Barkamol avlod


Xalq og‘zaki ijodi namunalari



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə4/28
tarix10.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#142452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Folklor-qo\'llanmasi-2023

Xalq og‘zaki ijodi namunalari:

A) qo‘shiqlar; Yo) olqishlar;


B) maqollar; J) qarg‘ishlar;
V) dostonlar; I) mahalliy o‘yinlar;
G) topishmoqlar; Y) tez aytarlar;
D) ertaklar; K) askiyalar;
Ye) laparlar; L) latifalar.

Ergash Jumanbulbul o‘g‘li 1868-yilda Nurota tumaniga qarashli Qo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. Shoir ota bobolari shu qadar doston aytishga mohir edilarki, ularning ijro usulida o‘ziga xoslik Ergash tug‘ilgan qishloq nomini o‘zbek dostonchiligidagi alohida maktab sifatida tan olinishiga sabab bo‘ldi. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li esa bu maktab nomini abadiylashtirishga munosib hissa qo‘shdi. 1875-76 yillarda Jumanbulbul o‘g‘lini qishloq masjidi huzuridagi maktabga o‘qishga beradi. O‘qishga bo‘lgan havasini ota Buxoro madrasasida o‘qitadi. Natijada, Ergash shoir o‘z davridagi o‘nlab baxshilardan farqli ravishda o‘qish yozishni o‘rgandi. Nizomiy, Navoiy, Mashrab kabi shoirlar asarlarini mutolaa qildi, hatto keyinchalik mirza kotib bo‘lib ishladi.


Ergash shoirning shaxsiy hayotida oilaviy musibatlar ko‘p bo‘ldi. 18 yoshida uning otasi vafot etgan. Ukalari Abduhalil, Abdujalil, singlisi Mahkamoy yosh paytlarida dunyodan ko‘z yumganlar. Shuning uchun shoirning termalarida oilaviy baxtsizlik haqidagi misralar ijodining salmoqli qismini tashkil etadi. Xususan, ukasi Abduhalil o‘limi bilan bog‘liq aytgan yig‘ida shunday deyiladi.

Emrandi tanimda jonim,


Hazon bo‘ldi gulistonim,
Yig‘lashib yor-yoronim,
Bemahal qurib bo‘stonim,
Qo‘ldan uchdi bo‘z tarlonim,
Eshitinglar qadrdonim,
Yolg‘iz inim suyanganim,
Shunqorimdan judo bo‘ldim.
Oilaviy qiyinchilik va tashvishlar baxshining umr bo‘yi Samarqand, Zarafshon atrofida qishloqma-qishloq doston, terma aytib yurishga majbur qildi. Ammo shu bilan birga bu muttasil safarlar uni odamlarga tanitdi, mashhur baxshi sifatida nom qozonishga olib keldi, baxshilik san’atining mukammal egasi, ustoz shoir bo‘lib yetishishiga sabab bo‘ldi. Ergash shoir umri davomida yana o‘qituvchilik, dehqonchilik bilan shug‘ullandi. Hayotining so‘nggi yillarida asosan dostonlarni yozdirdi, doston aytdi, termalar yaratdi. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li Ravshan Kuntug‘mish dostonlarini ana shunday muhabbat bilan ijro etgan. Shuningdek baxshi Alpomish, Qunduz bilan Yulduz, Dalli, Xushkeldi, Avazxon, Xasanxon kabi o‘nlab dostonlarni maroq bilan ijro etgan.
Shoir ijodiga xos xususiyatlardan biri, ijrosidagi dostonlarning syujet va kompozitsiyasidagi mukammallik edi. Yozma adabiyot namunalaridan yaxshi xabardor bo‘lgani sababli baxshi Alisher Navoiy dostonlaridagi mukammallikni og‘zaki ijodga tatbiq etadi.
Professor Hodi Zarifov shoir hayotining so‘ngi haqida hikoya qilib, baxshi o‘z yurtiga borib, bir qator qo‘lyozmalarni topmoqchi bo‘lganini, yangi-yangi termalar, dostonlar aytib berishga va’dalar qilganini yozadi. Biroq og‘ir kasallikdan shoir 1937-yil 12-may kuni vafot etadi. Zukko baxshidan qolgan badiiy meros bugungi kunda yurtimiz kelajagi uchun xizmat qilmoqda.
Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li 1872 yilda Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumaniga qarashli Bo‘dana hududidagi Loyqa qishlog‘ida tug‘ildi. Uning oilasi asosan dehqonchilik, qisman chorvachilik bilan shug‘ullanardi. Taqdir Yo‘ldoshni juda yoshligidan sinovdan o‘tkaza boshladi. 1877-yilda 5 yoshli Yo‘ldosh otasidan yetim qoldi. Qayta-qayta baxshilar davrasida ishtirok etish esa ko‘p o‘tmay o‘z davrining eng mashhur ustoz baxshilardan Yo‘ldoshbulbulning e’tiborini o‘ziga tortdi. Yosh ijrochi o‘z ustozi va hamyurtlaridan qirqdan ortiq dostonni o‘rgandi, ijod etdi. Yo‘ldoshbulbul o‘z shogirdi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lini baxshilikning katta sinovidan o‘tkazdi.
Fozil shoir dostonida ko‘rgan kechirgan azob uqubatlarini oddiy xalq tilidan sodda va ravon tarzda ifoda etgan. U “Alpomish”, “Yodgor”, “Shirin bilan Shakar”, “Murodxon”, “Rustamxon” kabi dostonlarning mohir ijrochisidir.
Har bir inson bolaligidan boshlab o‘zi bilmagan holda katta odamlarning e’tibori qaratilgan mo‘jizaviy mavjudotga aylanadi. Kattalar unga ism qo‘yadilar, beshikka belaydilar,allalar aytadilar,qo‘lchalariga ovoz chiqaruvchi o‘yinchoqlar tutqazishadi. Bir oz gap eshitadigan bo‘lgani zahoti ovunmachoqlar aytishadi. Keyinchalik esa farzand topishmoqlar, ertaklar, qo‘shiqlar olamiga kirib xalq rasm – rusumlari, og‘zaki ijodi og‘ushida ulg‘aya boradi. Xalq qadim zamonlardan farzandlarning ma’naviy va jismoniy tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qaragan. Agar allalar, ertaklar uning ma’naviy dunyosini boyitsa, turli o‘yinlar: quvlashmachoq, bekinmachoq, chillak, varrak uchirish kabilar jismonan chiniqtirgan. Yosh bolalar alohida e’tiborga loyiq xalqlarda esa ular uchun maxsus so‘z namunalari yaratilgan. O‘zbeklar ana shunday xalqlar qatoridan munosib o‘rin oladilar. Tez aytishlardan tortib allalargacha, topishmoqlardan tortib sanamachoqlargacha bevosita yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlangan bolalar folklori janrlarini, namunalarini tashkil etadi.



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin