Banklarda hisob-operatsion apparatining tuzilishi va buxgalteriya xodimlarining huquq hamda majburiyatlari. Reja: Kirish Banklarda buxgalteriya hisobini mazmuni va operatsion apparatni tashkil etishning ahamiyati.
Buxgalteriya xodimlarining huquq va majburiyatlari
Buxgalteriya operatsiyalarni dastlabki va joriy nazoratdan o‘tkazish
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish Bank tarixi 1994 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 311-sonli qaroriga asosan 8,0mln .so’m ustav kapitali bilan Respublika ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat “G’allabank” tashkil etildi va shu yilining 2-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank hizmatlari ko’rsatish uchun 45-sonli Bosh litsenziya berildi. Noyabr oyida bankka O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chet el valyutasida amaliyotlarni amalga oshirish huquqini beruvchi 20-sonli Bosh letsinziya berildi.
Bank filiallari soni yil yakunigacha 12 taga etkazilib , mutaxassislar soni 160 nafaedan iborat buldi.
1999-yilda Bank ustav kapitali 1200 mln . so;mga yetkazildi .Respublikamizda yitishtirilayotgan g’alla va boshqa don maxsulotlarining hisob- kitob mexanizimida akkredativ shakill qo’llanila boshlandi va bankka O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Moliyaviy agenti” maqomi berildi Filiallar soni 29 ta ,jamg’arma shahobchalari soni 37 ta va xodimlar soni 960 nafarni tashkil etdi .O’zbekistn Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30-martdagi “Qishloq Qurilish Bank” Aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-1083-sonli qaroriga muvofiq OAT G’allabank”negizida OATB ‘Qishloq Qurilish bank” tashkil etildi.Bank “VISA International” xalqaro to’lov tizimiga a’zo bo’ldi.
Hozirgi kunda bank:
O’zbekiston Respublikasi banklar Assotsiatsiyasi a’zosi;
O'zbekiston linzing beruvchilar Assotsiatsiyasi a'zosi;
sindikatli kreditlash tashabbus markazi hisoblanadi.
Bank WESTERN UNION, UNISTREAM, ЗОЛОТАЯ КОРОНА, CONTACT, MONEY GRAM kabi xalqaro pul o’tkazmalari tizimlari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o’rnatib kelmoqda.
Vakillik munosabatlari:
Kontragent riskini baholash bo’yicha - B1(cr)/NP(cr)
Bankning yuksak vazifasi - o'z mijozlariga ularning bizneslari talablariga javob beruvchi keng qamrovli bank xizmatlarini professional darajada taqdim etib, respublikada tadbirkorlikning mustahkamlanishiga ko'maklashish.Ushbu vazifani amalga oshirishda AT «Aloqabank» doimiy ravishda o'zining korporativ qadriyatlariga asoslanib faoliyat yuritadi.
Korporativ qadriyatlar:
• Kasbiy mahorat. AT «Aloqabank» bilan ish olib borayotgan har qanday mijoz sifatli xizmat ko'rsatilishi hamda mahsulotlardan foydalanishda eng maqbul qaror va maslahatlar taqdim etilishiga amin bo'lishi mumkin.
• Ishonchlilik. AT «Aloqabank» biznes sohasida yaxshi nom orttirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yib, mijozlar, hamkorlar va davlat organlari bilan halollik, o'zaro ishonch, ochiq siyosat va hamjihatlikka asoslangan o'zaro munosabatlarda ish etikasining yuksak me'yorlariga rioya qiladi.
• Ochiqlik. AT «Aloqabank» faoliyati mijozlar, xodimlar, jamoatchilik va davlat bilan bo'ladigan ochiq va samimiy munosabatlarga asoslangan.
• Qonuniylik. AT «Aloqabank» o'z faoliyatini qonuniy asoslarga tayanib olib borishi bilan birga, noo'rin tavakkalchilik va shubhali (g'ayriqonuniy) bitimlar tuzilishiga yo'l qo'ymaydi.
• Innovatsion g'oyalarni qo'llash. AT «Aloqabank» doimo har bir mijozga jahon miqyosidagi bank ishi va innovatsion g'oyalarning eng zamonaviy yutuqlariga asoslangan bank mahsulotlari va xizmatlarining majmuasini taqdim qilishga intiladi.
• Xalqaro hamkorlik. AT «Aloqabank» mamlakatimiz korxonalariga chet el investorlarini jalb qilish va xorijiy hamkorlarga O'zbekistonda o'zlarining biznes faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun zamonaviy g'oyalarni taklif etadi.
• Samaradorlik. Har bir operatsiyani amalga oshirishda AT «Aloqabank» qisqa vaqt ichida mehnat va moliyaviy resurslardan eng maqbul ravishda foydalangan holda eng yuqori natijalarga erishishni ko'zda tutadi.
Bank o'z biznesini quyidagi tamoyillarga tayangan holda amalga oshiradi:
• Shaffoflik. Bank doimo faoliyatida sodir bo'layotgan muhim voqealar to'g'risida ishonchli ma'lumotlarni taqdim etadi, chunki axborotlarning shaffofligi – mijozlar va hamkorlarning bankka bo'lgan yuqori darajadagi ishonchi uchun asos va poydevordir.
• O'zaro ishonch. Bank o'z mijozlarini biznesni rivojlantirishning asosi deb hisoblagan holda ularning bankka bo'lgan ishonchini qadrlaydi hamda munosabatlarni o'zaro manfaatli sharoitlarda mustahkamlaydi.
• Professionallik. Professionallar jamoasini shakllantirgan holda bank o'z hodimlarining malakasini muntazam oshirish uchun zaruriy sharoitlarni yaratadi,ularning ijtimoiy himoyasi hamda motivatsiyasi haqida qayg'uradi.
• Novatorlik. Bank mijozlarining talablariga to'liq javob berish uchun o'tgan davr tajribasi va bugungi kunning innovatsion echimlarini birlashtiradi.1