1-jadval.Kirim kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishi.4
Kassa
9 Mas’ul ijrochi
3
4
2
5
8
Mijoz
Nazoratchi 6
Bankning hisoblash
1
7
markazi
Endi bank kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga to‘xtalib o‘tamiz.
Mijoz nazoratchiga pul topshirganlik haqidagi e’lonni topshiradi.
Nazoratchi hujjatni tekshiruvdan o‘tkazib, kassa kirim jurnalida undagi yozuvlarini aks ettirgandan so‘ng e’lonni kirim jurnali bilan birga kassaga uzatadi.
Mijoz kassaga naqd pul topshiradi.
Kassir pulni sanab, e’lon va kirim jurnalidagi summa bilan solishtiradi, hujjatlarni rasmiylashtirib, kvitantsiyani mijozga qaytaradi.
Order va kirim jurnali nazoratchiga qaytariladi.
Nazoratchi kun oxirida kassa kirim jurnali ma’lumotlarini kassa kitoblari bilan solishtiradi.
Solishtirishdan so‘ng bu ma’lumotlar bank hisob markaziga (komputer bo‘limiga) yuboriladi.
Orderdagi ma’lumot shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi va mas’ul ijrochiga beriladi. Mas’ul ijrochi shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma bilan orderni birgalikda mijozga berishga tayorlaydi.
Qolgan operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar aylanishi alohida xususiyatlarga ega bo‘lib, ularni tegishli mavzularda alohida ko‘rib chiqamiz.
Banklar buxgalteriya hujjatlarini but saqlanishini ta’minlashlari shart. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etilishi hamda bu ishlar to‘g‘ri tashkil qilinishi uchun javobgarlik banklar rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklatiladi. Rahbar va bosh buxgalter bank xodimlariga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatishi, xodimlarga hujjatlarni javonlar va boshqa omborlarda saqlash uchun muayyan joylarni ajratib berishi va biriktirib qo‘yishi, zarur hollarda hujjatlarni bexatar joylarga olib chiqish tartibi va navbatini belgilashi lozim.
Banklarda har kuni bank amaliyoti kuni tugallanganidan keyin axborotlar o‘rnatilgan tartibda arxivlanadi. Bank amaliyot kuniga tegishli buxgalteriya hujjatlari ularni ularning saqlash muddatlari bo‘yicha alohida yig‘majildlarga tikilgan holda saqlanadi. Hujjatlarni tayyorlash bilan yig‘majildlarni rasmiylashtirish vazifasi topshirilgan xodim shug‘ullanadi.
Kunlik yig‘majildga quyidagi hujjatlar tikiladi:
– bank mijozlari to‘lov hujjatlarining hamda qisman amalga oshirilgan to‘lovlarda, shuningdek, bank mijozlar bilan shartnomada belgilangan hisob-kitoblar bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlar uchun qo‘llanilgan memorial orderlarning birinchi nusxasi;
– Bank-mijoz dasturiy majmuasi bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lov hujjatlarining ro‘yxati;
– banklararo va filiallararo to‘lovlar bo‘yicha bank hisobvaraqlarining kreditlanishiga asos bo‘lgan elektron to‘lov hujjatlarning ro‘yxati;
– bankning ichki hisobvaraqlari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalari uchun asos bo‘lgan memerial orderlar ro‘yxati;
– ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalar uchun asos bo‘lgan memorial orderlarning mas’ul ijrochilar bo‘yicha tuzilgan ro‘yxati;
– kunlik balans hisoboti va hisobvaraqlar bo‘yicha aylanma va qoldiq summalar;
– kunlik buxgalteriya jurnali.
Hujjatlar ro‘yxati kunlik buxgalteriya jurnalining tegishli qismidan dasturiy yo‘l bilan olinadi.
Yakunlangan kun hujjatlari keyingi bank ish kundan kechiktirilmay, yuqorida qayd etilgan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Qoida bo‘yicha bu hujjatlar har kuni tayyorlanadi. Muqovada buxgalteriya hujjatlari soni va umumiy summasi bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlagan xodim, bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari imzolari bilan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisobiga tegishli barcha materiallar (o‘tgan oylar uchun) buxgalteriya hujjatlari bank arxiviga topshirilgunga qadar, buxgalteriyaning stellajlar va temir javonlar bilan jihozlangan joriy arxiv hujjatlar but saqlanishi uchun javob beradigan maxsus ajratilgan xodim qo‘l ostida bo‘ladi.
Agar omborda joy yetmasa, aynan shu xodim buxgalteriyadagi temir javonlarda saqlanadigan hujjatlarning daxlsizligiga javob beradi.
Aktiv va passiv hisobvaraqlar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin.