Banklarda moddiy va nomoddiy aktivlar hisobi


Tijorat banklarida asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar



Yüklə 116,59 Kb.
səhifə2/10
tarix26.12.2023
ölçüsü116,59 Kb.
#198412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Banklarda moddiy va nomoddiy aktivlar hisobi-fayllar.org

jadval



Tijorat banklarida asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar1




Hisobvaraq raqami


Hisobvaraq nomi


Hisobvaraq turkumi


1.


16501

Er



A


2.


16505

Tugallanmagan qurilishlar




A


3.


16509

Bankning imoratlari – binolar va boshka imoratlar




A


4.


16515

Ob’ektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi




A


5.


16529

Transport vositalari




A


6.


16535

Mebel, moslama va jixozlar




A


7.


16541

To’lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari




A


8.


16549

Boshkalarga operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar




A


9.


16561

Ombordagi asosiy vositalar




A

Ushbu hisobvaraqlar aktiv bo’lib, ularning debet tomonidagi saldo tijorat banklarda mavjud asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aks ettiradi. Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debet tomonida ularning ko’payishi, kredit tomonida esa kamayishi o’z ifodasini topadi.



Asosiy vositalar, loyiha-tadqiqot ishlari, qurilish materiallari, mehnat, bino (inshoot)lar qurilishi (ta’mirlanishi) bilan bog’liq xarajatlar va asosiy vositalarni sotib olish bilan bog’liq boshqa kapitallashtirilgan xarajatlar qiymatini oldindan to’liq yoki qisman to’lash quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:
  1. Debet 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklari to’langan mablag’lar hisobvarag’i”


Kredit Bankning vakillik hisobvarag’i yoki mijozning (mol etkazib beruvchining) talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i, agar ularga ushbu bank xizmat ko’rsatsa




  1. sotib olingan binolar (inshootlar) balansda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bilan aks ettiriladi:

Debet 16509 “Bankning imoratlari - Binolar va boshqa qurilgan imoratlar”


Kredit 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklari to’langan mablag’lar hisobvarag’i”



  1. sotib olingan boshqa asosiy vositalarni balansda aks ettirish (Masalan, Mebel jihozlari bo’lsa):

Debet 16535 - “Mebel, moslama va uskunalar”


Kredit 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklari to’langan mablag’lar hisobvarag’i”


  1. Asosiy vositalarni omborga kirim qilish quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:

Debet 16561 “Ombordagi asosiy vositalar”


Kredit 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklari to’langan mablag’lar hisobvarag’i”


  1. Ta’mirlashni talab qiladigan sotib olingan binolar ta’mirlash ishlari tugagunga qadar 16505Tugallanmagan qurilishlar” balans hisobvarag’ining alohida shaxsiy hisobvarag’ida hisobga olinadi. Bunda loyiha-tadqiqot ishlari, qurilish materiallari va mehnat qiymati, binolarni (inshootlarni) qurish (ta’mirlash) ishlari bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar qabul qilish dalolatnomalariga asosan quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali hisobvaraqlarda aks ettiriladi:

Debet 16505 “Tugallanmagan qurilishlar”


Kredit 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklari to’langan mablag’lar hisobvarag’i”
7) Binolar (inshootlar) foydalanishga tayyor bo’lgan holda ularning qiymati tegishli qabul qilish dalolatnomasiga asosan 16509 “Bank imoratlari-binolar va boshqa qurilgan imoratlar” hisobvarag’iga kirim qilinadi.
Bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari rasmiylashtiriladi:


  1. binoning qiymati summasiga:

Debet 16509 “Bankning imoratlari - Binolar va boshqa qurilgan imoratlar” Kredit 16505 “Tugallanmangan qurilishlar”




  1. mebel va jihozlarning qiymati summasiga:

Debet 16535 “Mebel, moslama va jihozlar”


Kredit 16505 “Tugallanmangan qurilishlar”
Agar bank to’lovni moddiy aktivlar kirim qilingandan keyin amalga oshirsa, tegishli kirim hujjatlariga asosan quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:


  1. Moddiy aktivlar kelib tushganida ularni balansda aks ettirish:


    1. Agar asosiy vositalar kelib tushgandan darhol foydalanishga topshirilsa:

Debet 16500 Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i, yoki


Debet 16505 “Tugallanmangan qurilishlar” (agar qayta ta’mirlashni talab qiladigan bino, tugallanmagan qurilish yoki qurilish uchun materiallar sotib olinayotgan bo’lsa)
Kredit 29802 “Tovar - moddiy qimmatliklar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lanadigan mablag’lar hisob-kitobi”


    1. Asosiy vositalar omborga kirim qilinganda:

Debet 16561 “Ombordagi asosiy vositalar”


Kredit 29802 “Tovar - moddiy qimmatliklar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lanadigan mablag’lar hisob-kitobi”


  1. Aktivlarning qiymati to’langanda:

Debet 29802 “Tovar - moddiy qimmatliklar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lanadigan mablag’lar hisob-kitobi”


Kredit Bankning vakillik hisobvarag’i yoki mijozning hisobvarag’i


  1. Asosiy vositalar ombordan foydalanishga topshirilganda:

Debet 16529 Transport vositalari hisobvarag’i Kredit 16561 “Ombordagi asosiy vositalar”


Asosiy vositalar bepul olinganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi. Bepul olingan asosiy vositalarning haqiqiy qiymatiga:
Debet 16529 Transport vositalari hisobvarag’i, yoki
Debet 16561 “Ombordagi asosiy vositalar” (agar omborga kirim qilinsa) Kredit 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar”
Asosiy vositalar bepul olinganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi (Masalan, Mebel jihozlari bo’lsa). Bepul olingan asosiy vositalarning haqiqiy qiymatiga:
Debet 16535 Mebel, moslama va uskunalar, yoki
Debet 16561 “Ombordagi asosiy vositalar” (agar omborga kirim qilinsa) Kredit 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar”

Yüklə 116,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin