Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua


Bankning o’z aktsiyadorlari oldidagi majburiyati. Banklararo hamkorlik bo’yicha asosiy majburiyatlar



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə14/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   95
Fakulteti

2. Bankning o’z aktsiyadorlari oldidagi majburiyati. Banklararo hamkorlik bo’yicha asosiy majburiyatlar.
Bank xodimining kasb odob-ahloqi Kodeksiga ko’ra, banklar o’z aktsiyadorlari oldida quyidagilarga rioya etishga majburdir:

  • aktsiyadorlarni bank faoliyatini boshqarishda, dastavval hal qiluvchi qarorlar qabul qilishda korporativ tamoyillarga asoslangan holda ularning real ishtirokini ta’minlash;

  • aktsiyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini cheklab qo’yishga yo’l qo’ymaslik;

  • bank boshqaruvi organlari faoliyatida maksimal shaffoflikka erishish, aktsiyadorlarni bank faoliyati haqida doimiy va o’z vaqtida axborotlar bilan ta’minlanishi uchun sharoit yaratish.

Bank xodimining kasb odob-ahloqi Kodeksiga ko’ra, banklar o’zaro munosabatlarda quyidagilarga rioya etishga majburdir:

  • munosabatlarni ishonch va hurmat asosida o’rnatish;

  • ishga aloqador bo’lgan hamkorlik munosabatlaridan kelib chiqadigan yoki ushbu munosabatlar bilan belgilangan shartnomaviy va boshqa o’ziga olingan majburiyatlarga rioya qilish tamoyiliga qat’iy amal qilish;

  • raqobatchilar bilan munosabatlarda odob-ahloqning yuqori etik standartlariga rioya qilish va bunda bank siyosati, raqobatchini tanqid qilishga emas, balki o’z xizmatlari va xodimlarining sifati va raqobatbardoshligiga e’tiborini qaratishi lozimligini nazarda tutish lozim;

  • kelishmovchilik va munozaralar yuzaga kelganda muzokara va murosaga kelish yo’llarini izlashga ustuvorlikni berish;

  • haqqoniy raqobatchilik tamoyillariga qat’iy rioya qilish, yangi mijozlarni jalb qilish uchun qonunchilikka xilof bo’lgan choralarni ko’rmaslik.



3.Banklar mijozlar bilan munosabatlarni o’rnatish. Banklarning o’z xodimlari oldidagi majburiyatlari.

Bank xodimining kasb odob-ahloqi Kodeksiga ko’ra, banklar mijozlar bilan munosabatlarni o’rnatishda quyidagilarga majburdir:



  • banklarning mijozlar bilan munosabatlari o’zaro ishonchga asoslangan shartnomalar asosida tuziladi. Shu bilan birga, bank xodimlari mijozlarga nisbatan iltifotli, xayrixoh va e’tiborli bo’lishlari kerak;

  • umumqabul qilingan yagona mazmundagi ibora va so’zlarni ishlatishlari va o’zaro munosabatlarni vijdonan hamjihatlik asosida qurishlari lozim;

  • bank tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar va mahsulotlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va talab etiladigan texnik talablarga mos kelishi lozim;

  • ko’rsatiladigan xizmatlar va bank mahsulotlari to’g’risida to’liq ma’lumotlar taqdim etishda, mijozlarda qiyinchlik tug’dirgan masalalarning echimini topishda ko’mak ko’rsatish zarur;

  • mijozlarning murojaatlarini o’z vaqtida va har tomonlama ko’rib chiqishlari zarur; bank xodimlari mazkur Kodeks talablariga qat’iy rioya qilishlari zarur;

  • bank xodimlari tomonidan mazkur Kodeksga zid harakatlarni amalga oshirilishiga yo’l qo’ymaslik borasida tegishli choralarni qabul qilish.

Banklar o’z xodimlari oldida quyidagilarga majburdir:

  • xodimlarni ishga qabul qilishda, mehnatga haq to’lashda va xizmat pag’onasidan ko’tarilishida har qanday kamsitishga yo’l qo’ymaslik;

  • xodimlarning professional o’sishiga, ularning salomatligini va ijtimoiy farovonligini mustahkamlashda tegishli mehnat sharoitlarini yaratib berish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilish;

  • xodimlarni yuridik va ma’muriy tomondan qo’llab-quvvatlash;

  • bank farovonligini ta’minlash uchun xodimlarning shaxsiy manfaatdorligini oshirish, ularning ijodiy salohiyatini va tashabbuskorligini rag’batlantirish;

  • xodimlarni tasdiqlangan standartlar asosida tegishli kiyim-kechak formasi bilan ta’minlash (ilovada keltirilgan);

  • xodimlarning jamotchilik faoliyatida ishtirok etish huquqini hurmat qilish.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin