1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2004-2008 yillarda naqd pulsiz hisob-
kitoblarning inkasso, to‘lov talabnomasi, hujjatlashtirilgan
akkreditivlar
shakllarining umumiy to‘lov aylanmasidagi ulushi juda pastligicha qolgan. Bu esa,
naqd pulsiz hisob-kitoblarning mazkur shakllari vositasidagi naqd pulsiz hisob-
kitoblar amaliyotini takomillashtirish borasida dolzarb muammolarning mavjud
ekanligidan dalolat beradi.
Shuningdek, yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, yuridik
shaxslar o‘rtasida qo‘llaniladigan hisob-kitob cheklari vositasidagi naqd pulsiz
hisob-kitob shakli mavjud emas. Buning sababi
shundaki, mazkur naqd pulsiz
hisob-kitob shakli vosiatsidagi hisob-kitoblar respublikamiz amaliyotida 1996
yilda vaqtinchalik to‘xtatilgan. Buning asosiy sababi shundaki, deponentlangan
chek summalari bilan yozilgan chek summalari o‘rtasida
tafovut yuzaga keldi,
ya’ni ta’minlanmagan cheklar muomalada paydo bo‘ldi.
1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, tahlil qilingan davr mobaynida
hujjatlashtirilgan akkreditivlar vositasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarning umumiy
to‘lov aylanmasidagi ulushining pasayishi va past darajadaligi kuzatildi. Bu esa,
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik miqdorini
kamaytirish nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi. Chunki hujjatlashtirilgan
akkreditivlarda to‘lov kafolatlangan bo‘ladi. Ularning har
bir shaklida yetkazib
berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha to‘lov summasi kafolatlangan
bo‘ladi. Ta’minlangan akkreditivlarda to‘lov summasi alohida schyotda
(respublikamiz banklarida 22602-schyotda) deponent qilinadi. Ta’minlanmagan
akkreditivlarda esa to‘lov yuzasidan kafolat tijorat banki tomonidan beriladi.
Bunda akkreditiv bo‘yicha tovar hujjatlari kelib tushganda
sotib oluvchining joriy
schyotida pul mablag‘lari bo‘lmasa, to‘lov tijorat banki tomonidan amalga
oshiriladi.
Tijorat banklari tomonidan akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar muddatli kreditlar yoki
overdraft kreditlari hisobidan amalga oshiriladi. Kreditlashning aynan qaysi
shaklidan foydalanib, akkreditiv bo‘yicha to‘lovni amalga
oshirish masalasi tijorat
banki va mijoz o‘rtasidagi kelishuvga asosan hal qilinadi. Mijoz uchun kredit bilan
bog‘liq bo‘lgan foiz to‘lovlarini tejash nuqtai-nazaridan overdraft kreditidan
foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Endi biz naqd pulsiz hisob-kitob shakllari vositasidagi hisob-kitoblarning
umumiy hajmida har bir naqd pulsiz hisob-kitob shaklining
ulushi va dinamikasiga
baho beramiz.
2-jadval
Dostları ilə paylaş: