Yillar
|
Boshlang’ich
qiymati
|
YES
|
Jamg’arilgan
eskirish
| |
Qoldiq
qiymat
| | |
1-yil oxirida
|
5000000
|
980000
|
980000
|
4020000
|
2-yil oxirida
|
5000000
|
980000
|
1960000
|
3040000
|
3-yil oxirida
|
5000000
|
980000
|
2940000
|
2060000
|
4-yil oxirida
|
5000000
|
980000
|
3920000
|
1080000
|
5-yil oxirida
|
5000000
|
980000
|
4900000
|
100000
|
Teng miqdorda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usuli (Printer)
boshlang’ich qiymati-2500000 tugatish qiymati-50000
yillik amortizatsiya - 20% YES= (2500000-50000)/5=490000
Yillar
|
Boshlang’ich
qiymati
|
YES
|
Jamg’arilgan
eskirish
|
Qoldiq
qiymat
|
1-yil oxirida
|
2500000
|
490000
|
490000
|
2010000
|
2-yil oxirida
|
2500000
|
490000
|
980000
|
1520000
|
3-yil oxirida
|
2500000
|
490000
|
1470000
|
1030000
|
4-yil oxirida
|
2500000
|
490000
|
1960000
|
540000
|
5-yil oxirida
|
2500000
|
490000
|
2450000
|
50000
|
Yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul) (Kompyuter)
(5 yil) 1+2+3+4+5=15 tugatish qiymati-100000 YES= (5000000-100000)*5/15=1633333,33
Yillar
|
Boshlang’ich qiymati
|
YES
|
Jamg’arilgan eskirish
|
Qoldiq qiymat
|
1-yil oxirida
|
5000000
|
1633333,33
|
1633333,33
|
3366666,67
|
2-yil oxirida
|
5000000
|
1306666,67
|
2940000,01
|
2059999,99
|
3-yil oxirida
|
5000000
|
980000
|
3920000,01
|
1079999,99
|
4-yil oxirida
|
5000000
|
653333,33
|
4573333,33
|
426666,67
|
5-yil oxirida
|
5000000
|
326666,67
|
4900000
|
100000
|
Yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul) (Printer)
boshlang’ich qiymati-2500000 tugatish qiymati-50000
YES= (2500000-50000)5/15=816666,67
Yillar
|
Boshlang’ich qiymati
|
YES
|
Jamg’arilgan eskirish
|
Qoldiq qiymat
|
1-yil oxirida
|
2500000
|
816666,67
|
816666,67
|
1683333,33
|
2-yil oxirida
|
2500000
|
653333,33
|
1470000
|
1030000
|
3-yil oxirida
|
2500000
|
490000
|
1960000
|
540000
|
4-yil oxirida
|
2500000
|
326666,67
|
2286666,67
|
213333,33
|
5-yil oxirida
|
2500000
|
163333,33
|
2450000
|
50000
|
Kamayadigan qoldiq usuli (Kompyuter)
(5 yil -2*20%) tugatish qiymati-100000 YES= 5000000*40%=2000000
Yillar
|
Boshlang’ich qiymati
|
YES
|
Jamg’arilgan eskirish
|
Qoldiq qiymat
|
1-yil oxirida
|
5000000
|
2000000
|
2000000
|
3000000
|
2-yil oxirida
|
5000000
|
1200000
|
3200000
|
1800000
|
3-yil oxirida
|
5000000
|
720000
|
3920000
|
1080000
|
4-yil oxirida
|
5000000
|
432000
|
4352000
|
648000
|
5-yil oxirida
|
5000000
|
548000
|
4900000
|
100000
|
Kamayadigan qoldiq usuli (Printer)
tugatish qiymati-50000 YES= 2500000*40%=1000000
Yillar
|
Boshlang’ich
qiymati
|
YES
|
Jamg’arilgan
eskirish
|
Qoldiq
qiymat
|
1-yil oxirida
|
2500000
|
1000000
|
1000000
|
15000000
|
2-yil oxirida
|
2500000
|
600000
|
1600000
|
900000
|
3-yil oxirida
|
2500000
|
360000
|
1960000
|
540000
|
4-yil oxirida
|
2500000
|
216000
|
2176000
|
324000
|
5-yil oxirida
|
2500000
|
274000
|
2450000
|
50000
|
Bajarilgan ishlar hajmiga mutonasib ravishda eskirishni hisoblash usuli. (Kompyuter) t=10800; Tugatish qiymati-100000;
YES= (5000000-100000)/10800=453,7 soat/so’m
Yillar
|
Boshlang’ich
qiymati
|
Soat
|
YES
|
Jamg’arilgan
eskirish
|
Qoldiq
qiymat
|
1-yil oxirida
|
5000000
|
2160
|
979992
|
979992
|
4020008
|
2-yil oxirida
|
5000000
|
2000
|
907400
|
1887392
|
3112608
|
3-yil oxirida
|
5000000
|
2160
|
979992
|
2867384
|
2132616
|
4-yil oxirida
|
5000000
|
2180
|
989066
|
3856450
|
1143550
|
5-yil oxirida
|
5000000
|
2300
|
1043510
|
4900000
|
100000
|
Hozirgi kunda banklarimiz tomonidan asosan, teng miqdorda (to’g’ri chiziqli)
hisoblash usulidan foydalanilib kelmoqda.
Banklarda nomoddiy aktivlar hisobi
Nomoddiy aktivlar - bu nomonetar, identifikatsiya qilinadigan aktivlar bo’lib, moddiy va jism shakliga ega bo’lmagan, foydali xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lgan, xamda ulardan bank xizmatlari ko’rsatishda yoki ma’muriy maqsadlar uchun foydalanishga mo’ljallangan aktivlardir.
Nomoddiy aktivlarga patentlar, mualliflik xuquqlari, gudvill (goodwill), savdo markalari, kompyuter dasturiy ta’minotlari, litsenziyalar va shu kabilar tegishlidir.
Tijorat banklarda nomoddiy aktivlarning hisobi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2002 yil 12 oktbrdagi "O’zbekiston Respublikasi banklarida nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi 23/8-sonli Nizomiga asosan olib boriladi.
3. Bankning nomoddiy aktivlari quyidagi usullarda shakllanadi:
sotib olish;
bank ichida ishlab chiqish (yaratish);
tekinga olish.
Nomoddiy aktivlar qiymatining oldindan to’liq yoki qisman to’lanishi quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 19909 “Ko’rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun to’langan mablag’lar”
Kredit Bankning vakillik hisobvarag’i yoki mijoz hisobvarag’i
aktivlar kelib tushganda:
Debet 16601 “Nomoddiy aktivlar”
Kredit 19909 “Ko’rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun to’langan mablag’lar”
Agar bank nomoddiy aktivlar kelib tushgandan keyin to’lovni amalga oshirsa, quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshiriladi:
Nomoddiy aktivlar kelib tushganda balansda quyidagicha aks etiriladi:
Debet 16601 “Nomoddiy aktivlar”
Kredit 29802 “Ko’rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to’lanadigan mablag’lar hisob-kitobi”
nomoddiy aktivlar qiymati to’langanda:
Debet 29802 “Ko’rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari to’lanadigan mablag’lar hisob-kitobi”
Kredit Bankning vakillik hisobvarag’i yoki mijoz hisobvarag’i
Nomoddiy aktivlar bepul olinganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi rasmiylashtiriladi. Bepul olingan nomoddiy aktivlarning xaqiqiy qiymatiga:
Debet 16601 “Nomoddiy aktivlar” Kredit 30905 “Tekinga olingan mulklar”
Nomoddiy aktiv balansda dastlabki qiymati bo’yicha hisobga olingandan keyin, qayta baholash sanasida, agar uning bozor baxosini aniqlash mumkin bo’lsa, nomoddiy aktiv qayta baxolanadi va qayta baxolanish (tiklanish) qiymati bo’yicha hisobga olinadi.
Qayta baxolagandan so’ng nomoddiy aktivlarning qayta baxolangan qiymati ularning balans qiymati va jamg’arilgan eskirishi bilan taqqoslanadi va o’rtadagi farq summasiga tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
Agar aktivning qayta baxolangan qiymati uning balans qiymatidan ortiq bo’lsa, ushbu oshgan summa 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag’ida quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali aks ettiriladi:
Debet 16601 “Nomoddiy aktivlar”
Kredit 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”
qayta baholashgacha bo’lgan va qayta baxolangandan keyingi jamg’arilgan eskirish summalari o’rtasidagi farq summasiga:
Debet 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”
Kredit 16605 “Nomoddiy aktivlarning yigilgan eskirish summasi (kontr –
aktiv)
Agar aktivning qayta baxolangandagi qiymati uning balans qiymatidan kam bo’lsa, unda aktivning summasi kamayadi va bu kamayish quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
qayta baholashgacha bo’lgan va qayta baxolangandan keyingi jamg’arilgan eskirish o’rtasidagi farq summasiga:
Debet 16605 “Nomoddiy aktivlarning yigilgan eskirish summasi (kontr –
aktiv)
Kredit 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan
summasi”
qayta baholash natijasida aniqlangan aktiv qiymatining kamayish summasiga:
Debet 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” (ilgarigi o’sish miqdori doirasida)
Kredit 16601 “Nomoddiy aktivlar”
4) Agar 30908 – hisobvaraqdagi Kredit qoldiq (nomoddiy aktivlarning aynan shu toifasiga taalluqli qismi) etarli bo’lmasa, unda qayta baxolangan aktivning qo’shimcha kamaygan qiymati quyidagicha hisobga olinadi:
Debet 55995 “Boshqa foizsiz xarajatlar” Kredit 16601 “Nomoddiy aktivlar”
Qayta baholashning 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag’iga qo’shilgan ijobiy natija, xar oyda 31203 “Taqsimlanmagan foyda” (aktiv-passiv) hisobvarag’iga bevosita o’tkazib boriladi. Bunda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”
Kredit 31203 “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”
Amortizatsiya ajratmalari quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali bank xarajatlariga o’tkazib boriladi:
Debet 56618 “Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi”
aktiv)
Kredit 16605 “Nomoddiy aktivlarning yig’ilgan eskirish summasi” (kontr-
Nomoddiy aktivlar balansdan quyidagi xollarda hisobdan chiqariladi:
to’liq eskirganda;
sotilganda;
tekin berilganda;
fors-major holatlarda.
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishda, qoldiq qiymat quyidagicha
aniqlanadi:
jamg’arilgan eskirish summasiga:
Debet 16605 “Nomoddiy aktivlarning yig’ilgan eskirish summasi” (kontr-
aktiv)
Kredit 16601 “Nomoddiy aktivlar”
ushbu nomoddiy aktiv bo’yicha 30908- hisobvaraqda qolgan qoldiq
summasiga:
Debet 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”
Kredit 31203 “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”
Hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlar sotilayotganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Nomoddiy aktivlar jo’natilgandan keyin xaridor tomonidan to’lov amalga oshirilgan xolda:
Debet 19909 “Ko’rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun to’langan mablag’lar”
Kredit 16601 “Nomoddiy aktivlar”.
To’lov kelgandan keyingi buxgalteriya yozuvlari:
agar nomoddiy aktivlarning sotilish baxosi qoldiq qiymatidan yuqori bo’lsa:
Debet Bankning vakillik hisobvarag’i yoki xaridor hisobvarag’i
Kredit 19909 “Ko’rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun to’langan mablag’lar”
Kredit 45917 “Boshqa xususiy mulk/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda”
agar nomoddiy aktivlarning sotilish baxosi qoldiq qiymatidan kam bo’lsa:
Debet Bankning vakillik hisobvarag’i yoki xaridor hisobvarag’i
Debet 55906 “Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko’rilgan zararlar”
Kredit 19909 “Ko’rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun to’langan mablag’lar”
To’lov oldindan amalga oshirilgan xolda:
Debet Bankning vakillik hisobvarag’i yoki xaridor hisobvarag’i
Kredit 29802 “Ko’rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to’lanadigan mablag’lar hisob-kitobi” va bir vaqtning o’zida:
agar nomoddiy aktivlarning sotilish baxosi qoldiq qiymatidan ortiq bo’lsa:
Debet 29802 “Ko’rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to’lanadigan mablag’lar hisob-kitobi”
Kredit 45917 “Boshqa xususiy mulk/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdanolingan foyda”
Kredit 16601 “Nomoddiy aktivlar”
agar nomoddiy aktivlarning sotilish baxosi qoldiq qiymatidan kam bo’lsa:
Debet 29802 “Ko’rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to’lanadigan mablag’lar hisob-kitobi”
Debet 55906 “Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko’rilgan zararlar”
Kredit 16601 “Nomoddiy aktivlar”
Nomoddiy aktivlarning qiymati to’liq eskirish, fors-major holatlar bilan bog’liq bo’lganda, bepul berilganda belgilangan tartibda zarar sifatida hisobdan chiqariladi va quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:
qoldiq (likvidatsiya) qiymati summasiga:
Debet 55906 “Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko’rilgan zararlar”
Kredit 16601 “Nomoddiy aktivlar”
Dostları ilə paylaş: |