4-mavzu. Tijorat banki faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari va moliyaviy natijalari bilan tanishish Ushbu mavzu bo’yicha talaba mijozlar bazasi va uning tarkibini ko’rib chiqadi, tijorat banki resurslarini shakllantirish bilan tanishadi va ularning strukturasini tahlil qiladi, bankning aktiv operatsiyalari va uning tarkibi bilan tanishadi, bankning kredit operatsiyalari, ularning turlari va dinamikasini o’rganadi hamda o’rganish natijasida jamlangan ma’lumotlar asosida xulosalar yozadi.
Ushbu mavzu bo’yicha tanishuv amaliyoti hisobotiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 1. Tijorat banki fililalining balansi va moliyaviy natijalari to’g’risidagi hisoboti; 2.Tijorat banki filiali kredit portfeli va kredit paketi hujjatlari. “Bank ishi” kafedrasi pedagog-xodimlari talabalarning tanishuv amaliyotlarini o’rnatilgan talablar asosida bajarilishini va tashkil etilishini nazorat qiladi.
Tanishuv amaliyotiga rahbarlik qilish kafedraning asosiy va o’rindosh shtatidagi pedagog-xodim tomonidan o’quv yilidagi umumiy o’quv yuklamasi doirasida amalga oshiriladi. U har haftada bir marta kafedrada (imkoniyatlar doirasida – amaliyot bazasida) talabalar bilan uchrashib, amaliyotning borishi, amaliyot kundaligining yuritilishi, vazifalarning bajarilishi, hisobotning rasmiylashtirilishi kabilar yuzasidan maslahatlar beradi, zarur hollarda amaliyotni o’tashga oid mavjud muammolarning sababini aniqlab, ularning hal etilishiga yordam beradi.
Kafedradan tanishuv amaliyotiga biriktirilgan rahbarning vazifalari:
amaliyot davomida talabalarga zaruriy bo’lgan nazariy, uslubiy va amaliy yordam ko’rsatadi;
tanishuv amaliyotini dastur bilan mos ravishda o’tishini, yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydi;
talabalarni amaliyot ob’yektining ichki tartib-qoidalarga rioya qilishini nazorat qiladi;
talabalar tomonidan tanishuv amaliyoti dasturini to’la bajarilishini, amaliyot natijalari bo’yicha hisobot tuzilishini nazorat qilishni amalga oshiradi;
amaliyot yakunida talabaning olgan amaliy ko’nikmasi haqida amaliyot kundaligining tegishli qismida o’z fikri va xulosasini bildiradi;
talabalar tomonidan tanishuv amaliyoti bo’yicha tayyorlangan, kafedradan ro’yxatdan o’tkazilgan hisobotlarga 3 kun ichida taqriz yozadi.