Matematika 1. Matematikani o`qitish jarayonining eng asosiy yo`nalishlari necha qismdan iborat? *a) 4 qism b) 3 qism c) 2 qism d) 5 qism
2. Matematika fanini o`qitishning negizini nima tashkil etadi? *a) Masalalar b) Misollar c) Tenglamalar d) Interfaol o`yinlar
3. Matematika so`zining lug`aviy ma`nosi nima? *a) Grekcha “mathema” so`zidan olingan bo`lib ,“fanlarni bilish” demakdir
b) Grekcha “mathema” so`zidan olingan bo`lib, “qiziqish” demakdir
c) Grekcha “mathema” so`zidan olingan bo`lib, “tushunish” demakdir
d) Lotincha “mathem” so`zidan olingan bo`lib, “fikrlash” demakdir
4. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning maqsadlari to`g`ri ko`rsatilgan qatorni aniqlang *a) Umumta`lim maqsadi, tarbiyaviy maqsadi, amaliy maqsadi b) Faqat tarbiyaviy maqsadi
c) Amaliy va tarbiyaviy maqsadi d) Umumta`lim maqsadi
5. Shunday xulosaki, bunda predmetlar ba`zi belgilarining o`xshashligi bo`yicha bu predmetlar boshqa belgilari bo`yicha ham o`xshash, degan taxminiy xulosa chiqariladi. Bu - ? *a) Analogiya b) Deduksiya c) Induksiya d) Deduk-ind
6. Butunning bitta yoki bir nechta teng ulushlaridan tuzilgan son qanday son deyiladi? *a) Kasr son deyiladi b) Ulush son deyiladi c) Bir xil maxrajli son deyiladi d) Bir xil suratli son deyiladi
7. Kasrning maxraji nimani bildiradi? *a) Chiziq ostiga yozilgan son kasrning maxraji deyilib, butun narsa nechaga teng bo`lishini ifodalaydi.
b) Chiziq ostiga yozilgan son surati deyiladi
c) Kasrning ustiga yozilga kasrning maxraji deyiladi d) Ikkalasi ham kasrning mahraji hisoblanadi