Bank-moliya xizmatlari


O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida pul aylanishining tartibi



Yüklə 115,75 Kb.
səhifə12/15
tarix07.01.2024
ölçüsü115,75 Kb.
#206944
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org

3. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida pul aylanishining tartibi 
Taraqqiy etgan mamlakatlarning tajribalarini o‘rganish natijalari shuni 
ko‘rsatdiki, pul taklifini tartibga solish tizimining samaradorligini ta’minlash,
milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash imkonini 
beradi. Xususan, AQShda XX asrning 70-yillarida pul massasining barqaror o‘sish
sur’atlarini ta’minlashga erishilganligi inflyatsiya darajasini keskin pasaytirish 
imkonini berdi.
Klassik iqtisodchi olimlar – J.M.Keyns va M.Fridmen pul massasini tartibga 
solish masalasining barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb
etishini isbotlab berishgan. Jumladan, M.Fridmenning fikricha, pul massasining 
ishlab chiqarish hajmiga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi inflyatsiyani yuzaga
keltiradi. Shu sababli, pul massasini tartibga solish yo‘li bilan inflyatsiyani 
jilovlash mumkin.
Respublikamizda pul massasining o‘sish sur’atlari va multiplikativ 
kengyishining barqarorligini ta’minlash maqsadida majburiy zixira siyosatining
moslashuvchanlik darajasini oshirish, tijorat banklari aktivlari va resurslari 
o‘rtasidagi nomutanosiblikning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali muddatli
depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini oshirish mumkin. 
Markaziy bankning pul bazasi orqali pullar taklifiga kuchli darajada ta’sir
eta olishi xalqaro amaliyotda isbotlangan. 2009 yil sentyabr oyidan boshlab 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zahira stavkalarini
depozitlarning muddatiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirilganligi pul massasining 
multiplikativ kengayishini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy bankning
ochiq bozor va qayta moliyalash operatsiyalari hajmini oshirish, valyuta va 
depozit siyosatining moslashuvchanligiga erishish pullar taklifining barqarorligini
ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari hajmini oshirish ushbu
operatsiyalarning ob’ektivi bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlarning sonini oshirishni 

talab etadi. Masalan, O‘zbekistonda davlat qisqa muddatli obligatsiyalari Markaziy


bankning ochiq bozor operatsiyalari ob’ekti hisoblanadi. 
Majburiy zahira stavkalarining tabaqalanishi natijasida ularning amaldagi
darajasi muddatli depozitlar uchun pasaygan. Bu esa, pul massasining multiplikativ 
kengayishiga xizmat qiladi. Ammo 2011 yilda davlatning qisqa muddatli
obligatsiyalari emissiya qilinmadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 
yil 30 dekabrdagi PQ-1675-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozlari va Davlat byudjeti parametrlari 
to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, muomaladagi davlat qimmatli qog‘ozlari 2012
yilning oxiriga qadar to‘liq so‘ndirilgan. Natijada mamlakat Markaziy bankining 
ochiq bozor operatsiyalarining ob’ektlarini o‘zgartirish zaruriyati yuzaga keladi.


Yüklə 115,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin