Banklarda hisob-operatsion apparatining tuzilishi va buxgalteriya xodimlarining huquq hamda majburiyatlari. Reja: Kirish


Buxgalteriya operatsiyalarni dastlabki va joriy nazoratdan o‘tkazish



Yüklə 66,72 Kb.
səhifə7/9
tarix15.01.2023
ölçüsü66,72 Kb.
#79307
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bank kurs ishi

Buxgalteriya operatsiyalarni dastlabki va joriy nazoratdan o‘tkazish

Dastlabki nazorat agar bank tarkibiy tuzilmasi Front-ofis va Bek-ofisga bo‘lingan bo‘lsa, Front-ofis xodimlari, buxgalteriya apparati bir butun yaxlit bo‘lgan hollarda mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning bankning ichki siyosatiga hamda amaldagi qonunchilikka mos ekanligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar operatsiyalar xorijiy valutada xalqaro shartnomalar asosida amalga oshirilsa, shartnoma shartlariga rioya qilinishi lozim.
Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilishda ularning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlarida belgilangan shakldagi blankda yozilib to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, barcha rekvizitlar to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilganligi, ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaganligi, shu jumladan, hisobvaraqni tasarruf etuvchilarning imzolari va muhr izi taqdim etilgan namunalarga mos kelishi tekshiriladi.
Agar mijoz taqdim qilgan pul hisob-kitob hujjatlarida belgilangan talablarga zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa, to‘lov hujjatlari mijozga ijroga qabul qilinmasdan qaytarilishi lozim. Summasi, mijozlar nomi va ularning hisobvaraqlari raqami o‘zgartirilgan to‘lov hujjatlari, hatto mijozlar tomonidan o‘zaro kelishilgan tartibda tuzatish kiritilgan bo‘lsa ham ijro uchun qabul qilinmaydi.
To‘lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tushadigan reyestri bor bo‘lgan holatda inkassaga qabul qilinadi.
Agarda bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, to‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘ida to‘lov uchun yetarli mablag‘lar mavjud bo‘lgandagina qabul qilinadi. Budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari mijozning hisobvarag‘ida to‘lov uchun yetarli mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda 2-son kartotekaga kirim qilinadi.
To‘lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo‘yish uchun foydalaniladigan e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lishi kerak, aks holda ular ijro uchun qabul qilinmaydi (oldingi ish kunida “kechki” muhri bilan hamda budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar uchun qabul qilingan to‘lov topshiriqnomalari bundan mustasno).
Naqd pulni berishda ishlatiladigan cheklar to‘ldirilgan kundan boshlab, (to‘ldirilgan kunni hisobga olmagan va hujjatda ko‘rsatilgan sana to‘g‘rilanmagan holda) 10 kalendar kun davomida bank tomonidan qabul qilinadi. Mas’ul xodim qabul qilingan naqd pul chekining sanasi, chekni topshirgan xo‘jalik subyektining nomi va hisobvaraq raqamini, olinadigan mablag‘ning raqam va so‘z bilan yozilgan summasini tekshiradi, chekdagi imzolar va muhr izini o‘zidagi imzo namunalari bilan solishtiradi. Shuningdek, naqd pul cheklarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligini tekshirib chiqadi.
Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalter mijozlardan qabul qilingan barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalariga asosan ma’lumotlarni dasturga kiritadi va to‘lov hujjatlarini imzolab, elektron to‘lov tizimi orqali ularni joriy nazoratdan o‘tkazish uchun Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalterga yuboradi.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter bank ichki hujjat aylanish tartibiga asosan Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalterdan kelib tushgan pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarini qabul qilgandan keyin joriy nazoratni amalga oshiradi.
Joriy nazoratda dastlabki nazoratdan o‘tkazilgan to‘lov hujjatlarining to‘g‘ri
rasmiylashtirilganligi va ularning elektron nusxalarining to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi qaytadan tekshiriladi hamda ulardagi imzolar va muhr izini o‘zlarida mavjud imzolar va muhr izi namunalari bilan solishtiriladi.
To‘lov hujjatlarining asl nusxasida Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalterning imzolari va shtampi borligini hamda ularni o‘zida mavjud bo‘lgan imzo namunalariga mos kelishini tekshiradi. Shuningdek, Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalteri pul hisob-kitob hujjatlarida bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter naqd pul cheki va e’lonnomani o‘rnatilgan tartibda tekshirib, ularni imzolab Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalterga qaytaradi.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan bankning ichki moliya-xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha kelib tushgan to‘lov hujjatlarining asl va elektron nusxalari hamda ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos bo‘lgan bank tegishli bo‘linmalarining Xizmat farmoyishlarining nusxalari to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, xato va kamchiliklar yo‘qligi tekshiriladi.
Pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari yoki ularning elektron faylida xato va kamchiliklar aniqlanganda Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter to‘lov hujjatining asl nusxasiga imzo chekmasdan ularning xato va kamchiliklarini ko‘rsatgan holda Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalterga ijrosiz qaytaradi.
Bek-ofis boshlig‘i yoki Bosh buxgalter barcha pul hisob-kitob hujjatlarning asl va elektron nusxalariga o‘rnatilgan tartibda imzo chekib, tasdiqlaydi va buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshiradi. Bank rahbari buyrug‘i bilan to‘lovlarni tasdiqlash boshqa bank xodimiga topshirilishi mumkin.
Banklarda amaliyot kuni yakunlangandan so‘ng kunlik operatsiya hujjatlari o‘rnatilgan tartibda tikilib va rasmiylashtirilib yakuniy nazoratdan o‘tkazish uchun yakuniy nazorat xizmati xodimlariga topshiriladi va ularga elektron ma’lumotlar bazasiga kirish uchun ruxsat beriladi.

Yüklə 66,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin