4. Korporativ xulq odobi qoidalari. Bank xodimlarining mas’uliyati.
Bank tizimi xodimlari: korporativ madaniyat va xulq odobini namoyon etuvchilari hisoblanadi;
o’z jamoasini va mehnatni qadrlaydi, bankning umumiy ishi uchun o’zida javobgarlik hissini tarbiyalab borishi zarur;
korporativ xulq odobi qoidalarini va qabul qilingan qo’shma qarorlarni hurmat qilishi, jamoa ishlarida ishtirok etishi, ishbilarmonlik va samarali hamkorlikka intilishlari zarur;
hamkasblari va mijozlar bilan muloqot davrida xayrixoh bo’lishlari lozim;
bank tizimi obro’sini tushirishga va bank xodimini mehnat imijini pastga urilishiga yo’l qo’ymasligi zarur;
bank tizimining yaxshi an’analarini saqlashi, bank tizimida yangi ish boshlagan xodimlarga ushbu an’analarni, kasbiy tajraba va ko’nikmalarni etkazishi zarur.
Bank xodimining kasb odob-ahloqi Kodeksiga ko’ra, xizmatdagi odob-ahloq qoidalari asosan qo’yidagilar hisoblanadi.
Bank tizimi xodimlari:
mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida bank tizimining roli va o’rnini chuqur anglashi lozim;
Davlat va korporativ manfaatlarni himoya qilishda qat’iyatli bo’lishi zarur; qonunchilik va bank faoliyati tamoyillariga qat’iy rioya qilishi zarur;
bank xodimlari turli xolatlarda o’z harakatlarida, qabul qilgan qarorlarida odob-ahloq talablariga rioya etgan holda yuqori darajada o’zini boshqarishi va tutishi lozim;
bank yoki uning mijozlariga zarar keltirishi mumkin bo’lgan axborotning tarqatilishiga yo’l qo’ymasligi, bank va tijorat sirini saqlashi zarur;
shaxsiy manfaat yoki boshqa shaxslarning g’ayriqonuniy manfaatlarini qondirish uchun xizmat mavqeidan foydalanmasligi kerak;
xizmat mavqei va o’zining shaxsiy hatti-harakati bilan qonunga va odob-ahloq qoidalariga xilof harakatlarni amalaga oshirishga yo’l qo’ymasligi, bank xodimi o’zining rostgo’ylik, insoflilik va pok vijdonlilik fazilatlari bilan boshqalarga o’rnak bo’lishi zarur.
Ishga doir odob-ahloq qoidalari. Bank tizimi xodimlari:
o’zlarining ishga doir madaniyatlarini namoyon qiluvchi tashqi kiyim va ko’rinishlarini doimiy ravishda kuzatib boradilar va odmi ko’rinishdagi uslubga, tajribaga, xushmuomalalik va odoblilik qoidalariga rioya qiladilar;
hamkasblar bilan o’zaro munosabatlarda xushfe’llik va xayrixohlikni namoyon qiladilar, ish yuzasidagi munosabatlarda subordinatsiyaga rioya qiladilar;
boshqa tashkilotlar xodimlari va fuqarolar bilan munosabatlarda ishchanlik uslubiga va xayrixohlikka rioya qilgan holda, professionallik va bosiqlikni namoyon qiladilar; rasmiy uchrashuvlarda ish tartibiga qat’iy rioya qiladilar;
o’zlarining va boshqalarning vaqtini qadrlaydilar. Og’zaki va yozma ravishda tushunarli, aniq va lo’nda fikr bildiradilar; mazkur Kodeks ilovasiga muvofiq, tijorat banklari xodimlari uchun kiyim va tashqi ko’rinishga oid talablar bo’yicha o’zlarining tashqi ko’rinishlariga mos holda ishbilarmon va ozoda ko’rinishda bo’ladilar.
Ish faoliyatidan tashqari odob-ahloq qoidalari.
Bank tizimi xodimlari:
ish faoliyatidan tashqarida ham o’zlarining xulq-atvorlari bilan fuqarolarni o’z kasbiga bo’lgan hurmatini, bank tizimiga bo’lgan ishonchini shakllantirishga va bankning yuqori nufuzini saqlab qolishga sababchi bo’ladilar;
bank xodimi obro’sini to’kadigan munosabatlardan yiroq bo’lgan holda, o’zlarining muomala doirasini shakllantirishda ehtiyotkorlikka rioya qiladilar;
sog’lom hayot tarzini yuritadilar hamda alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishni, narkotik, psixotrop va toksik moddalarni qabul qilishni nomaqbul deb hisoblaydilar.
Banklarning mas’uliyati: Kodeks qoidalariga rioya qilinmagan taqdirda, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining Umumiy yig’ilishiga aybdor bankni Assotsiatsiya ishtirokchilari qatoridan chetlashtirish masalasini ko’rib chiqish tavsiya etiladi.
Kodeks qoidalarini buzgan banklarni javobgarlikka tortish uchun asoslarni aniqlash va ularga mas’uliyatni yuklash O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Kengashi zimmasiga yuklatiladi.
Bank xodimlarining mas’uliyati Kodeksning qoidalariga rioya qilmagan taqdirda, bank tizimi xodimlari uchun bank rahbariyati va jamoatchiligi tomonidan ma’muriy choralar qo’llanilishi mumkin.
Kodeks qoidalariga rioya qilish bo’yicha nazorat tizimi hamda xodimlarning mas’uliyati darajasi har bir bank tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi.
Bank mijozlariga, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatishda bank xodimlarining ishbilarmonlik va kasb odobiga rioya etishlari lozim bo’lgan talablar quyidagilar hisoblanadi.
Xizmat ko’rsatish madaniyatining xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan me’yorlari va qoidalariga rioya etgan holda, bank faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka muvofiq xizmat ko’rsatishni tashkil etish.
Bank xodimining xulqi, kasbiy odob-ahloq Kodeksi talablariga rioya etish.
Xizmat ko’rsatish madaniyati, muomala va muloqot odobi, bank xodimlarining kiyimi va tashqi ko’rinishiga qo’yilgan talablarga rioya etish.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga yuqori saviyali va sifatli xizmat ko’rsatilishini ta’minlash.Xizmatlar ko’rsatishda byurokratizm va sansalorlik xolatlariga yo’l qo’ymaslik.
Halollik, beg’arazlik va adolatlilik tamoyillari asosida ish yuritish.
Mijozlar bilan iltifotli va xayrixohlik ruhida muomala qilish.
Mazkur talablarga rioya qilish O’zbekiston Respublikasining barcha banklari va ularning xodimlari uchun majburiydir.