Xalqaro hisob-kitoblarning xususiyatli tomoni shundaki, ushbu hisob-kitoblarda baho va to’lov valyutasi sifatida odatda xorijiy valyutalar ishlatiladi, chunki hozircha umum tan olingan hamda barcha davlatlarda qabul qilinishi lozim bo’lgan jahon kredit pullari mavjud emas Shu bilan birgalikda har qanday mustaqil mamlakatda qonuniy to’lov vositasi sifatida uning milliy valyutasi ishlatiladi. Shu sababli tashqi savdo, xizmatlar, kreditlar, investitsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar hamda davlatlararo to’lovlardagi muhim shartlardan biri bo’lib to’lovchi yoki benefetsiar shaxs tomonidan xorijiy valyutani sotib olish yoxud sotish shaklidagi bir valyutani boshqa bir valyutaga ayirboshlanishi hisoblanadi.
Jahon valyuta, kredit, moliya va sug’urta bozorlari shartnomaning ob’yekti pul kapitali hisoblangan bozor munosabatlarining o’ziga hos jarayoni bo’lib hisoblanadi. Ular xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi asosida shakllangan Amal qilish nuqtai nazaridan ushbu bozorlar takror ishlab chiqarishning uzluksizligi va rentabelligini ta'minlash maqsadida jahon miqyosidagi moliyaviy oqimlarning to’planuvi hamda ularning qayta taqsimotini ta'minlovchi bozor munosabatlarining tizimi bo’lib xizmat qiladi
Institutsional nuqtai nazardan esa jahon moliyaviyoqimlari ular orqali amalga oshadigan banklar,ixtisoslashgan moliya-kredit tashkilotlari hamda fond birjalari yig’indisidan iboratdir.Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari rivojlanishining ob’yektiv asosi bo’lib amaldagi kapitalning doiraviy aylanish qonuniyatlari hisoblanadi. Jahon bozorining ayrim uchastkalarida vaqtincha bo’sh bo’lgan kapitallar paydo bo’lsa, uning boshqa bir joylarida mazkur kapitallarga doimiy talab paydo bo’ladi.
Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlariga quyidagilar xosdir:- nihoyatda katta masshtablar. Ayrim baholarga qaraganda jahonning valyuta va moliyaviy bozorlaridagi kunlik operatsiyalar hajmi tovarlar bilan jahon savdosi hajmidan 50 marotaba ko’pdir;- geografik chegaralarning yo’qligi;- operatsiyalarning uzluksiz, sutka davomida olib borilishi;- yetakchi davlatlarning valyutalari hamda xalqaro hisob-valyuta birliklaridan foydalanishi;- ishtirokchilari bo’lib asosan nufuzli banklar, korporatsiyalar hamda yuqori reytingga ega moliya-kredit institutlari hisoblanadi;- ushbu bozorlarga nihoyatda ishonchli yoki salmoqli kafolatga ega mijozlar chiqish huquqiga ega;