Barkamol avlod


Hamma birgalikda kuylaydigan satrlardagi "o‘n ikki" iborasi doimo musiqiy ifodasiz ijro etiladi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə9/28
tarix10.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#142452
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Folklor-qo\'llanmasi-2023

Hamma birgalikda kuylaydigan satrlardagi "o‘n ikki" iborasi doimo musiqiy ifodasiz ijro etiladi.



"Muchal" qo‘shig‘i matni

Buvi –

Sichqonday epchil bo‘l, qizim.

Sigirday saxiy bo‘l, qizim.

Yo‘lbarsday botir bo‘l, qizim.

Quyonday hushyor bo‘l, qizim.

Buvi-

Sanab ko‘ramiz bir, ikki.

Muchaldan - muchal: o‘n ikki.

Qizcha –

Sichqonday o‘g‘ri bo‘lmagin.

Sigirday so‘qim bo‘lmagin.

Yo‘lbarsday zolim bo‘lmagin.

Quyonday qo‘rqoq bo‘lmagin.

Naqorat:

Hamma –

Sanab ko‘ramiz bir, ikki.

Muchaldan - muchal: o‘n ikki.

Buvi-

Baliqday halol bo‘l, qizim.

Ilonday o‘tkir boʻl , qizim.

Otday yugurik boʻl, qizim.

Qo‘yday bezarar boʻl, qizim.

Naqorat:

Hamma –

Sanab ko‘ramiz bir, ikki.

Muchaldan - muchal: o‘n ikki.

Qizcha

Baliqlarday gung bo‘lmagin.

llonday badfel boʻlmagin.

Otlarday asov boʻlmagin.

Qo‘ylarday yuvosh boʻlmagin.

Hamma –

Sanab ko‘ramiz bir, ikki.

Muchaldan - muchal: o‘n ikki.


Buvi –
Maymunday sho‘xlik qil, qizim.
Tovuqday rizqing ter, qizim.
Itday vafodor bo‘l, qizim.
To‘ng‘izday to‘qroq bo‘l, qizim.
Naqorat:
Hamma -
Sanab ko‘ramiz bir, ikki.
Muchaldan - muchal: o‘n ikki.
Qizcha-
Maymunday ahmoq boʻlmagin .
Tovuqday tarqoq bo‘lmagin. I
tday qopong‘ich bo‘lmagin.
To‘ng‘izday yirtqich bo‘lmagin.
Naqorat :
Hamma -
Sanab ko‘ramiz bir, ikki.
Muchaldan - muchal: o‘n ikki.

Mustaqil ish

1. «Muchal» qo‘shig‘ining barqaror taraqqiyotga erishishdagi o‘rnini tahlil qiling.

2. « Muchal » qo‘shig‘ini yaxshi o‘rgangan va kuylab yurgan bolaning jamiyat rivojiga qanday ta'sir ko‘rsatishini tahlil qiling.


Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin