Topshiriq berilgan sana__________________________________________________________
Kirish
Mustaqillik yillarda O’zbekiston oldingidan tubdan farq qiluvchi yangi
iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiy
rivojlanishning navbatdagi
bosqichlariga o’tib bormoqda. Bozor iqtisodi asosida tovar-pul munosabatlari
yotadi. Tovar-pul munosabatlari – tovar ishlab chiqarish, tovarlarning ayirboshlash
va pul muomalasiga xos munosabatlarni ifoda qiladi. Bozor
iqtisodi erkin tovar-pul
munosabatlarga asoslangan iqtisodiy monopoliyani inkor qiluvchi, ijtimoiy
taraqqiyotga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va
boshqarilib boriladigan iqtisoddir.
Pul aylanishining sodda chizmasida faqat aholi va korxona, tashkilotlar
o‘rtasidagi pul harakati tasvirlanadi Bunda pul aylanishining asosiy ikki omili: bir
tomondan – tovar
va resurslar harakati bilan; - ikkinchi tomondan – pul harakati
ko‘rsatilgan. Bunda davlat tashkilotlari,
moliyaviy bozor, pul bozorlari, eksport va
import va boshqa iqtisodiy munosabatlar aks etmagan.
Pul aylanishining birinchi turiga, ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur
jami resurslar – mehnat qurollari, mehnat vositalari, ish kuchi sotib olish va
aksincha, aholi tomonidan davlat, kooperativ – savdo
tashkilotlaridan, kolxoz
bozorlaridan, fuqarolardan iste’mol uchun zarur tovarlarni sotib olish va aholining
yuqoridagi sub’ektlarga tovarlar sotish, kapital qurilish va ta’minlash sohasidagi
hisob – kitoblar va boshqalar kiradi.
Korxona tashkilotlarining vaqtincha bo‘sh
turgan pullari ularning
roziligiga asosan bank tomonidan kredit resurslari sifatida ishlatilishi mumkin.
Korxona, tashkilotlarining bo‘sh pul mablag‘laridan tashkari, banklar jamoat
tashkilotlarining, byudjet, sug‘urta tashkilotlarining, aholining banklardagi pul
mablag‘laridan o‘z resurslari sifatida foydalanib, xalq xo‘jaligi tarmoqlariga
kreditlar berishi mumkin. Shunday qilib, banklar tomonidan pul mablag‘larining
yig‘ilish jarayoni pul aylanishida namoyon buladi.