O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqiligiga erishganidan so’ng bozor munosabatlari asosida o’z rivojlanish yo’lini tanlar ekan, zamonaviy moliyaviy bozor va uning vositalariga ehtiyoj paydo bo’la boshladi.
2003 yilda joriy valyuta operatsiyalari bo’yicha so’mni xorijiy valyutalarga erkin konvertirlashni joriy etilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning, shu jumladan, tijorat banklarining valyuta operatsiyalarining sezilarli darajada oshishiga olib keldi.
Iqtisodiy, siyosiy va madaniy tusdagixalqaro munosabatlar turli mamlakatlar fuqarolari bo’lmish yuridik hamda jismoniy shaxslarning pul shaklidagi talablari va majburiyatlarini keltirib chiqaradi
Xalqaro hisob-kitoblarning xususiyatli tomoni shundaki, ushbu hisob-kitoblarda baho va to’lov valyutasi sifatida odatda xorijiy valyutalar ishlatiladi, chunki hozircha umum tan olingan hamda barcha davlatlarda qabul qilinishi lozim bo’lgan jahon kredit pullari mavjud emas. Shu bilan birgalikda har qanday mustaqil mamlakatda qonuniy to’lov vositasi sifatida uning milliy valyutasi ishlatiladi. Shu sababli tashqi savdo, xizmatlar, kreditlar, investitsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar hamda davlatlararo to’lovlardagi muhim shartlardan biri bo’lib to’lovchi yoki benefetsiar shaxs tomonidan xorijiy valyutani sotib olish
yoxud sotish shaklidagi bir valyutani boshqa bir valyutaga ayirboshlanishi hisoblanadi.Iqtisodiy, siyosiy va madaniy tusdagi xalqaro munosabatlar turli mamlakatlar yuridik shaxslari hamda fuqarolarining pul talabnomalari va majburiyatlarini keltirib chiqaradi
Shu sababli tashqi savdo, xizmatlar, kreditlar, investitsiyalar, davlatlar aro to’lovlarbo’yicha hisob-kitoblarning zaruriy sharti bo’lib to’lovchi yoki oluvchi tomonidan bir valyutani boshqa bir valyutaga sotib olish yoxud sotish shaklidagi almashinishi hisoblanadi.
Valyuta munosabatlari - bu xalqaro aloqalarga xizmat ko’rsatuvchi va jahon xo’jaligida valyuta muomalasi jarayonida vujudga keladigan o’ziga hos pul munosabatlarining majmuidir. Valyuta munosabatlari jahon valyuta tizimining asosi bo’lib xizmat qiladi Ularning shakllanish jarayonlarini o’rganish O’zbekiston uchun nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir.Valyuta munosabatlarining paydo bo’lishi, o’zgartirilishi yoki tugatilishining huquqiy asoslari bo’lib xalqaro kelishuvlar va ichki davlat qonun-qoidalari hisoblanadi.