2. Pul aylanishining tarkibiy qismlari . (Naqd pul va naqd pulsiz hisob-kitob
shakllaridan foydalanish tartibi)
Naqd pul aylanishi pulning muomala vositasi vazifasidan kelib chiqadi.
Naqd pul aylanishi deganda, ma’lum davrda naqd pullar vositasida amalga
oshirilgan barcha to‘lovlar yig‘indisi tushuniladi. Bu to‘lovlar banknot yoki
tangalar orqali amalga oshiriladi.
Naqd pullar harakati bankdan boshlanadi, ular bankdan chiqib korxona va
tashkilotlarning kassalariga kelib tushadi. Korxona va tashkilotlar esa bu pullarni
ish xaqi, stipendiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar sifatida kishilarga to‘laydilar.
Kishilar o‘z navbatida bu pullarga tovarlar sotib oladilar, o‘zlariga ko‘rsatilgan
xizmatlar haqini to‘laydilar. Bu pullar yana savdo va xizmat ko‘rsatuvchi
korxonalar kassalariga kelib tushadi. Ular esa naqd pul tushumlarini o‘zlariga
xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshiradilar. Naqd pullar harakati ana shu tarzda
yakunlanadi va yangidan boshlanadi. Bu hol to‘xtovsiz takrorlanaveradi, ya’ni:
Naqd pul aylanishi quyidagi hollarda ro‘y beradi:
- Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan aholi o‘rtasida ish haqi,
mukofotlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash, tovarlar sotib olish, hamda
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash jarayonida:
Bank
Korxona Korxona
korxona
aholi
- Davlat muassasalari bilan aholi o‘rtasida pensiya, nafaqa, stipendiya,
yutuqlar, soliqlar va boshqalarni to‘lash jarayonida:
- Bank tizimi bilan aholi o‘rtasida qarz olish va uni qaytarish, qarz foizini
to‘lash, omonatlar qo‘yish va olish jarayonida:
- Aholining turli qatlamlari o‘rtasida bozorda turli mahsulotlar sotib olish,
ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lash jarayonida:
Naqd pul aylanishi pul aylanishi ishtirokchilaridan biri albatta, aholi vakili
bo‘lishini taqozo etadi.
Naqd pullar cheklangan miqdorda muomalaga chiqariladi va buning ustidan
banklar nazorat olib boradilar. Bankka topshirilgan naqd pul osonlikcha pul
topshiruvchining hisob–raqamidagi yozuvga aylanadi. Hisob raqamidagi yozuvlar
esa o‘z navbatida naqd pulga aylanishi mumkin. Mamlakat Markaziy banki
muomaladagi naqd pul massasini quyidagicha aniqlaydi va boshqarib boradi:
Muomaladagi naqd pul massasining asosiy qismini aholi qo‘lidagi pul
tashkil etadi. Ularni hisoblash va tartibga solish nihoyatda qiyin jarayondir. Ana
davlat
aholi
bank
aholi
aholi
aholi
Muomaladagi
naqd pullar
Aholi qo‘lidagi naqd pullar
Korxonalar kassa qoldiplari
Banklararo kassalardagi naqd pullar
shu sababli aholi qo‘lida haddan tashqari ko‘p miqdorda naqd pul to‘planib qolishi
salbiy oqibatlarga olib keladi.
Aholi qo‘lidagi naqd pullarni quyidagicha tartibga solish mumkin:
- aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun sifatli tovarlar ishlab chiqarish
va xizmatlar ko‘rsatish;
- tovarlar va xizmatlarga xaq to‘lashda cheklar, kredit va plastik
kartochkalar hamda boshqalarni joriy etish;
- aholi mablag‘larini turli - tuman omonatlar va jamg‘armalar sifatida
banklarga jalb qilish;
- aholiga qiymatli qog‘ozlarni sotish, ularning mablag‘larini iqtisodiyotni
rivojlantirishga sarflash va boshqalar.
Mustaqillik yillarida pul muomalasini tartibga solish mexanizmlari
takomilashtirildi, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatidan tushadigan naqd pul
tushumini to‘liq inkassatsiya qilish hamda korxonalar va aholining naqd pulga
bo‘lgan talabini ularning birinchi murojatiga ko‘ra ta’minlash borasidagi
qonunchilik talablari kuchaytirildi. Ushbu jarayonlarni monitoring qilish agar
muammo yuzaga kelganda uni tezkor hal qilishning samarali tizimi shakillantirildi.
Xususan, pul muomalasini boshqarishning bozor iqtisodiyotiga xos
bo‘lmagan usullari va mexanizmlari bekor qilindi.
Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida inflyatsiya darajasining keskin
pasayishiga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Naqd pulsiz hisob-kitoblar
to‘g‘risida”gi Nizomi mamlakatimiz bank va xo‘jalik amaliyotida naqd pulsiz
hisob-kitob shakllaridan foydalanish tartibini belgilab beradi. Mazkur Nizom
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank
faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar hamda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
kodeksiga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.
Nizomda naqd pulsiz hisob-kitoblarning quyidagi mustaqil shakllaridan
foydalanishga ruxsat etilgan:
– to‘lov talabnomalari;
– to‘lov topshiriqnomalari;
– cheklar;
– hujjatlashtirilgan akkreditivlar;
– inkasso.
To‘lov talabnomalari orqali yetkazib berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar
uchun to‘lovlar undiriladi. Bunda to‘lovni amalga oshirishga asos bo‘lib, mol
yetkazib beruvchi va to‘lovchi o‘rtasidagi qarzdorlikni tasdiqlovchi solishtirish
dalolatnomasining mavjudligi hisoblanadi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning to‘lov talabnomasi shaklidan keng ko‘lamda
foydalanish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik
miqdorini oshishiga xizmat qiladi. Chunki ushbu shakl vositasida to‘lovi amalga
oshirilmasdan olingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblar
amalga oshiriladi.
Xalqaro amaliyotda haqi to‘lanmasdan olingan tovarlar kreditga sotilgan
hisoblanadi va ular tijorat veksellari bilan rasmiylashtiriladi. Respublikamiz
amaliyotida veksellar muomalasi mavjud emas. Buning ustiga, haqi to‘lanmasdan
olingan tovarlar kreditga sotilgan deb hisoblanmaydi.
To‘lov topshiriqnomasi - bu sotib oluvchining yetkazib berilgan tovarlar va
ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan to‘lovlarni amalga oshirish to‘g‘risida o‘z
bankiga bergan yozma topshirig‘idir.
Mol yetkazib
beruvchining banki
(6)
(5)
Sotib oluvchining
banki (4)
(7)
(3)
(2)
Mol yetkazib
beruvchi
(1)
Sotib oluvchi
Dostları ilə paylaş: |