Barkamol avlod


Naqorat: Bermasa, olma Uyiga borma. Oshini ichda - yo. Elakni berma. Mustaqil ish



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə16/28
tarix10.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#142452
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Folklor-qo\'llanmasi-2023

Naqorat:
Bermasa, olma
Uyiga borma.
Oshini ichda - yo.
Elakni berma.


Mustaqil ish
1. «Chuchvara qaynaydi» qo‘shig‘ining bolajonlarga qanday ta'siri borligini
va bu ta'sirning barqaror taraqqiyotga erishishdagi haraqatlar bilan bog‘liq tomonini tahlil qiling.
2. O‘rtoqlaringizga bo‘sh vaqtlarda «Chuchvara qaynaydi» qo‘shig‘ini kuylashni taklif qiling va birga kuylab ko‘ring.
3. “Chuchvara qaynaydi” qo‘shig‘ini audio musiqasi yordamida mustaqil kuylang.
4. Ushbu qo‘shiqqa o‘xshash bo‘lgan qanday qo‘shiqlarni ota-onangiz yoshligida kuylaganligini aniqlang va bu haqda materiallari (matni, audiomusiqasi) ni to‘plang .

14. “Xo‘p bo‘pti, ajab bo‘pti” qo‘shig‘i




«Xo‘p bo‘pti, ajab bo‘pti» qo‘shig‘i mazmuni
Ushbu qo‘shiq hayvonlarga bag‘ishlangan bolalar hazil qo‘shiqlaridan biridir. Bu qo‘shiqda hiylagar, ayyor tulkining qo‘ylarni o‘g‘irlab, bolalariga to‘y qilganligi, to‘yda ob - havo aynib, to‘s - to‘polon bo‘lganligi va oqibatda to‘y buzilganligi haqida kuylanadi.
Qo‘shiqning malum qismi hayqiriq va hayratlanishlar orqali ifodalanib, musiqiy ifodasiz ijro etiladi.
Musiqiy ifodasiz ijro etilgan bo‘laklarda tovush balandligi aniq bo‘lmasada, ijro cho‘zimi (ritm) gabo‘ysunilishi shart. Ana shu ritmik uyg‘unlikni saqlash maqsadida mazkur bo‘laklar doira jo‘rligida ijro etiladi.
«Xo‘p bo‘pti , ajab bo‘pti» qo‘shig‘i matni
Naqorat:
Yakkaxon - Tulki bolali bo‘ldi.
Hamma - Nima - nima?
Yakkaxon - Ha ...a, o‘nta xolali bo‘ldi.
Hamma - Eh - he ... ye!
Yakkaxon - Cho‘pon bo‘ldi, qo‘y qildi.
Hamma - Nima - nima?
Yakkaxon - Ha. ... a, bolasini to‘y qildi.
Hamma - Eh - he ... ye!
Hamma:
To‘yiga yomg‘ir yog‘di,
Qozoni selga oqdi.
Havo keldi, tumanlab,
Tulki qochdi to‘manlab.
Xo‘p bo‘pti , ajab bo‘pti (yo),
Xo‘p bo‘pti, ajab bo‘pti.
Naqorat:
Yakkaxon - Tulki bolali bo‘ldi.
Hamma - Nima - nima?
Yakkaxon - Ha ... a, o‘nta xolali bo‘ldi.
Hamma - Eh - he .. ye!
Yakkaxon-Cho‘pon bo‘ldi, qo‘y qildi.
Hamma - Nima - nima?
Yakkaxon - Ha ... a, bolasini to‘y qildi.
Hamma - Eh - he ... ye!
Hamma:
Chodir ipi cho‘zildi,
Tulki to‘yi buzildi.
Changalga osh suzildi (yo),
Kulib ichim uzildi.
Xo‘p bo‘pti, ajab bo‘pti (yo),
Xo‘p bo‘pti, ajab bo‘pti.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin