Buvining monologida hazilsimon "Muchaling to‘ldi, to‘y beray" iborasi uchraydi, bu esa balog‘at yoshiga yetib, qayergadir ruxsatsiz o‘ynab ketib qolgan qizga nisbatan uyaltirish uchun aytilgan fikrdir
Buvining monologida hazilsimon "Muchaling to‘ldi, to‘y beray" iborasi uchraydi, bu esa balog‘at yoshiga yetib, qayergadir ruxsatsiz o‘ynab ketib qolgan qizga nisbatan uyaltirish uchun aytilgan fikrdir.
1. «Qayoqqa ketding, Mahliyo?» qo‘shig‘ining audio musiqasini tinglang va uning hozirgi kunda siz tomondan kuylanayotgan qo‘shiqlardan farqini aniqlang.
2. “Qayoqqa ketding, Mahliyo?» qo‘shig‘ini audio musiqasi yordamida mustaqil kuylab ko‘ring.
3. Ushbu qo‘shiqning siz tomondan kuylanishi nomoddiy madaniy merosimizga qanday ta'sir ko‘rsatishini tahlil qiling .
O‘zbek xalqining go‘zal maro simlaridan biri muchal to‘yidir. Muchal to‘yi bolalar muchal yoshiga to‘lganda nishonlangan. Muchal to‘yi muchal yoshi marosimi hisoblanadi, ya'ni-o‘g‘il va qizlarning bolalikdan o‘smirlikka o‘tish muchal yoshini nishonlash marosimidir. Ushbu marosimda "Muchal" qo‘shig‘i kuylangan.
"Muchal" qo‘shig‘i ushbu marosimning eng asosiy qo‘shig‘i desak, yanglishmaymiz . Chunki, ushbu qo‘shiqda muchal hayvonlarining hatti-harakatlaridan qaysi birlarini Mahliyo o‘ziga singdirishi va qaysi birlaridan o‘zini saqlashi haqida o‘ziga xos "tarbiya" yotadi.
Qo‘shiq ijrosida Mahliyoning buvisi Mahliyoning dugona sining tarbiyaviy so‘zlariga qo‘shimcha sifatida hamma birgalikda kuylaydigan satrlar bor. Qizig‘i shundaki , buvi muchal hayvonlarining ijobiy xislatlarini sanab o‘tsa, Mahliyoning dugonasi ana shu hayvonlarning salbiy xislatlaridan o‘rnak olmaslikka chaqiradi.