Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua


“Bank ishi” yo’nalishida mutaxassislikka qo’yilgan talablar



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə10/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   95
Fakulteti

2.“Bank ishi” yo’nalishida mutaxassislikka qo’yilgan talablar.


Bank tijorati
"Hamma narsa mijoz uchun hamma narsa
uning foydali faoliyatini ta’minlash uchun" qoidasi
asosida harakat qilishi lozim.
I.A.Karimov

Ma’lumki, bo’lajak mutaxassislarni tayyorlash ishi bevosita davlat va jamiyatning talab xamda ehtiyojlariga asoslanib, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimidagi tayyorlov yo’nalishlari kasblar va ixtisosliklar tasniflagichida o’z ifodasini topadi. Amaldagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo’nalishlari kasblar va ixtisosliklar umumiy davlat tasniflagichi (2006y) O’zbekiston Respublikasida texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlashtirish bo’yicha yagoia tuzilma tarkibiga kiradi va Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to’g’risida"gi 1998 yil 5- yanvardagi 5- sonli qarori asosida ishlab chikilgan. O’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari tayyorlov yo’nalishlari kasblar tasniflagichining tasniflash ob’ektlari hisoblanib, unda tayyorlov yo’nalishlari nomi, kodi va shu tayyorlov yo’nalishlari turkumiga kiruvchi kasblar nomi va kodi hamda ixtisosliklar ro’yxati keltirilgan.


Tasniflagichda ta’lim hakidagi me’yoriy xujjatlarni indeksatsiyalash maksadida foydalaniladigan ta’limning halkaro standart tasniflash kodlari ham keltirilgan.
O’rta maxsus, kasb-xunar ta’limidagi tayyorlov yo’nalishlari kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichini joriy etish oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi standartlari bilan birga tasniflagichlarni ishlab chiqish va yuritish tartibiga RST O’z. 6. 01.02 95 ga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Tasniflagich o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlovchilar, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida Davlat ta’lim standartlari o’quv rejalari, dasturlari va boshqa me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqaruvchilar ta’lim muassasalari rahbarlari, respublika va mahalliy boshqaruv tashkilotlar mutaxassislari. vazirliklar, muassasalar va boshqa respublikamiz xo’jaliklarini rivojlantirishda faoliyat ko’rsatayotgan sub’ektlar uchun mo’ljallangandir. Tasniflagich kasb-hunar kollejlari va boshqa tashkilot hamda muassasalarning qaysi vazirlikka, qarashliligidan va mulkchilik shaklidan qatiy nazar aynan qo’llanilishi shart.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin