Barkamol avlod


«Sadag‘a satig‘ing bo‘lay» qo‘shig‘i matni



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə12/28
tarix10.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#142452
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Folklor-qo\'llanmasi-2023

«Sadag‘a satig‘ing bo‘lay» qo‘shig‘i matni
Naqorat: Sadag‘a satig‘ing bo‘lay,
Oshingga qatig‘ing bo‘lay.
Uyginangga mehmon kelsa,
Kishtala qoshig‘ing bo‘lay.
Qaldirg‘ochning qanotiday,
Qoshingdan aylanay sening.
Qattiq yerning sholg‘omiday,
Boshingdan aylanay sening.
Naqorat:
Sadag‘a satig‘ing bo‘lay,
Oshingga qatig‘ing bo‘lay.
Uyginangga mehmon kelsa,
Kishtala qoshig‘ing bo‘lay.
Samarqandning kulchasiday,
Yuzingdan aylanay sening.
Kentalaning kechasiday,
Ko‘zingdan aylanay sening.
Naqorat:
Sadag‘a satig‘ing bo‘lay,
Oshingga qatig‘ing bo‘lay.
Uyginangga mehmon kelsa,
Kishtala qoshig‘ing bo‘lay.
Ostonaning qo‘rg‘oniday,
Uyingdan aylanay sening.
O‘rtabo‘zning teragiday,
Bo‘yingdan aylanay sening.
Naqorat:
Sadag‘a satig‘ing bo‘lay,
Oshingga qatig‘ing bo‘lay.
Uyginangga mehmon kelsa,
Kishtala qoshig‘ing bo‘lay.
Mustaqil ish 1
1.«Sadag‘a satig‘ing boʻlay» qoʻshigʻi nima uchun oʻrgatila yotganligi haqida tengdoshlaringiz fikrini o‘rganing va tahlil qiling.
2. « Sadag‘a satig‘ing bo‘lay » qo‘shig‘ini audiomusiqa yorda mida kuylashni o‘rganing va bu qo‘shiqning nomoddiy madaniy merosning muhofaza qilinishiga ta'sirini tahlil qiling.
3. Ushbu qo‘shiqning aynan siz tomondan kuylanishi bar qaror taraqqiyot uchun qanday ahamiyati borligini tahlil qiling.
4. Ushbu qo‘shiqqa o‘xshash bo‘lgan qanday qo‘shiqlarni ota-onangiz yoshligida kuylaganligini aniqlang va bu haqda materiallari (matni, audiomusiqasi)ni to‘plang.
9. “Kayvoni” qo‘shig‘i.
«Kayvoni» qo‘shig‘i mazmuni
Muchal to‘yi marosimining e'tiborga molik, sodda, tez o‘zlashtiriladigan hamda oʻziga jalb etadigan qo‘shiqlardan biri "Kayvoni" dir.
"Kayvoni" iborasi katta hayotiy tajriba va mavqega ega bo‘lgan ayollarga nisbatan ishlatiladi. "Yoshulli", "O‘t og‘asi", "Oqsoqol" kabi iboralar erkaklarga nisbatan ishlatilsa, "Kayvoni" faqat ayollarga nisbatan ishlatiladi.
Qo‘shiqni birinchi bor eshitganda katta hurmatga ega bo‘lgan momo-kayvoniga nisbatan bolalar "sen" lab murojaat etib, kayvoniga mehmonni kutish tartibini o‘rgatayotganday tuyuladi. Aslida esa, mehmon uchun ko‘rsatmalar kayvoni ning koʻrsatmalari bo‘lib, kayvoni rolini yosh qizcha o‘ynaydi va tengdoshlari uni "sen" lab kuylashadi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin