Izoh: Haftaning shanba kunlari talaba olgan ko’nikmasi va amaliy ma’lumotlar asosida hisobot tayyorlashi maqsadga muvofiq.
1-mavzu. Tijorat banki tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etish asoslari bilan tanishish
Ushbu mavzu bo’yicha talaba bankning tashkiliy tuzilishi, boshqaruv organlari, bank bo‘limlarining asosiy faoliyatlari bilan tanishadi, jumladan, bankning front-ofis bo’limi, bankning bek-ofis bo’limi faoliyati bilan tanishadi, bank etikasi va bankning korporativ madaniyatini o’rganadi, O’zbekiston Respublikasi bank tizimi strukturasi va tijorat banklari turlarini ko’rib chiqadi hamda o’rganish natijasida jamlangan ma’lumotlar asosida xulosalar yozadi.
Ushbu mavzu bo’yicha tanishuv amaliyoti hisobotiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1. Bank xodimining kasb odob-axloqi kodeksi;
2. Tijorat banki filialining tashkiliy tuzilmasi.
2-mavzu. Bank faoliyatida qo’llaniladigan hujjatlarni yuritish va rasmiylashtirish tartibini o’rganish
Ushbu mavzu bo’yicha talaba O’zbekiston Respublikasi bank faoliyatida qo’llaniladigan hujjatlarni yuritish va rasmiylashtirish tartibi bilan tanishadi. Jumladan, dalolatnoma, ariza, taftish xulosasi, kredit xulosasi, da’vo arizalari, rasmiy xat va boshqa hujjatlarni yozishni o’rganadi hamda o’rganish natijasida jamlangan ma’lumotlar asosida xulosalar yozadi.
Ushbu mavzu bo’yicha tanishuv amaliyoti hisobotiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1. Tijorat banki fililali faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar ro’yxati;
2.Tijorat banki filialida foydalaniladigan tegishli hujjatlarni yuritish va rasmiylashtirish tartibi.
3-mavzu. Tijorat bankining chakana xizmatlar bo‘limi faoliyati bilan tanishish
Ushbu mavzu bo’yicha talaba kredit bo’limi, buxgalteriya hisobi bo’limi, valyuta operatsiyalari bo’limi, kassa operatsiyalari bo’limi faoliyati bilan tanishadi, shuningdek, pul o‘tkazmalari turlari va ularni amalga oshirish tartibi, plastik kartochkalar turlari va ular bo’yicha xizmat ko’rsatish tartibi, omonatlar bilan bog‘liq operatsiyalar, depozit turlari va tasnifini ko’rib chiqadi hamda o’rganish natijasida jamlangan ma’lumotlar asosida xulosalar yozadi.
Dostları ilə paylaş: |