Kurs ishini himoyasi va uni o’tkazish tartibi
Kurs ishining himoyasi taqdimot (prezentatsiya) shaklida grafik asosida komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Taqdimot uchun talabaga 10 minut vaqt beriladi, savol-javoblarga 5-10 minut ajratiladi. Taqdimotning slaydlari 8-10 tadan iborat bo’lib, uni shartli ravishda to’rtta bo’limga bo’lish maqsadga muvofiq:
-taqdimotning birinchi bo’limida, talaba mavzuning dolzarbligi, tadqiqot ob’ekti va predmeti, maqsadi, vazifalari, ilmiy yangiligi va ishning hajmini bayon etadi – 2 minut davomida;
-taqdimotning ikkinchi bo’limida, kurs ishi mavzusiga oid ilmiy-nazariy qarashlar, fikrlar, bu boradagi muammolar va talabaning shaxsiy yondoshuvlari aytiladi – 2,0 minut davomida;
-taqdimotning uchinchi bo’limida, kurs ishi mavzusi bilan bog’liq amaliyotdagi muammmolar, amalga oshirilgan ilmiy-amaliy tahlillarning natijalari ularga qisqacha xulosalar hamda samaradorligini oshirish va takomillashtirish yuzasidan shaxsiy yondoshuvi beriladi – 4,0 minut davomida;
-taqdimotning to’rtinchi bo’limida, talaba tomonidan mavzu doirasida amalga oshirilgan xulosa, ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar qisqa va aniq bayon etiladi – 2 minut davomida.
Taqdimot so’nggida komissiya a’zolari mavzuga oid tegishli savollar va aniqlovchi fikr-mulohazalarni bildiradi.
Eslatma: Talaba tomonidan ushbu vaqt, tartib va ketma-ketlikka qat’iy rioya etish talab etiladi va bu uning kurs ishi himoyasi natijasi bo’yicha qo’yiladigan ob’ektiv baholashda inobatga olinadi. Chunki, inson o’z fikri va mulohazalarini qisqa aniq tushuntirishi ham bir “san’at asari” bo’lib, uning qobiliyati va bilim darajasini ifodalaydi.
9-MAVZU. BANKLARDA MALAKAVIY AMALIYOT O’TISH VA HISOBOT TAYYORLASH
1. Tanishuv amaliyoti. Ishlab chiqarish amaliyoti.
2.Bitiruv-oldi malakaviy amaliyot.
3.Amaliyot davrida tegishli hujjatlarni yig’ish va hisobotni shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: |