Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə35/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   95
Fakulteti

4. Kurs ishi yozish tartibi.
Kurs ishi mavzulari kadrlar tayyorlovchi kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Kurs ishi mavzulari talabalarga o’quv rejalarda belgilangan tartib va muddatlarda beriladi. Kurs ishi mavzulari tegishli fanlarning ishchi dasturlarida tavsiya etiladi, talaba mavzuni mustaqil tanlash huquqiga ega.
Kurs ishiga ilmiy rahbar kafedra mudiri tomonidan kafedra professor-o’qituvchilari tarkibidan tayinlanadi va uning taqdimnomasi asosida, farmoyish bilan tasdiqlanadi.
Kurs ishiga tayinlangan ilmiy rahbar uning mavzusi va rejasiga muvofiq talabaga tegishli materiallarni jamlash va ularni ilmiy –amaliy jihatdan taqqoslash yuzasidan topshiriq beradi. Kurs ishi yuzasidan berilgan topshiriq shaxsan talaba tomonidan bajariladi va belgilangan tartibda ilmiy rahbarga taqdim etiladi.
Ilmiy rahbarning vazifalari quyidagilardan iborat:
- talaba tomonidan taqdim etilgan kurs ishi rejasini ko’rib chiqish, zarur bo’lsa tegishli o’zgartirishlar kiritib uni tasdiqlab berish;
- asosiy adabiyotlar, statistik va amaliy ma’lumotlar hamda mavzuga oid boshqa mahalliy va xorijiy manbalarni tavsiya etish;
- talabalar bilan muntazam ravishda maslahatlar o’tkazish;
- kurs ishi bajarilishi jarayonini nazorat etish;
- talaba bajargan kurs ishining sifatiga baho berish va plagiat mavjudligini tekshirish;
- kurs ishining himoya sanasidan kamida 5 kun oldin yozma taqriz berish.
Kurs ishi komissiya hay’ati oldida, jadval asosida taqdimot (prezentatsiya) shaklida himoya qilinadi.


Kurs ishini himoyaga taqdim etish tartibi

Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kurs ishi talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar kurs ishi talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirganidan so’ng, kurs ishini o’z taqrizi bilan birga talabaga qaytaradi.


Taqrizda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda erishgan natijalar, mavzuga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlardagi o’zgarishlar, xorijiy adabiyotlardagi yangiliklar, muammolarga nisbatan talabaning shaxsiy yondoshuvi kurs ishining ijobiy jihatlarini tavsiflaydi.
Talab darajasida yozilmagan va ilmiy rahbar tomonidan salbiy taqriz olingan kurs ishlari 3 kun muddat ichida ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qaytadan ilmiy rahbarga taqriz olish uchun taqdim etiladi.
Talaba - ish muallifi, tanlangan qarorning to’g’riligiga va uning topshiriqqa muvofiqligiga, kurs ishida ko’chirmachilik holatini yo’qligiga javob beradi.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin