O‘yin raqs folklori
Chitti guley, chitti gul,
Etagingga gul bosdim.
Hayu chitti gul,
Hayu chitti gul.
Qo‘ling gulbog‘da bo‘lsin,
Beling belbog‘da bo‘lsin.
Hayu chitti gul,
Hayu chitti gul.
Bolalar folklorida shunday qo‘shiqlar borki, ularning ayrimlari qadimgi davrlarda muayyan marosim va urf–odatlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Shundaylardan biri “Boychechak” qo‘shig‘i.
Boychechagim bolasi,
Qulog‘ida donasi.
Donasin olay desam,
Chiqib qoldi onasi.
Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yugurib chiqqan boychechak.
Bolalarning fikrlash doirasini kengaytirishda, ularni voqea va fasllar bilan tanishtirishda mavsum qo‘shiqlarining ahamiyati katta. “Oftob chiqdi olamga” kabi qo‘shiqlar shular jumlasidandir.
Oftob chiqdi olamga,
Yugurib bordim xolamga.
Ana dala, yer. Dedi,
Xolam o‘tin ter dedi.
O‘tin terdim bir quchoq,
Bilmadim sira charchoq.
Xolam kulcha yopdilar,
Peshonamdan o‘pdilar.
Qiz bolalarning to‘p (koptok) o‘yinlarida quyidagi qo‘shiq ijro qilingan.
Birim-bilan, Oltim-oltov,
Ikkim-ilon, Yettim-yetov.
Uchim-uchak, Sakkizim-saqlan,
To‘rtim-to‘shak, To‘qqizim-to‘qlan,
Beshi-beshov, O‘nim-bujmak.
Bu qo‘shiq koptokning yer yoki devorga urilishiga hamohang bo‘lib, u orqali yutuqlar soni hisoblanadi.
To‘p o‘yinida yutgan qiz o‘z shodligini qo‘shiq qilib kuylashi yoki biror o‘yinda yutqazgan o‘rtog‘iga shart qo‘yishi mumkin.
4. O‘zbek xalq qo‘shiqlari O‘zbekiston o‘z xalqining hayoti va madaniyatining ajralmas qismi hisoblangan boy nomoddiy madaniy merosiga ega. Bu yerda madaniy urf - odat va an'analar asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelgan, shu bilan birga millatlararo madaniyat hamda madaniy boyliklarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shish orqali barqaror taraqqiyotga imkon yaratgan. Barqaror taraqqiyot va nomoddiy madaniy meros o‘rtasida uzluksiz bog‘liqlik mavjud. Nomoddiy madaniy merosning muayyan elementlari amaliyotda qo‘llanilishi barqaror ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga imkoniyat yaratadi. Xuddi shuningdek, barqaror taraqqiyot nomoddiy madaniy meros elementlarining yashovchanligini oshirishi mumkin. Ayni vaqtda ushbu masala butun jahon xalqlari uchun muhim hisoblanadi. Shu munosabat bilan nomoddiy madaniy merosni barqaror taraqqiyotga erishishning asosiy omili sifatida yoshlar o‘rtasida aniq bir loyihani amalga oshirish zarurati paydo bo‘ldi. 2013 - yilda YUNESKOning Osiyo va Tinch okeani mintaqaviy byurosi tashabbusi va Yaponiya trast jamg‘armasining moliyaviy ko‘magi bilan "Osiyo va Tinch Okeani hududida barqaror taraqqiyot uchun ta'limni kuchaytirish maqsadida pedagoglar o‘rtasida nomoddiy madaniy merosning o‘rgatilishini kengaytirish" loyihasi amaliyotga joriy qilindi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Osiyo-Tinch Okeani hududidagi to‘rtta davlat-Vyetnam, Pokiston, Palau va O‘zbekiston tanlab olindi .
Dostları ilə paylaş: |