Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua


Amaliyot davrida tegishli hujjatlarni yig’ish va hisobotni shakllantirish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə44/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95
Fakulteti

Amaliyot davrida tegishli hujjatlarni yig’ish va hisobotni shakllantirish.

Ilmiy tadqiqot intuitiv bilimdan foydalanish zaruriyatini anglatadi. Ilmiy tadqiqotning natijasi printsipial jihatdan inson bilish jarayonining butun tarixi kontekstidagi ob’ektiv, yangi bilim hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot jarayonidagi takrorlanmaslik mezoni faqatgina ilmiy ijodga o’ziga taalluqli bo’lib, uning natijasiga ta’sir etmaydi.


Ilmiy tadqiqot – betakrorligi, mohiyatan yangi bilimlarga erishish vositalarining o’ziga xosligi hamda natijalarning takrorlanishi bilan xarakterlanadigan bilish hodisasi bo’lib, uning asosini intuitiv bilimni o’zgartirish jarayoni tashkil etadi.
Ilmiy tadqiqotni tavsiflash uchun “har qanday haqiqat bema’nilik sifatida boshlanib, xurofotda yakunlanadi” degan hikmat ko’proq mos keladi.
Ilmiy tadqiqot ko’p hollarda jamoaviy xususiyatga ega bo’ladi. Chunki hatto alohida olingan olimlar tomonidan gipotezalar, nazariyalar, aniqlangan dalillar muhokama qilinadi, ularga taqrizlar beriladi, ilmiy rahbat yoki ilmiy maslahatchi tomonidan tanqidiy baholanadi.
Hozirda innovatsiyaga ilmiy-tadqiqot faoliyatining bosh manbai sifatida qaralmoqda. Umuman olganda, innovatsiya bilan ilmiy-ijodiy faoliyat asosida qo’lga kiritilgan yutuqlarni biroz o’zgartirish mumkin. Ammo ularni mutlaqo rad qilib ham bo’lmaydi, ya’ni turli doiradagi innovatsiya va novatsiyalar asosida yangi gipotezalar paydo bo’ladi. Ammo biz fan rivojida sekin va ketma-ket o’zgarishlar bo’lganligini ham inkor qilolmaymiz. Darhaqiqat, ko’pgina fan yutuqlari ulardan oldin mavjud bo’lgan nazariya yoki gipotezalarga tayanmagan. Bu jarayon ayniqsa “vaqtidan ilgari” paydo bo’lgan ilmiy kashfiyotlarga taalluqlidir.
Innovatsiya ilmiy-tadqiqot faoliyatining mavjud shakl va usullarini yangilashga, ularni amalga oshirish uchun yangi maqsad va vositalar yaratishga qaratilgan paradigmal faoliyatdir. U olimning butun salohiyati rivojlanishi, har qanday, hatto kutilmagan holatlarga ham tayyor turishi, yangi vaziyatlarga tez moslasha olishi uchun ham muhim shart-sharoit yaratib beradi. Ilmiy-tadqiqot faoliyati to’g’risidagi zamonaviy qarashlarda ko’proq uning innovatsion komponentlariga alohida e’tibor berilmoqda. Shuning uchun ham hozirda ijodiy faoliyat deganda, insonning yangi moddiy va ma’naviy qadriyatlar yaratishga qaratilgan va ijtimoiy ahamiyatga yo’naltirilgan innovatsion faoliyat usuli tushunilmoqda. Ayni shu ma’noda, ijodning maxsus shakli bo’lgan ilmiy ijod ham o’ziga xos innovatsion xarakterga ega. Uning asosiy vazifasi esa hodisalarning real imkoniyatlari va predmetlariga yangilik kiritish orqali namoyon bo’ladi.
Hozirgi davrda respublikamizda ilmiy-tadqiqot faoliyatining rivojlanish holati va undagi strukturaviy o’zgarishlar innovatsion faoliyat bilan chambarchas bog’liq. Ayniqsa, fanning ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalariga yangilik kiritishda innovatsiyalarning o’rni beqiyos hisoblanadi. Bu har yil o’tkazilayotgan innovatsion g’oya va texnologiyalar yarmarkasida ishtirok etayotgan ishlanmalar taqdimotida o’z ifodasini topmoqda. Shu boisdan ham mamlakatimizda fan, texnika taraqqiyotini ta’minlash maqsadida innovatsion muhitni shakllantirish hamda doimiy ravishda evristik faoliyatni rag’batlantirib borish muhimdir.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin