. Bularning barchasini amaliyot kundaligiga qayd etib borildi.
Amaliyotni keyingi haftasida korxona xodimlariga bugungi kunda Amaliyot davrining so‘nggi haftasida ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisobot tayyorlandi va korxona rahbari tomonidan tasdiqlandi. Amaliyotni so‘ngi kuni deb 2021-yil 24-iyul etib belgilandi.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi banklar tizimi o‘z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va xususan,
«O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi va «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2009-yil 30martdagi PQ-1084-sonli qaroriga asosan iqtisodiyotning agrar sektorini yanada barqaror rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan chuqurlashtirib borish, fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash, uning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilariga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi zamonaviy korxonalarni jadal barpo etish, yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni tatbiq qilish hamda ichki bozorni mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan to‘ldirishga yo‘naltirilgan keng turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida, “Paxtabank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining uni “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki etib qayta tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinadi va “Mikrokreditbank” ATBninng asosiy vazifalari ertib quyidagilar belgilanadi:
qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklariga kredit
berish va kompleks tarzdagi bank xizmatlari ko‘rsatish; qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilari, barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar, shu jumladan paxta va g‘alla mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish va sotishga ixtisoslashgan paxta tozalash va donni qayta ishlash sanoati korxonalariga kredit berish va moliyalashtirish mexanizmlarini izchil takomillashtirib borish; yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga, agrosanoat kompleksi tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashga, zamonaviy chet el texnologiyalari va uskunalarini jalb etishga yo‘naltirilgan faol investitsiya siyosatini amalga oshirish, shu asosda yuqori sifatli, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash, ichki iste’mol bozorini mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan barqaror to‘ldirish; bankning shaxsiy resurslarini safarbar qilish, omonatlar va depozitlarning yangi jozibador turlarini taklif etish yo‘li bilan aholi va korxonalarning mablag‘larini jalb qilish, ulardan samarali, shu jumladan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda samarali foydalanish, qo‘yilgan mablag‘lar o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishini ta’minlash; xalqaro moliya institutlari va yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari,
investitsiyalari va grantlarini jalb etib, keyinchalik qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilari va respublika iqtisodiyoti agrosanoat sektori korxonalarini ana shu mablag‘lar hisobiga qayta moliyalashtirish. Bank Strukturasi:

«VISA International» xalqaro to’lov tizimiga printsipial a’zolikka o’tish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo’lga qo’yildi.
Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KfV, YTTB, OTB va Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining (XTTB) kredit yo’nalishlarini jalb etgan.
Mikrokreditbankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, Mikrokreditbank S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir.
Mikrokreditbank Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash
Assotsiatsiyasi (APRAKA) hamda Qishloq xo’jaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi
(KIKA)ning teng huquqli a’zosi hisoblanadi. 2010 yilning iyun oyida Toshkentda Mikrokreditbank ishtirokida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yig’ilishi va Ijroiya qo’mitasining 58-majlisi o’tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xo’jaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish bo’yicha konferensiya bo’lib o’tdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010–2012 yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi.




ATB "Mikrokreditbank"ning yirik aksionerlari







O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi
74.65

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
23.0





Yüklə 344,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin