Bank-moliya xizmatlari


-rasm. Hujjatli inkasso orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishi tartibi



Yüklə 115,75 Kb.
səhifə8/15
tarix07.01.2024
ölçüsü115,75 Kb.
#206944
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org

3-rasm. Hujjatli inkasso orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishi tartibi 
Bu yerda: 

(1) – oldi-sotdi shartnomasini imzolash;


(2) – mol yetkazibberuvchi tovarlarni jo‘natadi; 
(3) – mol yetkazib beruvchi tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni
o‘zining bankiga uzatadi; 
(4) – mol yetkazib beruvchining banki tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan
hujjatlarni tekshiradi va qabul qilib oladi (agar hujjatlarda xatoliklar mavjud bo‘lsa, 
u holda hujjatlar to‘g‘rilash uchun mol yetkazib beruvchiga qaytariladi);
(5) – mol yetkazib beruvchining banki tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan 
hujjatlarni sotib oluvchining bankiga inkasso uchun jo‘natadi;
(6) – sotib oluvchining banki tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni 
inkassoga qabul qiladi;
(7) – sotib oluvchining banki tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni kelib 
tushganligi to‘g‘risida sotib oluvchini xabardor qiladi;
(8) – sotib oluvchi to‘lov topshiriqnomasi yozadi; 
(9) – sotib oluvchining banki to‘lov topshiriqnomasiga asosan to‘lovni
amalga oshiradi; 
(10) – sotib oluvchining banki tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni sotib
oluvchiga beradi; 
(11) – mol yetkazib beruvchining bankiga to‘lovni amalga oshirilganligi
to‘g‘risidagi xabar yetkaziladi

(12) – mol yetkazib beruvchining banki to‘lov summasini mol yetkazib


beruvchining joriy schyotiga o‘tkazadi; 
(13) – mol yetkazib beruvchining joriy schyotidan ko‘chirma.
3-rasmdan ko‘rinadiki, hujjatli inkassoda sotib oluvchini to‘lovni o‘z vaqtida 
amalga oshirishga undovchi o‘ziga xos bosim o‘tkazish imkoniyati mavjud. Ya’ni,
sotib oluvchining banki to‘lov amalga oshirilmasdan turib, tovarlar bilan bog‘liq 
bo‘lgan hujjatlarni sotib oluvchiga bermaydi. Sotib oluvchi esa, hujjatlarni olmasa
tovarni ola olmaydi. Tovarni o‘z vaqtida olmaslik, birinchidan, sotib oluvchining 
ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi; ikkinchidan,
ortiqcha harajat qilishiga sabab bo‘ladi. Chunki tovarni omborxonalarda yoki tovar 
stansiyalarida turib qolganligi uchun sezilarli miqdorda penya to‘lashga to‘g‘ri
keladi.

Fikrimizcha, hujjatli inkasso vositasida amalga oshiriladigan naqd pulsiz


hisob-kitoblarga xos bo‘lgan asosiy kamchilik – bu to‘lovning 
kafolatlanmaganligidir. Shu sababli, bir-birini yaxshi bilgan va doimiy aloqada
bo‘lgan hamkor korxonalar o‘rtasida hujjatli inkassodan foydalanishni maqsadga 
muvofiq, deb hisoblaymiz.
Respublikamiz xo‘jalik amaliyotida tijorat veksellari muomalasi mavjud 
emas. Bu esa, naqd pulsiz hisob-kitoblarning sof inkasso shaklidan foydalanish
imkonini bermaydi. O‘z navbatida, sof inkassoning mavjud emasligi naqd pusiz 
hisob-kitob shakllaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirishga sabiy ta’sir
ko‘rsatadi. 
Tijorat veksellarini indossament orqali boshqa shaxslarga uzatishning
mumkinligi ularning korxonalar o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlikni 
kamaytirishdagi ahamiyatini oshiradi. Shu sababli, sof inkasso ham debitor-
kreditor qarzdorlikni kamaytirishda o‘ziga xos o‘rin tutadi
1

Garchi naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish to‘g‘risidagi me’yoriy-


huquqiy hujjatlarda, avvalo Nizomda hisob-kitob cheklaridan foydalanishga ruxsat


1.Xalqaro bank amaliyotida vekselni uchinchi shaxsga uzatish huquqini beruvchi maxsus yozuv indossament deb ataladi. Respublikamiz
amaliyotida “indossament” so‘zi o‘rniga ko‘pchilik hollarda “alonj” so‘zi ishlatiladi. Vekselni uchinchi shaxsga uzatgan sub’ekt indossant deb, 
vekselni indossantdan qabul qilib olgan shaxs esa indossat deb ataladi.


etilgan bo‘lsada, mamlakatimiz xo‘jaik amaliyotida yuridik shaxslar o‘rtasidagi


hisob-kitoblarda qo‘laniladigan hisob-kitob cheklari mavjud emas. 
1996 yilga qadar yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblarda qo‘laniladigan
hisob-kitob cheklari mavjud edi. Ushbu cheklar limitlashtirilgan chek daftarchalari 
ko‘rinishida bo‘lib, bunda cheklar summasi alohida schyotda deponent qilinar edi.
Chek mol yetkazib beruvchining bankiga taqdim etilishi bilan to‘lanar edi. To‘lov 
amalga oshirilgandan keyin mol yetkazib beruvchining banki chekni debetli avizo
bilan sotib oluvchining bankiga jo‘natar edi. Sotib oluvchining banki chek 
summasini deponent qilingan mablag‘lar hisobidan to‘lab berardi. Ammo 1996
yilga kelib deponentlangan mablag‘lar miqdoridan sezilarli darajada katta bo‘lgan 
summaga yozilgan hisob-kitob cheklari muomalada paydo bo‘ldi. Fikrimizcha,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan hisob-kitob cheklari 
muomalasining vaqtinchalik to‘xtatilishi ana shu sabab bilan izohlanadi.
Shuni tan olish kerakki, limitlashtirilgan chek daftarchalariga asoslangan 
naqd pulsiz hisob-kitoblarga xos bo‘lgan asosiy kamchilik shundan iborat ediki,
unda sotib oluvchiga tegishli mablag‘larini uning xo‘jalik aylanmasidan chiqib 
qolishi yuz beradi. Buning sababi shundaki, deponentlangan pul mablag‘idan sotib
oluvchi korxona foydalana olmaydi, tijorat banki esa, deponentlangan mablag‘ga 
foiz to‘lamaydi. Ammo mazkur hisob-kitob cheklarida to‘lov kafolatlangan edi. Bu
esa, hisob-kitob cheklarining xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi debitor-
kreditor qarzdorlik hajmini qisqartirishdagi ahamiyatini oshiradi.
1-paragraf bo‘yicha xulosalar: 
– respublikamiz amaliyotida naqd pulsiz hisob-kitob shakllarining sof
inkasso, hisob-kitob cheklari, banklarning orderli cheklari kabi mustaqil shaklari 
mavjud emas;
– respublikamiz amaliyotida qo‘llanilayotgan to‘lov topshiriqnomalari 
vositasidagi hisob-kitoblar qator kamchiliklarga ega;
– ta’minlangan hujjatlashtiirlgan akkreditivlarda sotib oluvchilarga tegishil 
pul mablag‘larining xo‘jalik aylanmasidan chiqib qolishi yuz bermoqda.


Naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan foydalanish amaliyotini tahlil qilish va


baholashni har bir naqd pulsiz hisob-kitob shaklining umumiy to‘lov 
aylanmasidagi ulushini aniqlashdan boshlaymiz. Buning sababi shundaki, har bir
shakl o‘ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega bo‘lib, ulardan foydalanish 
ko‘lamining o‘zgarishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatiga faol ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, to‘lov talabnomasi vositasidagi hisob-
kitoblar hajmining oshishi mol yetkazib beruvchi xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning faoliyatiga, pul oqimiga nisbatan salbiy ta’sirning mavjud 
ekanligidan dalolat beradi. Chunki to‘lov talabnomalari mahsulot yetkazib
berilgandan keyin uning summasini undirish maqsadida qo‘yiladi. Mahsulot 
summasining o‘z vaqtida undirilmasligi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning debitor
qarzdorligining oshishiga olib keladi va shuning asosida ularning moliyaviy 
holatiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida debitor-kreditor qarzdorlik muammosi 
mavjud bo‘lgan sharoitda hujjatlashtirilgan akkreditivlar vositasidagi naqd pulsi
hisob-kitoblar hajmining oshishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki 
akkreditivlarda yetkazib berilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan
to‘lov kafolatlangan bo‘ladi. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlikni
qisqartirish muammosi mavjud bo‘lgan sharoitda to‘lovlarni kafolatlash imkonini 
beradigan naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan foydalanishga ustuvor darajada
ahamiyat berish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Quyidagi jadval ma’lumotlari orqali naqd pulsiz hisob-kitob shakllarining
umumiy to‘lov aylanmasidagi ulushining holati va dinamikasini ko‘rib chiqamiz. 



1-jadval




Yüklə 115,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin