Tijorat banki filialida tanishuv amaliyotiga biriktirilgan rahbarning vazifalari Tanishuv amaliyotini o’tash uchun yuborilgan talabaga amaliyotning dastlabki kuni tegishli bank filiali boshlig’ining buyrug’i asosida amaliyot ob’yektiga qabul qilinib, unga mazkur tashkilotning xodimlaridan biri rahbar etib tayinlanadi. U amaliyot dasturi va kalendar ish rejasiga muvofiq talabaning amaliyot o’tashini, hamda uning natijalarini kundalikda rasmiylashtirilishini nazorat qilib boradi.
Tijorat banki filialida tanishuv amaliyotiga biriktirilgan rahbar:
talabalarning tanishuv amaliyoti davrida zaruriy amaliy malaka va mutaxassislik mahoratiga ega bo’lishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;
talabalarga mavjud me’yoriy hujjatlar, ofis texnikalari, jihozlari, hamda adabiyotlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi;
talabalalarga dasturda ko’rsatilgan ishlarni to’g’ri tashkil qilish va rejalashtirishga, ish yuritish hujjatlarini to’g’ri tuzishga yordam beradi hamda soha va kasbga oid savollari bo’yicha maslahatlar beradi;
talabalar bilan mehnat muhofazasi bo’yicha majburiy yo’riqnomani tuzadi;
talabalar tomonidan ichki tartib-qoidalar va intizomga rioya qilinishini nazorat qiladi va amaliyotchilar tomonidan intizomni buzish holatlari bo’yicha institutga xabar beradi;
amaliyot yakunida talaba bo’yicha tavsifnoma yozadi, uning tarkibiga dastur bajarilishi to’g’risidagi ma’lumot, talabaning ishga bo’lgan munosabatiga baho beradi.
Talaba tanishuv amaliyotini o’tash davrida quyidagilarga rioya qilishi lozim:
amaliyot dasturida ko’zda tutilgan va amaliyotga rahbarlik qiluvchi pedagog-xodim tomonidan berilgan topshiriqlarni to’liq bajarish;
tijorat banki (filiali)da joriy etilgan kun tartibi va ichki mehnat intizomiga doir qoidalarni o’rganib, ularga rioya qilish;
amaliyot o’tayotgan bank(filiali)da ofis texnikalaridan foydalanish, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va boshqa mehnat faoliyatiga tegishli qoidalarni o’rganib, ularga qat’iy rioya qilish;
hisobot uchun materiallarni yig’ish va o’rganish bilan doimiy ravishda shug’ullanish;
amaliyot bo’yicha reja-jadval (kundalik)tutish, bajarilgan ishlarni qayd etib borish;
dastur va rejada ko’zda tutilgan barcha topshiriqlarni to’liq bajarish, hamda bajarilayotgan ish va uning natijalariga mas’uliyatli bo’lish;
amaliyot o’tayotgan bank(filiali) jamoasining ijtimoiy hayotida va jamoat ishlari faol ishtirok etish;
har bir amaliyot o’tilgan bo’lim bo’yicha alohida hisobot yuritish;
tanishuv amaliyotining tugashi bilan belgilangan muddatda amaliyot bo’yicha hisobotni kafedraga taqdim etish;
dasturda ko’rsatilgan barcha vazifalar bo’yicha yozma yoki elektron hisobot tayyorlash hamda tanishuv amaliyoti o’talgan tijorat banki (filiali) boshlig’i tomonidan yozilgan tavsifnomani ilova qilgan holda, hisobotni komissiya oldida himoya qilish.
Amaliyot jarayonida talaba amaliyot dasturi bo’yicha amaliy ma’lumotlarni yig’ishga alohida e’tibor qaratishi lozim. To’plangan material hajmi hisobotning nazariy xulosalarini amaliy asoslash uchun yetarli bo’lishi kerak. Hisobot uchun to’plangan materiallar analitik jadval, sxema, diagrammalar ko’rinishida jamlanadi va tegishli xulosalar yoziladi.
Tanishuv amaliyoti yakunlangach, kafedra majlisi qarori bilan tasdiqlangan grafik asosida talabalar tanishuv amaliyoti bo’yicha kafedraga hisobot topshiradilar.
Kafedra majlisi qarori bilan tuzilgan komissiya talabalarning hisobotlari himoyasini qabul qiladi. Komissiya tarkibiga “Bank ishi” kafedrasi mudiri, kafedraning yetakchi pedagog-xodimlari kiradi. Komissiya tarkibi va ish grafigi (3 kishidan kam bo’lmagan holda) kafedra majlisi qarori bilan tasdiqlanadi.
Hisobotlarni qabul qilish o’quv auditoriyalarida amalga oshiriladi.
Hisobotlar himoyasi zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda taqdimot (prezentatsiya) ko’rinishida ham amalga oshirilishi mumkin.
Tanishuv amaliyoti hisobotini himoya qilgan talabalar reyting tizimi asosida baholanadi. Hisobotni himoya qilishda talabalar quyidagilarni taqdim qiladi:
amaliyot dasturi;
amaliyot kundaligi;
amaliyot ish rejasi;
amaliyot joyidan tavsifnoma;
amaliyot dasturiga muvofiq tuzilgan yozma yoki elektron hisobot.