Banklarda moddiy va nomoddiy aktivlar hisobi



Yüklə 116,59 Kb.
səhifə6/10
tarix26.12.2023
ölçüsü116,59 Kb.
#198412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Banklarda moddiy va nomoddiy aktivlar hisobi-fayllar.org

Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha asosiy vositalar baholangan qiymat bo’yicha balansga quyidagicha kirim qilinadi:
  1. Debet 16500 Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i Kredit 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar”




  2. Agar omborga kirim qilinsa:

Debet 16561 “Ombordagi asosiy vositalar” Kredit 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar”


Bank xodimlarining aybi bilan foydalanishga yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalar qiymati yoki kamomad aniqlangan holda, quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi:


  1. jamg’arilgan eskirish summasiga:

Debet 16500 Asosiy vositalarning tegishli jamg’arilgan eskirish hisobvarag’i Kredit 16500 Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i




  1. agar undirilishi lozim bo’lgan summa aktivning qoldik qiymatidan ortiq bo’lsa:

Debet 19908 “Bank xodimlari bilan bo’ladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo’lgan mablag’lar” – aybdor shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan summaga


Kredit 16500 Tegishli asosiy vositaning hisobvarag’i – qoldiq qiymat va/yoki
Kredit 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar” - undirilishi lozim bo’lgan summa bilan aktivning qoldik qiymati o’rtasidagi farq summaga


  1. agar undirilishi lozim bo’lgan summa aktivning qoldik qiymatidan kam bo’lsa:

Debet 19908 “Bank xodimlari bilan bo’ladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo’lgan mablag’lar” – undirilishi lozim bo’lgan summa


Debet 55995 “Boshqa foizsiz xarajatlar” - aktivning qoldiq qiymati bilan undirilishi lozim bo’lgan summa o’rtasidagi farq
Kredit 16500 Tegishli asosiy vositaning hisobvarag’i – qoldiq qiymati – qoldik qiymat


  1. mablag’lar undirib olinganda:

Debet 10101 “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” va/yoki


Debet 29803 “Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi to’lanishi lozim bo’lgan mablag’lar” (xodimning ish haqidan ushlab qolish)
Kredit 19908 “Bank xodimlari bilan bo’ladigan hisob-kitoblarda unidirib olinishi lozim bo’lgan mablag’lar”
Yuqoridagi buxgalteriya o’tkazmalarini aniq misolda ko’rib chiqamiz.
ATBO’zsanoatqurilishbank”SAMSUNG” MCHJ bilan 2019 yil 7 avgustda o’zaro shartnoma tuzib, har birining qiymati 5 mln.so’mlik 50 dona kompyuter va 2,5 mln.so’mlik 30 dona printerni oldindan pul to’lash yo’li bilan xarid qildi. Bundan tashqari, АJ «GM UZBEKISTAN» bilan 2019 yil 10 avgustda o’zaro shartnoma tuzib, 5 dona Chevrolet Cobalt avtomobilini har birini 86 mln.somdan hamda 10 dona Chevrolet Damas avtomobilini har birini 66 mln.somdan pulini keyin to’lash shartibi bilan xariq qilgan. 2019 yil 20 avgustda avtomobillarning puli bank tomonidan to’lab berildi. 2019 yil 15 avgustda Bosh bankdan Toshkent shahar mintaqaviy filialiga 10 dona kompyuter va 10 dona printer berilgan. Yuqoridagi АJ «GM UZBEKISTAN» vaSAMSUNG” MCHJlarning asosiy hisobvarag’i ATBO’zsanoatqurilishbank”da ochilgan.
Topshiriq: 1. Yuqoridagi muomalalarga tegishli buxgalteriya o’tkazmasini bering?
2. Bosh bank tomonidan filialga berilgan asosiy vositalarga 5 yillik to’liq eskirish hisoblang?
Javob


    1. Dastavval hariq qilingan asosiy vositalar uchun haqni oldindan to’liq to’lash quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:


  1. Kompyuterlar uchun haqni oldindan to’liq to’langanda

Debet 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklari to’langan mablag’lar hisobvarag’i” – 250 000 000 (5 000 000*50)


Kredit 20208 SAMSUNG” MCHJining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i – 250 000 000 (5 000 000*50)


  1. Printerlar uchun haqni oldindan to’liq to’langanda

Debet 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklari to’langan mablag’lar hisobvarag’i” - 75000000 (2500000*30)


Kredit 20208 SAMSUNG” MCHJining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i - 75000000 (2500000*30)


    1. Asosiy vositalarni omborga kirim qilish quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:


  1. Kompyuterlar omborga kirim qilinganda

Debet 16561 “Ombordagi asosiy vositalar” - 250000000 (5000000*50)


Kredit 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklari to’langan mablag’lar hisobvarag’i” - 250000000 (5000000*50)


  1. Printerlar omborga kirim qilinganda

Debet 16561 “Ombordagi asosiy vositalar” - 75000000 (2500000*30)


Kredit 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklari to’langan mablag’lar hisobvarag’i” - 75000000 (2500000*30)


    1. Agar bank to’lovni asosiy aktivlar kirim qilingandan keyin amalga oshirsa, tegishli kirim hujjatlariga asosan quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:


  1. Chevrolet Cobalt avtomobili omborga kirim qilinganda

Debet 16561 “Ombordagi asosiy vositalar” - 430000000 (86000000*5)


Kredit 29802 “Tovar - moddiy qimmatliklar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lanadigan mablag’lar hisob-kitobi” - 430000000 (86000000*5)


  1. Chevrolet Damas avtomobili omborga kirim qilinganda

Debet 16561 “Ombordagi asosiy vositalar” - 660000000 (66000000*10)


Kredit 29802 “Tovar - moddiy qimmatliklar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lanadigan mablag’lar hisob-kitobi” - 660000000 (66000000*10)


    1. 2019 yil 20 avgustda avtomobillarning puli bank tomonidan to’lab berilganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:


  1. Chevrolet Cobalt avtomobilining puli bank tomonidan to’langanda

Debet 29802 “Tovar - moddiy qimmatliklar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lanadigan mablag’lar hisob-kitobi” - 430000000 (86000000*5)16561 “Ombordagi asosiy vositalar” - 430000000 (86000000*5)


Kredit 20208 АJ «GM UZBEKISTAN»ning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i - 430000000 (86000000*5)


  1. Chevrolet Damas avtomobilining puli bank tomonidan to’langanda

Debet 29802 “Tovar - moddiy qimmatliklar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lanadigan mablag’lar hisob-kitobi” - 660000000 (66000000*10)


Kredit 20208 АJ «GM UZBEKISTAN»ning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i - 660000000 (66000000*10)


    1. Bosh bankdan Toshkent shahar mintaqaviy filialiga kompyuter va printer berilganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:


  1. Kompyuterlar chiqim qilinganda

Debet 16104 “Bosh bank/filiallar olinadigan mablag’lar – Tovar-moddiy qimmatliklar - “qayta baholash natijasi”ni ayirgandagi qoldiq qiymat” - 50000000 (5000000*10)


Kredit 16561 “Ombordagi asosiy vositalar” - 50000000 (5000000*10)


  1. Printerlar chiqim qilinganda

Debet 16104 “Bosh bank/filiallar olinadigan mablag’lar – Tovar-moddiy qimmatliklar - “qayta baholash natijasi”ni ayirgandagi qoldiq qiymat” - 25000000 (2500000*10)


Kredit 16561 “Ombordagi asosiy vositalar” - 25000000 (2500000*10)
2. Bosh bank tomonidan filialga berilgan asosiy vositalarga 5 yillik eskirish hisoblashning 4 xil usuli bor.
  1. Teng miqdorda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usuli


  2. Yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul)


  3. Kamayadigan qoldiq usuli


  4. Bajarilgan ishlar hajmiga mutonasib ravishda eskirishni hisoblash usuli





  1. Teng miqdorda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usuli (Kompyuter)

boshlang’ich qiymati-5000000 tugatish qiymati-100000


yillik amortizatsiya - 20% YES= (5000000-100000)/5=980000






Yüklə 116,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin