Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari


Ishlab chiqarish changi va havo muhitidagi zararli moddalar, ularning inson organizmiga ta’sirini o’rganish



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə22/59
tarix06.12.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#72528
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59
Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan

Ishlab chiqarish changi va havo muhitidagi zararli moddalar, ularning inson organizmiga ta’sirini o’rganish.
Sanoatda, transport vositalarini ishlatishda va qishloq xo‘jaligida bajariladigan ishlarning deyarli hammasida chang hosil bo‘lishi va ajralishi kuzatiladi. Har xil texnologik jarayonlarni bajarishda yuzaga keladigan va havoda muallaq holatda bo‘ladigan qattiq moddalarga ishlab chiqarish changi deb aytiladi.
Changlarning turlari ularning kelib chiqish manbalarini hisobga olib tabiiy va sun’iy changlarga bo‘linadi.
Tabiiy changlarga tabiatda inson ta’sirisiz hosil bo‘ladigan changlar kiritiladi. Bunday changlarga shamol va qattiq bo‘ronlar ta’sirida qum va tuproqning eroziyalangan qatlamlarining uchishi, o‘simlik va hayvonot olamida paydo bo‘ladigan changlar, vulqonlar otilishi, kosmosdan yer atmosferasiga tushadigan va boshqa hollarda hosil bo‘ladigan changlarni kiritish mumkin. Tabiiy changlarning atmosfera muhitidagi miqdori tabiiy sharoitga, havoning holatiga, yil fasllariga va aniqlanayotgan zonaning qaysi mintaqaga joylashganligiga bog‘liq.
Sun’iy changlarga sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan changlar kiradi. Kelib chiqishi bo‘yicha organik, mineral va aralashma changlar farqlanadi. Changning zararli ta’siri asosan uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq.
Changni kattaligi (ya’ni dispers tarkibi) bo‘yicha uch guruhga bo‘lib qaraladi:
a) kattaligi 10 mk(mikron) dan katta bo‘lgan changlar yirik changlar deb yuritiladi. Odatda bunday changlar o‘z og‘irligi ta’sirida yerga qo‘nadi;
b) kattaligi 0,25 mk dan 10 mk gacha bo‘lgan changlar. Bu changlarni mayda yoki mikroskopik changlar deb yuritiladi. Ular yerga ma’lum sharoitlar bo‘lganda, masalan yomg‘ir, qor va shabnam kabi yerga yog‘iladigan og‘ir zarralarga ilashib qolgan holatlarda qo‘nishi mumkin;
v) kattaligi 0,25 mk dan kichik bo‘lgan changlar ultra mikroskopik changlar deb yuritiladi va bu changlar hech qachon yerga qo‘nmay broun harakati qoidalariga bo‘ysungan holda uchib yuradi. Bunday changlar bir-birlari bilan to‘qnashishlari natijasida yiriklashib (koagulyasiya), yerga qo‘nishlari mumkin. Nafas olingan havodagi ultramikroskopik changlarning 60-70 foizi o‘pkada ushlanib qoladi.
Changlar organizmga gigienik ta’siridan tashqari texnologik jihozlarning yemirilishini tezlashtiradi, qimmatbaho materiallarni ishdan chiqarib, iqtisodiy zarar yetkazadi. Changlar ishlab chiqarish muhitining umumsanitariya holatini yomonlashtiradi, jumladan, deraza va yorituvchi asboblarni ustini qoplashi oqibatida yorug‘likni kamaytiradi. Changning ba’zi turlari, masalan, ko‘mir, yog‘och changlari yong‘in va portlashning yuzaga kelishiga sharoit yaratadi.
Changning ishchilar salomatligiga zararli ta’siri ko‘p omillarga bog‘liq bo‘ladi:
- chang zarralarining fizik-kimyoviy xossasiga;
- kattaligi (dispersligi) va shakliga;
- havodagi changning miqdoriga;
- smena davomida ta’sir etish muddati va kasbda ishlash davriga va h.k.
Changning asosiy ta’siri eng avvalo nafas olganda vujudga keladi. Changli havo bilan nafas olish asosan nafas organlarining zararlanishi: bronxit, pnevmokonioz yoki umumiy zararlanish (zaharlanish, allergiya) rivojlanishini vujudga keltirishi mumkin. Ba’zi bir changlar qo‘shimcha kasalliklar tug‘dirish xususiyatiga ega. Changning bu asosiy bo‘lmagan ta’siri yuqori nafas yo‘llari, ko‘zning shilliq qavati, teri kasalliklarida ko‘zga tashlanadi. Changning o‘pka yo‘liga kirishi zotiljam, sil, o‘pka rakining kelib chiqishiga sharoit yaratishi mumkin.
Silikoz kasalligi juda changli sharoitda, odatda, ko‘p yil ishlash yoki og‘ir jismoniy ish bilan shug‘ullanish natijasida rivojlanadi. Bu kasallik tog‘ ishchilarining kasb kasalligi bo‘lib, qadimdan ma’lum. Silikoz kasalligi halloslash, yo‘tal, ko‘krakda og‘riq bo‘lishidan boshlanadi. Kasallik kuchaygan davrda nafas yetishmasligi va halloslash oddiy ishlarni bajarganda va hatto tinch holatda ham ro‘y beradi.
Ishlab chiqarishdagi chang nafaqat pnevmokonioz, balki nafas yo‘llari, teri va shilliq qavatning boshqa kasalliklarini ham keltirib chiqaradi. Bularga teri hujayralarining ko‘chishi, har xil toshmalar, ekzema, dermatitlar kiradi.
Chang zarralarining shakli har xil bo‘lishi mumkin: sferik, yassi, ko‘p burchakli shaklda bo‘ladi. Chetlari o‘tkir tishli chang zarrachalari (shisha tola, slyuda kabi chang turlari) nafas yo‘llariga kirganda yuqori nafas yo‘llari hujayralarini mikrozararlashi, ko‘zning shilliq qavati va teriga ta’sir ko‘rsatishlari mumkin.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin