Banklarda moddiy va nomoddiy aktivlar hisobi



Yüklə 116,59 Kb.
səhifə3/10
tarix26.12.2023
ölçüsü116,59 Kb.
#198412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Banklarda moddiy va nomoddiy aktivlar hisobi-fayllar.org

Asosiy vositalar subsidiya yo’li bilan olingan taqdirda, quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 16529 Transport vositalari hisobvarag’i,
Kredit 22896 “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar”
Agar bank undirib olingan mulkdan o’zining asosiy vositasi sifatida foydalanishga qaror qilsa, unda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 16529 Transport vositalari hisobvarag’i
Debet 16799 – Bankning boshqa xususiy mulklari bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Kredit 16701 Kredit va lizing bo’yicha garov hisobidan undiriladigan mulk Bank tasarrufidagi barcha asosiy vositalar, uning xo’jalik qaramog’ida yoki
operativ boshqaruvida bo’lgan asosiy vositalar, shuningdek, moliyaviy ijara bo’yicha uchinchi tomondan ijaraga olingan mulk, operatsion ijara bo’yicha uchinchi tomonga ijaraga berilgan mulk, foydalanadigan va foydalanilmaydigan mulk, hisobdan chiqarishga tayyorlab qo’yilgan, lekin belgilangan tartibda tegishli aktlar bilan rasmiylashtirilmagan mulk, shuningdek, tugatilmagan qurilish ob’ektlari va o’rnatish uchun mo’ljallangan asbob-uskunalar qayta baholanashi lozim.
Asosiy vositalarni qayta baholash uchun quyidagi usullar qo’llaniladi:


  1. Indeks usuli


  2. To’g’ridanto’g’ri qayta baholash usuli


Agar aktivning qayta baholangan qiymati uning balans qiymatidan ortiq bo’lsa, ushbu oshgan summa 30908Boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta
baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag’ida quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali aks ettiriladi:
  1. Debet 16500 Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i


Kredit 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi”




  1. qayta baholashgacha bo’lgan va qayta baholangandan keyingi jamg’arilgan eskirish summalari o’rtasidagi farq summasiga:

Debet 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi”


Kredit 16500 Asosiy vositalarning tegishli jamg’arilgan eskirish hisobvarag’i Qayta baholash natijasida asosiy vositalarning haqiqiy qiymati kamayishi xarajat sifatida hisobga olinadi. Ushbu summa 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag’ining bevosita tegishli moddasidan hisobdan chiqariladi. Lekin bunda hisobdan chiqarish ushbu asosiy vosita bo’yicha oldingi qayta baholash natijasida hosil bo’lgan miqdor doirasida amalga oshiriladi. Bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga
oshiriladi:


  1. qayta baholashgacha bo’lgan va qayta baholangandan keyingi jamg’arilgan eskirish summalari o’rtasidagi farq summasiga:

Debet 16500 Asosiy vositalarning tegishli jamg’arilgan eskirish hisobvarag’i Kredit 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining


oshgan summasi”


  1. qayta baholash natijasida aniqlangan aktivning haqiqiy qiymatining kamayish summasiga:

Debet 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi” (oldingi qayta baholash natijasidagi o’sish miqdoriga)


Kredit 16500 Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i


  1. 30908-hisobvaraqda aks ettirilgan oldingi qayta baholash summasi etarli bo’lmagan holda, kamayish va oldingi qayta baholash summalari o’rtasidagi farq summasi xarajat sifatida tan olinadi va 55995Boshqa foizsiz xarajatlar”


hisobvarag’ida aks ettiriladi. Bunda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 55995 “Boshqa foizsiz xarajatlar”
Kredit 16500 Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i
Ombordagi asosiy vositalarni qayta baholash natijasi quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari orqali hisobga olinadi:



    1. Yüklə 116,59 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin