Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua


Bitiruv-oldi malakaviy amaliyot



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə43/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   95
Fakulteti

Bitiruv-oldi malakaviy amaliyot.

Tadqiqot ob’ekti va ular faoliyatini o’rganishda avvalo ijodiy yondoshgan holda ilmiy ish olib borish lozim bo’ladi. Insonning erkinlikka, adolatga, kamolotga intilishi, qobiliyatlarini namoyon etishga, asosan ijod etishga urinishi – uning ma’naviy ehtiyojidir. Ijod sirli, tushuntirib bo’lmas hodisa hisoblanadi. Biz agar konkret empirik sabab va holatdan kelib chiqadigan bo’lsak, unda shaxsning ilohiylik tabiati ko’proq namoyon bo’lishini aniqlash imkoniyatiga ega bo’lamiz. Ayni shu ma’noda, Xudo odam ijodining oxirgi sabab va imkoniyatidir. Yaratuvchi uchun ijod ichki ovoz yoki daholik shaklida bo’lishidan qat’i nazar, mangulikni his qilish hamda dunyoga nisbatan to’lib-toshib ketayotgan muhabbatini o’zi yaratgan kashfiyotiga joylashdir. Darhaqiqat, ijod inson faoliyatining shunday o’ziga xos turiki, unda tafakkur, bilim va ilohiy ilhom mujassamligi moddiy yoki ma’naviy boylik yaratadi. Inson, jumladan, olim fanga noma’lum bo’lgan qonunlarni kashf etishi, yangi uskuna ixtiro qilishi, yangi ilmiy, badiiy asar yaratishi mumkinligi ilmiy ijodning badiiy tafakkur bilan bog’liqligini ifodalaydi. O’z navbatida badiiy ijod ham ilmiy tafakkurga oiddir. Ilmiy ijod esa texnik faoliyat bilan uzviylikka egadir.


Ko’p hollarda “Ijod – bu kashfiyot va ixtiro qilish jarayoni bilan bog’liq murakkab jarayondir” deb e’tirof etiladi. Bunda ijodning faqat ilmiy faoliyat natijasi ekanligi qayd qilingan. Fikrimizcha, ijod bu faqat ilmiy faoliyat mahsuli emas. Balki, g’ayritabiiy ahamiyat kasb etgan fikr-mulohaza va faoliyat natijasidir.
“Ijod, – deb yozadi Z.Davronov, – bu – izlanuvchining ma’lum yangilik yaratish uchun ob’ektga qaratilgan shaxsiy qobiliyatidan kelib chiquvchi hissiy bilim va tuyg’ularni amalga oshiruvchi jarayondir”. Bu fikrda ham ma’lum bir haqiqat unsurlari mavjud. Chunki ijod faqatgina qobiliyatga tayanuvchi shaxsiy faoliyat mahsuli bo’lib qolmasdan, balki o’zining ob’ektiv taraqqiyot manbalariga ega bo’lgan murakkab va serqirra hodisadir. Bunday murakkablik, ayniqsa, ijodiy faoliyatga xos yaratuvchanlikda yorqin namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham ijodiy faoliyat mahsuli samarasi, ya’ni insonning badiiy, ilmiy, texnik tafakkuri mahsuli bo’lgan asarlari, ilmiy ratsionalizatorlik ishlari majmui ham ijod mahsuli deyiladi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin