Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə8/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95
Fakulteti

DAVLAT VA JAMIYAT - Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg’unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko’rsatadi. Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi: Fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o’z malakasini oshirish huquqlari ro’yobga chiqarilishiga; Majburiy umumiy o’rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo’nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishga; Davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim olish huquqiga; Davlat ta’lim muassasalarini mablag’ bilan ta’minlashga; Ta’lim oluvchilarning o’qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga; Ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga; Sog’liq va rivojlanishda nuqsoni bo’lgan shaxslar ta’lim olishiga kafolat beradilar.
UZLUKSIZ TA’LIM- Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari: Maktabgacha ta’lim, Umumiy o’rta ta’lim, O’rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi, Oliy ta’lim, Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, Maktabdan tashqari ta’limlarni o’z ichiga oladi.
FAN. Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni o’z ichiga oladi, bu sohada: tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to’g’risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyorlash tizimida ommalashtirish, o’rganish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi: oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi; kadrlar tayyorlash jarayonini ilmiy-tadqiqot jihatidan ta’minlash infrastrukturasi vujudga keltiriladi, ta’limning axborot tarmoqlarida foydalanish maqsadida bilimning turli sohalari bo’yicha axborot bazasi shakllantiriladi; mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integratsiyasi sodir bo’ladi, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng muhim muammolarini hal etish uchun ilmiy yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashinuv amalga oshiriladi

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin