Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua


AMALIY MASHG`ULOTLAR BO`YICHA MATERIALLAR



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə45/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95
Fakulteti

AMALIY MASHG`ULOTLAR BO`YICHA MATERIALLAR
1-MAVZU. “BANK VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI” FANINING MAQSADI, VAZIFALARI VA PREDMETI.


1. “Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanining maqsadi va vazifalari.
2. Fanning predmeti.
3. Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro aloqadorligi.



    1. Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanining maqsadi va vazifalari.

Fanni o’qitishdan maqsad – bank ishi mutaxassisligi bo’yicha o’qishga qabul qilingan talabalarni O’zbekiston Respublikasi bank tizimi, uning tuzilishi, faoliyat yuritishi, shuningdek, tijorat banklarining faoliyati, operatsiyalari hamda mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o’rni haqida dastlabki ko’nikmalar va tasavvurlarni shakllantirishdir.
Fanning vazifalari - talabalar uchun mutaxassislik fanlari mazmuni to’g’risida ma’lumot berish hamda ushbu fanlarning maqsadi, vazifalari, predmeti, boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqadorligi, ahamiyati, o’qitish uslublari va baholash mezonlari haqida bilim berish hisoblanadi.
“Bank ishi” yo’nalishi talabalarida O’zbekiston Respublikasi bank tizimi, undagi islohotlar va rivojlanish yo’nalishlari, shuningdek dunyo bank tizimidagi sodir bo’layotgan jarayonlar xususida aniq bilim va ko’nikmalarni shakllantirish orqali tanlagan yo’nalishiga bo’lgan tassavur va qiziqishini orttirishdan iboratdir.

Kursni o’qitishdan maqsad – talabalarga pul-kredit sohasi qonuniyatlari, uni ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi tutgan o’rnini o’rgatishdan iborat. Shu bilan birga fanning vazifalari bo’lib talabalarga zamonaviy pul, kredit va pul-kredit munosabatlarini va rivojlanish yo’nalishlarini o’rgatish; hozirgi zamon pul-kredit tizimi qonuniyatlarini tahlil etish; inflyatsiya va uni keltirib chiqaruvchi omillarni o’rganish va ularni boshqarishni ko’rsatib berish hisoblanadi
Fanning asosiy vazifalari:
* bozor iqtisodiyoti sharoitida zamonaviy pul, kredit va pul-kredit munosabatlarini va rivojlanish yo’nalishlarini o’rgatishni;
* hozirgi zamon pul-kredit tizimi qonuniyatlarini tahlil etish; inflyatsiya va uni keltirib chiqaruvchi omillarni o’rganishni;
* xo’jalik sub’ektlari tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni qulay shakllarini tanlashni;
* naqd pul aylanmasini tartibga solish usullari va vositalarini;
* inflyatsiyaning namoyon bo’lish shakllari va ularni boshqarishni;
* bank infratuzilmasini, tijorat banklari funktsiyasi va rolini, chet el tajribasini, bank faoliyatini takomillashtirishda qo’llashni;
* mamlakat pul-kredit va banklar tizimini boshqarishni ko’rsatib berish hisoblanadi.
“Kasbiy faoliyat asoslari” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
* pul, kredit va bank tushunchalari va ularning bog’liqligi;
* pul aylanmasini tashkil qilish va tartibga solish amaliyoti;
* banklar faoliyati, uni tashkil etish va boshqarish;
* tijorat banklarining milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni;
* Markaziy bankning iqtisodiyotni tartibga solishdagi o’rni va xalqaro hamkorlik haqida tasavvurga ega bo’lishi;
* pul aylanmasining amaliy jihatlarini;
* banklarning moliyaviy xizmatlarini;
* naqd pulsiz hisob-kitob shakllarini;
* naqd pul aylanmasini tartibga solish, boshqarish va tartibga solish usullarini;
* kreditning turli shakllarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
* tijorat banklarining aktiv va passiv operatsiyalarining mazmunini bilishi;
* tijorat banklari resurslari va kapitali tahlili;
* tijorat bankining aktivlari tahlili;
* inflyatsiya darajasini baholash;
* bank tizimining me’yoriy-huquqiy asoslari bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak;
* banklarning moliyaviy xizmatlari;
* bank tizimining elementlari;
* pul tizimining elementlari;
* pul-kredit siyosati modellari;
* pul-kredit siyosati tushunchalari; bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning mohiyati, zarurligi va roli;
* pul aylanmasi va uning tuzilishi;
* pul islohotlarini o’tkazish tartibi;
* kreditning turlari va shakllari bo’yicha malakalariga ega bo’lishi kerak.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin