Barkamol avlod



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə3/28
tarix10.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#142452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Folklor-qo\'llanmasi-2023

To‘garakning maqsadi – xalq og‘zaki ijodining so‘z san’ati sifatidagi xususiyatlari mukammal uyg‘unlashganini, unda o‘zbek xalqining asrlar davomidagi ijtimoiy, maishiy, madaniy hayoti o‘zining badiiy ifodasini topganini, xalqning o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usi aynan og‘zaki ijodi zaminida tashkil etishini to‘garak a’zolariga anglatish.
To‘garakning vazifalari:

  1. Xalq og‘zaki ijodining yozma adabiyotdan farqli jihatlarini ko‘rsatib berish;

  2. O‘zbek folklorining tarixiy taraqqiyot bosqichlari yuzasidan to‘garak a’zolariga ilmiy ma’lumot berish;

  3. Xalq hayoti va badiiy to‘qima tushunchalarining mohiyatini anglatish;

  4. Xalq og‘zaki ijodi millat farzandlarining ma’rifiy dunyoqarashi, estetik didini shakllantirishda muhim tarbiyaviy asos vazifasini bajargani haqida tasavvur hosil qilish;

  5. Xalq og‘zaki ijodidagi janrlar haqida ma’lumot berish, ularning janr xususiyatlarini aniq ko‘rsatish, janrlararo munosabat mezonlarini belgilash;

  6. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining, umuman, o‘zbek milliy san’ati taraqqiyotidagi ahamiyatini ko‘rsatish;

  7. O‘zbek folklorining jahon xalqlari og‘zaki ijodi rivojidagi o‘ziga xosligi va insoniyat madaniy merosida tutgan o‘rni haqida ma’lumot berish.



2. Folklor. Xalq og‘zaki ijodi.

Har bir xalqning og‘zaki ijodi, o‘sha xalqning bo‘y bastini va an’analarini, tabiatini ro‘y-rost aks ettirib turuvchi boqiy ko‘zgudir. Biz ana shu ko‘zgu orqali har bir xalq o‘tmishini, bugunini, orzulari va vositasida olamshumul ezgu niyatlar, odamiy va olamiy fazilatlar, vahshiylik va yomonlikka nafrat kabi mushtarak tuyg‘ular dunyoning barcha xalqlari uchun aziz va qadrli ekanligini ko‘rib, quvonamiz. Dunyo xalqlarining og‘zaki ijodini bezab turgan, bir-biridan qadimiy doston va ertaklar, askiya va laparlar, qo‘shiq va topishmoqlar odamlarni, bashariyatni nurafshon kunlar sari yetaklaydi.


To‘y marosimlari tadbirlariga har xil aytimlar ham kirgan, jumladan, “Kelin yig‘isi” qo‘shiqlar to‘y ma’rakalarni, ulug‘lash, madhiyalar, tabriklar, pand nasihat, alyorlar aytishdan iborat bo‘lgan, ular yakka-yolg‘iz, musiqa asbobi bilan ba’zan usiz guruh bo‘lib ijro etilgan. Ular orasida barcha xalqlarda ommalashgan qo‘shiq “Yor-yor” dir. U naqorat to‘rtlik uslubida tarkib topgan. To‘y marosimlarida qo‘shiqlar voqea tasnifining va badiiy ifodaning zarur vositasi sanalgan. Ular ko‘pincha kelin va uning dugonalari tomonidan kuyov uyiga borish vaqtida jamoaviy bo‘lib cholg‘u asboblari-doira jo‘rligida va cholg‘u asboblarisiz yoki qarsak chalgan holda ijro etiladi. Ba’zi bir xalqlarda erkaklar tomonidan “Yor-yor”, kabi qo‘shiqlar cholg‘u asboblari jo‘rligida yoki duet-aytishuv shaklida kelin va kuyov vakillari ikkita ayollar guruhi tomonidan ijro etilishi keng tarqaldiki, bu ijrolarda ma’lum ma’noda qochirim-kinoyalar aks etadi.
Xalq ijodi tushunchasi g‘oyatda keng, u folklor, xalq musiqasi (musiqa folklori), xalq teatri (tomosha san’ati), xalq o‘yinlari, qo‘g‘irchoq o‘yin, xalq tasviriy va amaliy san’atini o‘z ichiga oladi. Folklor asarlar katta hayajonlantiruvchi kuchga ega, adabiyot va san’at uchun tuganmas manbadir. Inson nutqi shakllanishi bilan og‘zaki so‘z san’atining qadimiy tur va janrlari ham qorishiq holda yuzaga kela boshladi. Kishilik badiiy tafakkurining turli shakllarini o‘z ichiga olgan bu ijod namunalari ibtidoiy odamlar maishati va faoliyatining barcha jihatlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, qadimiy kishilarning diniy, mifologik va e’tiqodiy qarashlari, boshlang‘ich ilmiy bilimlari, tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan. Biroq qadimiy folklorning bunday namunalari bizgacha yetib kelmagan. Yozuvning yuzaga kelishi natijasida folklor bilan tarixan bog‘liq bo‘lgan adabiyot ham paydo bo‘ldi. Adabiyot o‘zining taraqqiyoti davomida folklordan deyarli barcha estetik tushunchalar va poetik shakllarni oldi. So‘z san’atining mustaqil turi sifatida folklor ham adabiyot birgalikda yonma-yon yashab keldi. Folklor va adabiyot asarlari yaratilgan ijtimoiy muhitdagi farqlar, ijodiy jarayonning xilma xilligi ularning o‘zlariga xos xususiyatlarini yanada kuchaytirdi. Natijada folklor va adabiyot og‘zaki hamda yozma tur sifatida shakllandi va rivojlandi.
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li kabilar folklorning xalq og‘zaki ijodi, baxshi qo‘shiqchilarining namoyondalaridir.



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin