Nazorat uchun savollar
Mutaxassislik tushinchasining mazmunini tushintirig.
Bank ishi yo’nalishining mohiyati va mazmunini izohlang.
Bank ishi ta’lim yo’nalishining maqsadi nimada?
Fanning maqsadi, vazifalarini aytib bering.
Fanning boshqa mutaxassislik fanlari bilan aloqasi.
2-MAVZU. “BANK ISHI” YO’NALISHIDA MUTAXASSISLIKKA QO’YILGAN TALABLAR VA FANLAR MAZMUNI
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda mutaxassislar tayyorlashga qo’yiladigan talablar
2.“Bank ishi” yo’nalishida mutaxassislikka qo’yilgan talablar.
3.“Pul va banklar”, “Bank ishi” fanlarining umumiy mazmun va mohiyati.
4. Bank kadrlari tayyorlashning o’ziga xos xususiyatlari.
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda mutaxassislar tayyorlashga qo’yiladigan talablar
O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo’shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.
Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "Ta’lim to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Mazkur dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Ushbu maqsadni ro’yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi:
"Ta’lim to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o’quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarish;kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;ta’lim oluvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish va akrreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko’rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;ta’lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag’lar, shu jumladan chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;kadrlar tayyorlash sohasida o’zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro’yobga chiqariladi.Birinchi bosqich (1997 - 2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.
Ikkinchi bosqich (2001 - 2005 yillar) Milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to’plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiqkadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari; uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi; fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; ishlab chiqarish kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi. Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiqbo’lishini va hayot o’zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi. O’zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi sohasidagi shartnomalar va konventsiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg’or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor bo’lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir.
SHAXS Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liqbo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstituttsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo’yicha mehnat qilish huquqi ro’yobga chiqariladi. "Ta’lim to’g’risida"gi Qonun umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlari orqali sifatli ta’lim olish, shuningdek ta’lim va kasb-hunar jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan o’tish huquqini va keng imkoniyatlarini nazarda tutadi. Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko’rish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat ko’rsatadi va o’z bilimi va tajribasini o’rgatishda ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: |