Bank-moliya xizmatlari


Naqd pulsiz hisob kitob shakllari vositasidagi hisob-kitoblarning umumiy



Yüklə 115,75 Kb.
səhifə10/15
tarix07.01.2024
ölçüsü115,75 Kb.
#206944
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org

Naqd pulsiz hisob kitob shakllari vositasidagi hisob-kitoblarning umumiy 

hajmida har bir shaklning ulushi darajasi va dinamikasi

3

(foizda) 


Naqd pulsiz hisob-kitob
shakllari 
2004

2005

2006

2007

2008

2008 yilda


2004 yilga 
nisbatan
o‘zgarishi, 
f.p.
To‘lov topshiriqnomasi 

96,51 97,05 96,74 97,66 98,09


1,58

Inkasso
1,91 1,68 1,77 1,54 1,15 - 0,76 


To‘lov talabnomasi
1,39 1,23 1,41 0,74 0,70 - 0,69 
Hujjatlashtirilgan akkreditiv
0,19 

0,04

0,08

0,06

0,06

- 0,13


Jami naqd pulsiz hisob-
kitob shakllari vositasidagi 
to‘lovlar

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

x
2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2004-2008 yillarda to‘lov 

topshiriqnomalari vositasidagi hisob-kitoblarning naqd pulsiz hisob-kitoblarning


umumiy hajmidagi salmog‘i yuqori darajada saqlanib qolgan. Buning ustiga, 2006-
2008 yillarda ushbu ko‘rsatkichning amaldagi darajasi o‘sish sur’atlariga ega
bo‘lgan. Mazkur holatlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi debitor-kreditor 
3.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining statistik ma’lumotlari asosida hisoblandi. 

qarzdorlik hajmini qisqartirish nuqtai-nazaridan hamda korxonalarning pul oqimi


barqarorligini ta’minlash jihatidan salbiy holat hisoblanadi. Buning sababi 
shundaki, birinchidan, to‘lov topshiriqnomalarida to‘lov kafolatlanmagan;
ikkinchidan, naqd pulsiz hisob-kitoblarning ushbu shaklida ko‘pchilik holatlarda 
oldindan to‘lash qo‘llaniladi, bu esa, o‘z navbatida, korxonalar pul mablag‘larini
ularning xo‘jalik aylanmasidan chiqib qolishiga, sifatsiz tovarlar yetkazilishiga, 
tovarlar yetkazib berishning kechiktirilishiga yoki tovarlarning umuman
yetkazilmasligiga zamin yaratadi. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, to‘lov talabnomasi vositasidagi hisob-
kitoblarning naqd pulsiz hisob-kitoblar umumiy hajmidagi salmog‘ini kichik 
bo‘lishi ijobiy holat hisoblanadi. Chunki bunda asosan to‘lov amalga
oshirilmasdan realizatsiya qilingan tovarlar summasi to‘lanadi. 
Shuningdek, inkasso vositasidagi hisob-kitoblarning naqd pulsiz hisob-kitoblar
umumiy hajmidagi salmog‘ining kichikligini salbiy holat sifatida baholash 
mumkin. Buning sababi shundaki, inkassoda tovarlarning summasini to‘latishda
bank tomonidan to‘lovchiga ma’lum darajada bosim o‘tkazish imkoniyati yuzaga 
keladi. Ya’ni, tovarning summasi haqiqatda to‘langandan keyingina tijorat banki
inkassoga qabul qilingan tovar hujjatlarini to‘lovchiga beradi. To‘lovchi tovar 
hujjatlarisiz tovarni omborxonalardan yoki yuk bekatlaridan ola olmaydi. Shu
sababli, taraqqiy etgan mamlakatlarning bank amaliyotida naqd pulsiz hisob-
kitoblarning inkasso shaklidan keng foydalaniladi. Ammo bizning respublikamizda
inkasso vositasida to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning miqdori 
katta. Ko‘pchilik hollarda soliq xizmati xodimlari tomonidan kelgusi davrda
to‘lanadigan soliq to‘lovlari bo‘yicha inkasso qo‘yiladi. Buning natijasida 
korxonalarg pul oqimining barqarorligiga nisbatan salbiy ta’sir yuzaga keladi. Shu
sababli, naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmida Davlat byudjetiga to‘lovlar bilan 
bog‘liq bo‘lgan inkasso vositasidagi hisob-kitoblar ulushining ortishini ijobiy holat
sifatida baholab bo‘lmaydi. 

Quyidagi rasmlarning ma’lumotlari orqali respublikamiz amaliyotida


mavjud bo‘lgan naqd pulsiz hisob-kitob shakllari vositasidagi hisob-kitoblar 
miqdorining dinamikasini ko‘rib chiqamiz.
65888334

48633104


20942476

26891305


35806406

0
10000000

20000000
30000000

40000000


50000000

60000000


70000000

2004
2005

2006
2007

2008



Yüklə 115,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin