Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua


Tijorat banklarining qisqa muddatli kreditlarining xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish faoliyatining uzluksizligini ta’minlashdagi ahamiyati



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə17/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   95
Fakulteti

2. Tijorat banklarining qisqa muddatli kreditlarining xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish faoliyatining uzluksizligini ta’minlashdagi ahamiyati.
Tijorat banklari tomonidan xo’jaliklarga berilgan xar bir kreditlar sifatini tovar moddiy kiymatlari va ishlab chiqarish harajatlari bilan taminlangan bo’lishi lozim. Kreditning bu sharti boshqa shartlar bilan o’zaro bog’liq bo’lib, o’z vaqtida ularning bajarilishini ham ta’minlaydi. Qachonki beradigan kreditlar to’la ta’minlangan bo’lsa, kredit o’rnatilshi muddatda, to’lov bilan qaytarish mumkin, aks holda kreditning qaytarilishi ma’lum muddatga kechikishi yoki boshqa negativ holatlar sodir bo’lishi mumkin.
Xo’jaliklarni qisqa muddatli kreditlash «O’zbekiston Respublikasi banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonun»ga muvofiq amalga oshiriladi Qisqa muddatli kreditlar yuqoridagi shartlar asosida o’z balansiga ega bo’lgan, iqtisodiy jihatdan mustaqil, o’z mablag’lariga korxonalar to’g’risidagi qonunga bo’ysunuvchi shaxslarga beriladi.
Kredit paketining tashkil topishi va uning tahlili quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:
1. Bundan qarz oluvchi mijoz rahbarining mutaxassisiligi, ishbilamonlik qobiliyati, xujjatning boshqa xo’jaliklar bilan munosabatlari va so’rayotgan kreditni ishlatishdan maqsad kabi holatlar aniqlanadi.
2. Qarz oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlash va baholash. Bu bilan so’ralayotgan kreditning tavakkalchilik darajasini aniqlash, uning qaytarilmaslik imkoniyatlari va boshqa moliyaviy holatlar aniqlanadi.
3. So’ralayotgan kreditning bahosini aniqlash (foiz o’rnatish).
4. Kredit shartnomasini tayyorlash va uning kuchga kiritilishi.
Kredit olish uchun har bir mijoz o’z moliyaviy holatini chuqur tahlil qilgan holda so’ralayotgan kreditning samaradorligini aniqlashi lozim Bu borada xo’jalik tomonidai ishlab chiqarilgan tovar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun iste’molchilarning mavjudligining, xo’jalik hisob-kitob schyotiga kelib tushishi mumkin bo’lgan mablag’lar kanallarini aniqlash hamda kredit va u uchun foizni o’z vaqtida qaytarilishi imkoniyatlarini hisoblash lozim. Bundan keyin qarz oluvchi bankka kredit so’rab ariza bilan murojaat qiladi. Xo’jalik tomonidan bankka taqdim etilgan barcha xujjatlar: ariza, xodataistvo, kreditga layoqatlilikning tahlili, xo’jalikning balansi va statistik ma’lumotlari, kredit shartnomasi va boshqa zarur xujjatlar majmuasi kredit paketini tashkil etadi. Kredit paketining tahlili esa yuqoridagi bosqichlarda amalga oshirilidi.
Kredit paketi chuqur tahlil etilgandan keyin xujjatlar bankning kredit qo’mitasiga taqdim etiladi va bank rahbarining roziligi bilan kredit berish-bermaslik haqida qaror qabul qilinadi (belgilangan miqdordan yuqori hajmdagi kreditlar Markaziy bank kredit qo’mitasinipg roziligi bilan beriladi)



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin